• Kalit so’zlar
  • TLabel
  • TCheckBox dastur bajarilish jarayonida bir nechta optsiyalardan tanlash yoki tanlamaslik imkoniyatini beruvchi komponent.
  • TRadioButton dastur bajarilish jarayonida bir nechta optsiyalardan faqat bittasini tanlash imkoniyatini beruvchi komponent.
  • TScrollbar - o’tkazgich komponenti. Tahrirlash ob’ektlarida
  • TGroupBox vizual maqsadlarda , komponentlarning formadagi komponentlar bo’ylab xarakatlanish tartibini
  • TRadioGroup
  • Mavzu. Standard komponentlar palitrasi




    Download 58,38 Kb.
    Sana31.12.2019
    Hajmi58,38 Kb.
    #7106

    6-Mavzu. Standard komponentlar palitrasi
    Reja:


    1. Standard bo'limi

    2. Frame komponenti. MainMenu va PopupMenu komponentlari.

    3. Label, Edit, Memo, Button komponentlari


    Kalit so’zlar: Standard bo'limi. Frame komponenti. MainMenu va PopupMenu komponentlari

    Delphi dasturlash tilining komponentalar bibliotekasida mavjud bo’lgan hamda ko’p foydalananiladigan komponentalar bilan tanishib chiqamiz. Delphi dasturlash muhiti Komponentlar palitrasi standart va qo’shimcha komponentlardan (Standard va Additional), dialoglar sahifasidan (Dialogs), tizimli komponentlardan (System) va Visual Basic formatidagi ob’ektlar sahifasidan iborat(VBX).harbir sa.ifadagi komponentlarning tartibi va tarkibi foydalanuvchi tomonidan o’zgartirilishi mumkin.Bu ishni sichqoncha ko’rsatkichini Palitra ustiga keltirib, uning o’ng tugmasi bosilganda chiqadigan menyu yordamida bajarish mumkin. Standart komponentlar.Komponentlar palitrasining 1-sahifasida 14 ta ob’ekt joylashgan. Ushbu ob’ektlar dasturchi uchun eng muhim ob’ektlar bo’lib hisoblanadi.




    Delphi muhitidagi standart komponentlarni ko’rib o’tamiz:


    Kursor – komponent bo’lmay, qandaydir ob’ektni belgilash amalini tezkor bekor qilish uchun ishlatiladi.



    TMainMenu Dasturga asosiy menyu joylashtirish imkonini beradi.Ushbu komponent formaga joylashtirilganda uning ko’rinishi piktogrammaga o’xshash bo’ladi.Menyuni yaratish jarayoni uch bosqichdan iborat: (1) TmainMenuni formaga joylashtirish, (2) Menyu Dizaynerini Ob’ektlar Inspektoridagi Items xossasi orqali chaqirish, (3) Dizayner Menyusida menyu punktlarini belgilash.


    TPopupMenu qalqib chiquvchi menyu yaratish imkonini beradi.Ushbu menyu bog’langan ob’ekt ustida sichqona o’ng tugmasini bosish yo’li bilan chiqariladi.Barcha ko’rinadigan ob’ektlarning PopupMenu xossasi mavjud bo’lib,bu yerda kerakli menyu ko’rsatiladi. PopupMenu asosiy menyu kabi yaratiladi.


    TLabel ekranda matn chiqarish uchun ishlatiladi. Matning shrifti va rangini o’zgartirish uchun Ob’ektlar Inspektoridagi Font xossasi ustida sichqoncha tugmasi ikki marta bosiladi.


    TEdit – Dastur bajarilishi jarayonida qisqa matn fragmentlarini kiritish imkonini beruvchi standart boshqaruv elementi.


    TMemo - Tedit komponentining boshqa formasi bo’lib, katta xajmdagi matnlarni kiritish imkonini beradi.Bu komponent 32 Kb (10-20 bet) matn saqlash va matn redaktorining asosiy funktsiyalarni bajarish fimkoniyatiga ega


    TButton boshqaruv tugmasini yaratish komponenti bo’lib, dastur bajarilishi jarayonida tugmaga bosilganda qandaydir amal bajarish imkoniyatini beradi.Bunda Tbutton ni formaga joylvshtirib, ustida sichqoncha tugmasini ikki marta bosish yo’li bilan tugma bosilish hodisasini qayta ishlovchi kod qism dasturi sarlavhasini yaratish mumkin.Masalan, procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject); Bu qism dasturning davomi dasturchi tomonidan yoziladi.


    TCheckBox dastur bajarilish jarayonida bir nechta optsiyalardan tanlash yoki tanlamaslik imkoniyatini beruvchi komponent.



    TRadioButton dastur bajarilish jarayonida bir nechta optsiyalardan faqat bittasini tanlash imkoniyatini beruvchi komponent.



    TListBox formaga aylantiriluvchi ro’yxat kiritish imkoniyatini beruvchi komponent.Masalan, Windows muhitidagi ko’pgina dasturlar File menyusining Open faylllarni chaqirish oynasi ListBox dan iborat.



    TComboBox ListBox komponentining xususiy holi bo’lib, ro’yxatning birinchi elementini ko’rsatib turadi.qolganlari ro’yxatni pastga ochish Yo’li bilan o’qiladi(drop-down combo box). Masalan, shriftlar xajmini o’zgartiruvchi ochiladigan ro’yxat, shriftlar turini o’zgartiruvchi ochiladigan ro’yxat va b.


    TScrollbar - o’tkazgich komponenti. Tahrirlash ob’ektlarida, ListBox larda avtomatik chiqariladi.



    TGroupBox vizual maqsadlarda , komponentlarning formadagi komponentlar bo’ylab xarakatlanish tartibini Windows ga ko’rsatish uchun foydalaniladigan komponent.


    TRadioGroup TradioButton komponentlarini guruxlash uchun foydalaniladigan komponent.

    TPanel – Formani bezatish maqsadlarida foydalaniladigan boshqaruv elementi Tpanelni formaga joylashtirib, uning ichki qismiga boshqa guruxlanuvchi komponentlar joylashtiriladi.Endi Tpanelni xarakatlantirilsi, u bilan birga uning ichiga joylashtirilgan komponentlar ham xarakatlanadi.SHuningdek, TPanel instrumentlar paneli va status oynasi yaratishda ham foydalaniladi.

    Ushbu komponentlar Komponentlar Palitrasining birinchi sahifasida joylashgan boshqaruv ob’ektlaridir.Ob’ektlar to’g’risida qo’shimcha axborot olish uchun Delphi muhitida Komponentlar Palitrasining ixtiyoriy ob’ekti ustida F1tugmasi bosilsa, ushbu ob’ekt to’g’risidagi to’liq axborot chiqariladi..

    Download 58,38 Kb.




    Download 58,38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu. Standard komponentlar palitrasi

    Download 58,38 Kb.