155
Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va
boshqa qonun hujjatlaridan
iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining
metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan
bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
metrologiyaga oid faoliyat — o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlash,
o‘lchash uslublari va vositalari, shuningdek talab qilinadigan aniqlikka
erishish usullari bilan
bog‘liq bo‘lgan faoliyat;
metrologik
kuzatiluvchanlik —
o‘lchash
natijasining
hujjatlashtirilgan
uzluksiz
kalibrlashlar ketma-ketligi orqali etalonga bog‘lash mumkin bo‘lgan xossasi;
metrologik
ekspertiza —
o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishi bilan bog‘liq
metrologik talablar, qoidalar va normalarni qo‘llash to‘g‘riligi hamda to‘liqligini
baholash va tahlil
qilish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy ishlar majmui;
sinov vositasi — sinovlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan, normalangan
texnik tavsiflari
bo‘lgan texnik qurilma, modda va (yoki) material;
standart namuna — metrologik attestatsiya natijasida modda (material)ning
xossasi yoki
tarkibini tavsiflaydigan bitta yoki undan ortiq qiymatlari aniqlangan shu modda (material) namunasi
shaklidagi o‘lchash
vositasi;
etalon — muayyan kattalik birligining o‘lchamini boshqa o‘lchash vositalariga o‘tkazish
maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasi;