Imzo
Sana
TDTU OF 5320400
11D
– 20KT Xudoyberdiyev M.
Varoq
48
VI. XULOSA
Men ushbu kurs ishini bajaraish davomida qurilish
sanoatining asosiy xom-
ashyolaridan biri boʻlgan gips mahsulotini ishlab chiqarish jarayonini oʻrganidim.
Bunda men gips xomashyolari, ularni olib kelish, qayta ishlash va eng asosiysi boʻlgan
mavzuga oid maydalash jarayonini yaxshilab oʻrganib chiqdim.
Qurilish materiallari sanoati — uy-joy qurilishi, sanoat, qishloq xoʻjaligi va
boshqalardagi qurilish sohalari uchun qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sanoat. Bir
qancha tarmoqlarni oʻz ichiga oladi. Sement, asbest-sement shiferi, asbest-sement
quvurlari, devor materialari (gʻisht), ohak, gips, deraza oynalari,
yumshoq yopma
materiallar, tabiiy toshlardan qoplama materiallar, bezak hamda pol uchun sopol
(keramik) plitalar, isitgich radiatorlar va konvektorlar, chinni-fayans sanitariya-qurilish
buyumlari,
linoleum, yigʻma temir-beton konstruksiyalar va detallar, noruda qurilish
materiallari (maydalangan, chaqilgan tosh, qum, shagʻal, qum-shagʻal aralashmasi) va
boshqa Qurilish materiallari sanoatis.ning asosiy mahsulotlari hisoblanadi.
Qadimda gʻisht, cherepitsa, sopol plita,
sopol vodoprovod quvurlari, gips va
ohakli yopishqoq materiallar va boshqa qurilish materiallari maʼlum edi. 19-asrning 1-
choragida mexaniq chidamliligi yuqori boʻlgan, suvda qotadigan portlandsement kashf
etilib, qurilishda beton va temir-beton ishlab chiqarish va ularni ishlatishga sharoit
yaratdi. 19—20-asrlarda qurilish hajmining keskin oshishi natijasida Qurilish
materiallari sanoatis. mahsulotlari tur tarkibi va ishlab chiqarish hajmlari yuqori
surʼatlarda yuksaldi.
Oʻzbekistonda tabiiy xom ashyolardan qurilish materiallari sifatida foydalanish
tarixi uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Ayniqsa, binolar qurilishida xom gʻisht, guvala,
yogʻoch sinch, ganch, oddiy tuproq (loy)dan tiklanadigan paxsa asrlar davomida
asosiy
qurilish materiallari boʻlib kelgan. Humdonlarda pishirilgan gʻisht, sopol, chinni koshin,
ganch, yoʻnilgan granit, marmar toshlar saroy, madrasa, masjid, rabotlar qurilishida
keng qoʻllanilgan.
Respublikada qurilish materiallari sanoati xalq xoʻjaligidagi sanoat tarmogʻi
sifatida 20-asr boshlarida paydo boʻldi. 1913-yilda hozirgi Oʻzbekistonda jami 20 dan
koʻproq kichik gʻisht zavodlari, ohak va alebastr ishlab chiqarish korxonalari ishlagan.
20-asrning 20-yil laridan boshlab dastlabki Qurilish materiallari sanoatis. korxonalari
Imzo
Sana
TDTU OF 5320400
11D
– 20KT Xudoyberdiyev M.
Varoq
49
(sement, gʻisht zavodlari) qurilishi boshlandi va qisqa muddatlarda sement sanoati,
shisha-oyna sanoati, toshga ishlov berish (toshtaroshlik), noruda
qurilish materiallari
korxonalari barpo etildi.
21-asr boshida respublikaning koʻp tarmoqli Qurilish materiallari sanoatis.da
sement, asbest-sement, devorbop materiallar, yumshoq tom va gidroizolyatsiya
materiallari, tabiiy toshlardan qoplama materiallar, polimer
xom ashyodan qurilish
materiallari va buyumlar, temir-beton konst-ruksiyalari va boshqa ishlab chiqarish
tarmoqlari rivojlandi. Tarmoq korxonalarida 100 dan ortiq nomdagi asosiy mahsulot
turlari tayyorlanadi.
Qurilish materiallari sanoati tarmoqlari yuksak mexanizatsiyalashgan va xalq
xoʻjaligining qurilish materi-allariga boʻlgan talabini toʻla qondi-radi.
Xorijiy
investorlar ishtiro-kida yangi qoʻshma korxonalar qurilmoqda, ishlab turgan korxonalar
zamonaviy texnologiya bilan jihozlanib kengaytirilmoqda. 2003-yilda Oʻzbekistonda
sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning umumiy hajmida Qurilish materiallari sanoatis.
salmogʻi 4,9% ni tashkil etdi. Tarmoqda faoliyat koʻrsa-tadigan eng yirik tashkilot
"Oʻzqu-rilishmateriallari" aksiyadorlik kompaniyasi (1997-yilda tashkil etilgan)dir.
Uning tarkibidagi 80 korxona (23 aksiyadorlik jamiyati, 39 ta masʼuliyati cheklangan
jamiyat, 14 ta xususiy korxona, 4 qoʻshma korxona) respublikada obyektlar qurilishini
barcha turdagi qurilish materiallari bilan taʼminlaydi.
2003-yilda respublika Qurilish materiallari sanoatis.da (yirik va oʻrta korxonalar
boʻyicha) 4062,5 ming t sement, 568,1 ming km2ichki devorlarni qoplashga
moʻljallangan bezakli sopol plitkalar, 34,7 mln. m2 yumshoq yopma (tom) materiallari,
313,7 mln.
dona shartli taxta shifer, 360 ming m2linoleum, 6434,5 ming m² deraza
oynasi (2 mm qalinlik hisobida), 41,9 ming t ohak, 49,2 ming t gips va boshqa
mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoq mahsulotlari chet mamlakatlarga eksport qilinadi