V bob. KANAL, KOLLEKTOR VA SUV HAVZALARINI
TOZALOVCHI MASHINALAR
Yerlami meliorativ holatini yaxshilashda kanal va kollektorlardan
samarali foydalanish zarur. Qurilgan va ishlatilayotgan kanal va
kollektorlar. qo‘rsatiigan muddatda (odatda 2 -3 yil) tozalanishi talab
qilinadi, Beton qiiinmagan kanallarda cho‘kindi va har xil о 41 ami o ‘sishi
ularni ko'ndalang
kesim yuzini qisqartirib, suvni o ‘tish miqdorini
kamaytiradi. Kollektorlarda asosan qamishlar (uning bo‘yi ayrim hollarda
8 m gacha) o ‘sib, orasi cho‘kindilar bilan to ‘ladi va natijada yer osti suv
lari ko‘tarilib, у yerlaming meliorativ holati yomonlashishiga olib keladi.
Kanal va kollektorlarni tozalash uchun maxsus mashinalar mavjud
bo‘lib, ularning oddiy va faol hamda aralash ish jihozli turlari ishlatiladi.
Suv havzalariga magistral kanal, daryo, ko‘l
va suv omborlari
kiradi. Suv havzalarida ham, vaqt o ‘tishi bilan ularning tubida cho‘kindi
hosil bo‘ladi. Bu cho‘kindilarni tozalovchi maxsus mashinalar mavjud
bo‘lib, ularni loyqa suvli nasoslar (zemlesos) yoki loyqa suvni so‘rib
otuvchi (zemsnaryad) mashinalar deb yuritiladi. Bundan tashqari ularni
maxsus bir cho‘michli qadamlovchi
ekskavatorlar yordamida ham
tozalanadi.
5.1. Kanal, kollektor va suv havzalarni tozalovchi mashinalarning
vazifasi, turlari va ularga qo‘yiladigan talablar
Kanal, kollektor va suv havzalaridan foydalanish jarayonida
ularning sirtiga ayrim o ‘tlar o ‘sadi, tubida esa cho‘kindilar cho‘kib, loy
qatlamini hosil qiladi, bu narsalar kanal ko‘ndalang kesimini kamaytirib,
undan unumli foydalanishni chegaralaydi. Ushbu o ‘t va cho‘kindilar
ko‘rsatilgan muddatlarda tozalanib turilishi zanir.
M amlakatimizda qurilgan va ishlatilayotgan kanal va kollektorlarni
tozalash ishlari,
asosan bir cho‘michli draglayn va gidraviik
ekskavatorlar yordamida amaiga oshiriladi.
Kanal va kollektorlardagi o ‘t va qamishlarni o ‘rish maxsus
mashinalar orqali o ‘rilib, yig‘ishtirib olinadi.
Bu mashinalarning oddiy,
faol (frezali yoki rotorli) va aralash bo‘lgan ish jihozlari mavjud.
58
Suv havzalari bo‘lmish, magistral kanal, daryo, ko‘l va suv
omborlaridagi cho‘kindilami tozalaydigan maxsus mashinalarning, bir
joyda
turib va suvda suzib yurib, cho*kindini suvga qorishtirib, tortib
olish va uni chiqarib tashlaydigan turlari ham ishlatiladi.
Kanal tozalovchi mashinalarga qosyiladigan asosiy talab: ishlash
sharoitiga iloji boricha faol ish jihozli
uzluksiz ishlovchi boclishi; kam
xarajatli, yuqori ish uiiumdorligiga ega bo*Ushi; ishlatiladigan joylarda
o ctuvchanligini ta’mmlash; kanalni tozalashda iloji boricha uning
loyihadagi o ‘lehamlarmi tiklash; qo‘l kuchini ishlatmasdfttt turli
oMchamdagi k^nallami tozalash imkoniyatiga ega hoii.shi;
kanaldan
chiqarilgan cho‘kindilarni uni qirg‘og‘iga tushishini bir tekisligini
ta’minlash; suvli kanallarda mavjud boMgan o ‘t va cho‘kindilarni
tozalash imkoniyatiga ega bo‘lishi; mashinalarni bir ish joyidan boshqa
ish joyiga qo‘shimcha vositalarsiz, o ‘zi yurib o‘tish, talablari qo‘yiladi.
Kanaldagi o ‘t va qamishlarni o ‘ruvchi mashinalarga quyidagi: o‘t
va
qamishlarni
o‘ruvchi
ish jihozi,
kanalning
sirtiga
ziyon
yetkazmasligi; o'rilgan o ‘t va qamishlarni yig‘ishtirib olish; kanal sirtida
o ‘suvchi boshqa yo‘g‘on poyali o ‘tlar va o ‘simliklarni o ‘rib, yig‘ishtirib
olish talablari qo‘yiladi.
Shuni ta’kidlab o ‘tish lozimki, yuqoridagi qo‘yilgan talablami bir
ish jihozi yoki bir mashina yordamida amalga oshirib boim aydi.
Kanal
va kollektorlarni tozalash va ulardagi o ‘tlarni o ‘rish uchun turli ish
jihoziga ega bo‘lgan mashinalar kerak bo‘ladi. Shunga ko‘ra kanal va
kollektorlarni tozalovchi va ulardagi o ‘t hamda qamishlarni o ‘ruvchi
mashinalarni davriy va uzluksiz ishlaydigan turlari mavjud.
Davriy ishlaydigan turiga asosan bir cho‘michli draglayn va
gidravlik ekskavatorlar kiradi. Uzluksiz ishlaydigan turlariga esa ko‘p
cho‘michli, frezali,
rotorli va aralash ish jihozli, shuningdek, o ‘t va
o ‘simliklarni olov bilan yondiruvchi mashinalar kiradi.
Bu ish jihozlari mashinaga tirkama yoki osma ravishda o ‘matiladi.
Mashinalar yurish uskunasi bo‘yicha; zanjirli, g ‘ildirakli, chang‘ida va
suvda suzib yuruvchi turlari ishlatiladi.