|
Tovushli ma’lumotlar va ular bilan ishlash
| bet | 3/3 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 485,54 Kb. | | #148109 |
Bog'liq 16 mavzu web sahifalarda animatsiyalar va ularni o’rnatish
Adobe Flash dasturining ishchi sohaga tovushli ma’lumotlarni joylashtirishning ikki xil usuli mavjud:
-
File ► Import ► Import to Stage... ketma-ketligini tanlash orqali;
-
File ► Import ► Import Video... ketma-ketligini tanlash orqali.
6-mashq. Adobe Flash dasturining ishchi sohasiga .mp3 fayl kengaytmali tovushli ma’lumotlarni joylashtirish.
Bajarish:
-
File ► Import ► Import to Stage... ketma-ketligi tanlanib, tovushli ma’lumotlar joylashtirilgan papka tanlanadi.
-
Papkadan kerakli fayl belgilanadi va Открыть tugmasi bosiladi. Tanlangan fayl Librare bo`limiga yuklanadi.
-
Yuklangan faylni ishchi sohaga o`tkazilishi kerak. Buning uchun Librare bo`limiga yuklangan fayl belgilanib, sichqoncha tugmasi yordamida sudrab tortiladi. 7-mashq. Idishdagi suvning bug`lanishini tasvirlovchi animatsiya effektini hosil qilish.
Bajarish:
-
Layer l qatlamida, Rectangle Tool (R) jihozi yordamida idish chiziladi va unga kerakli rang beriladi.
-
Layer 2 qatlami hosil qilinadi va unda Oval Tool (O) jihozi yordamida suvning bug`lanish belgilari chiziladi.
-
Layer l, Layer 2 qatlamlari belgilanadi va F5 tugma yordamida kerakli masofa belgilanadi.
-
Layer 2 qatlamining Frameda sichqoncha o`ng tugmasi belgilanib, Create Motion Tween qatori tanlanadi.
-
Layer 2 qatlamidagi suvning bug`lanish belgilari yuqoriga siljitiladi.
6.5.9-rasm. Idishdagi suvning bug`lanishini tasvirlovchi harakati
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR. -
Macromedia Dreamweaver 8 dasturi tuzilishi.
-
Adobe Flash 8 dasturi vektorli grafikadan foydalanish texnologiyalari.
-
Adobe Flash 8 dasturining jihozlar paneli.
-
Web-sahifalarda animatsiyalar va ularni o`rnatish.
-
O`zaro ikki sharni to`qnashtirish.
-
Sharni trayektoriya bo`ylab harakatlantirish.
-
Tovushli ma’lumotlar va ular bilan ishlash.
-
To`rtburchak shakli harakatlanib aylana ko`rinishiga o`tish.
-
Idishdagi suvning bug`lanishini tasvirlovchi animatsiya effektini hosil qilish.
|
| |