• Palitra
  • O`chirg`ich
  • Stakan yoki banka
  • Alifmoy - yunoncha
  • MOYBO`YOQ BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYASI
  • BO`YOQLAR TAYYORIASH TEXNOLOGIYASI RANGLAR HAQIDA MA`LUMOTLAR
  • Kompazitsiyani bajarishdagi bosqichlar haqida umumiy ma`lumot




    Download 12,06 Mb.
    bet3/33
    Sana24.03.2017
    Hajmi12,06 Mb.
    #1983
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33

    1.2. Kompazitsiyani bajarishdagi bosqichlar haqida umumiy ma`lumot.

    Natyurmortning turli millat va elatlarning turmush tarzi haqida ma`lumotlar berishi ham o`ta muhimdir. Mutaxasislar natyurmortning kishilarga ikki xil ta`si- rini qayd qilishadi. Birinchisida, natyurmort kishilarni go`zallika oshno etib ,ularni hayotdan zavqlanishga chorlaydi. Agarda u meva-sabzavot va oziq-ovqatlar tas- viridan tashkil topgan bo`lsa, tomoshabinga yaxshi kayfiyat va ishtaha baxsh etadi.

    Ikkinchisida natyurmort o`zi haqida emas, balki u bilan bog`liq shaxs uning egasi haqida ma`lumot beradi. Bunday natyurmortlarda kishilar aks etmasa-da, biroq uning didi, ishtimoiy mavqey ifodalanadi.

    Natyurmortlarning bu ikki xili yaxlit holda ifodalanishi ham mumkin. Bu janrlarda ijod qilgan rassomlardan J.Sharden, F.Snayders,I.Mashkov, P.Koncha- lovskiy, L.Salimjonovlar katta shuhrat qozonganlar.

    Agar insonda xoxish – istak qattiq bo`lsa, atrofdagi barcha narsalarni aniq ko`chirib chizishni o`rganish mumkin. Ammo borliqni faqatgina ko`chirib chizish, bu rassom bo`ldim degani emas.

    Kompazitsiyani o`rganish yosh rassomdan ko`p harakat, tinimsiz izlanish talab qiladi. Donolar aytganidek, yurgan qir oshar singari.

    Rassomlar, yozuvchilar, shoirlar, haykaltaroshlar ijod jarayonida o`z fikr, hissiyotlarini turlicha: yozuvchilar-o`tkir so`z, bastakorlar- ohang uyg`unligi, rassomlar chizgi, shakl, rang orqali ifodalaydilar.

    Rassom bo`lish qiyin. San`at insondan butun umrga o`zini baxshida etishni talab qiladi. Ichki ijodiy ruh rassomni bir daqiqaga ham tark etmaydi, doimo unga hamroh bo`ladi. U na dam olish kunlarni, na ta`til biladi. Rassom ko`chadami, tramvaydami,odamlar bilan gaplashayotgandami yoki tabiatni kuzatayotgan dami, qaerga bo`lishidan qat`iynazar ijod qilishdan to`xtamydi. Xuddi mehnatsevar R.Hasanov. Tasviriy san’at asoslari G`.G`ulom nomidagi nashriyot. T-2009y(6-20 betlar)

    asalareidek doimo va hamma erda o`zining bo`lajak asarlari uchun material to`plab yuradi.

    Ish jarayonida rassom zarur bo`lganda anchadan beri yig`ib kelingan kuzatuvlari va ta`surotlaridan o`ziga kerakligisini ajratib oladi. Ani paytda bu bo`lajak asar materiali hisoblanuvchi obrazlardir.

    Kartinaning yaxshi yoki yomonligini har kim o`z fikrlash doirasidan kelib chiqqan holda aniqlaydi. Lekin asar kompazitsiyasining qandayligini faqat yaxshi mutaxasis yoki san`at shunos ayta olishi mumkin. Ular asarning nimasi yaxshi-yu, nimasi yomonligi, kamchiliklari yoki xatolari yillar davomida ortirib kelgan ijodiy tajribasidan, badiiy ichki hissiyotidan, dididan kelib chiqqan holda aniqlaydilar. Ammo ular ham ayrim hollada asarni biror so`z bilan ta`riflasahga ojizlik qiladilar. Rassom ustalar bilan suhbatlashgan chog`larimda, so`z bilan tushintirishga qiynalishganidan, beixtiyor majoziy so`zlarga o`tib ketishadi. Menimcha bu avvalo, san`atning hissiyot bilan bog`likligidadir. Juda ko`pgina rassomlar uchun kompazitsiyani bilish alohida o`rin tutadi. Ularning o`zlari ko`pincha “kopazitsion his etish” qobiliyatiga ega bo`ladilar. Shu sababdan ham tasviriy san`atni sirtdan o`rganish juda qiyin, chunki ko`pgina masalalar faqat ko`rish orqali yechiladi.

    Hech kim me`morai kompazitsiyada badiiy obrazni inkor eta olmaydi. Jumladan, natyurmort kompazitsiyasida ham. Rassom ishini boshida qulay bo`lishi uchun o`ta umumiylashtirilgan shakllar bilan ishlasa-da, ularning haqiqiy hahotiy ifodasini va mazmunini nazardan chiqarmaydi.

    Yuqorida eslab o`tilgandek, naryurmort kompazitsiyasi bu murakkab va ko`b ma`noli tushuncha. Qisqacha qilib aytganda, bu barcha tasviriy material, ya`ni kartina komponentlarining qahramonlar, manzara, buyumlar, makon, rang va yorug`likning matoda teng taqsimlanishidir. Bu degani faqat taqswimlab chiqish emas, balki ularni tartibga solish, har bir komponentni o`zaro bog`lash ular oasida turli xil-psixologik, plastic bog`liqlikni o`rnatishdir. Shu bilan birga kompazitsiya-bu asosiy maqsadi asarning asl mohiyatini ochib beruvchi, alahida bo`lgan kompo- nentlarning joylashuvidir.

    Kartina ta`sirchan, yodda qoladigan bo`lishi uchun unda asosiy g`oya aniq yoritib berilgan bo`lishi kerak.

    Ma`lumki, naturalizim-bu hayotni yuzaki, tashqi tushinishdir. Keng qam- rovli ishlangan kartina ham naturalistik bo`lishi mumkin, qachonki unda kompa- zitsion timsoliy yechim topilmagan bo`lsa.

    Tasodifiy olingan predmet va qahramolarni ko`cherish yoki mazmunsiz tasvirlash naturalizim deyiladi.

    Tomashabin ucnun kartinaning barcha shakl va qismlari aniq, konkret bo`lib hisoblasa, rassom uchun ular ish avvalida-siluet, rangli dog`dir. Keyinchalik kom- ponentlar birikib uyg`onlashib, ma`lum bir g`oya, mazmunini ifodalaydi.

    Talabalarda hayotga, tabiatgsa mehr-muhabbat uyg`otish, asrga ijodiy yondoshishini o`rgatish uchun natyurmort va manzaran aniq g`oyaviy mazmunga ega bo`lishi kerak.

    Eng to`g`ri tuzilgan komponovka ham, agar mazmunsiz, g`oyasiz, bo`lsa kartinani badiiy asarga aylantira olmaydi. Yosh rassom buni doimo yodda tutmog`i darkor. Kartina kompazitsiyasini ishlashdan avval g`oya o`ylangan bo`lishi lozim.

    Aynan g`oya kompazitsion izlanishdagi yetakchi asos hisoblanadi. U asar- ning mavzusi, syujeti hamda kompazitsion va rangtasvir uslublarini aniqlab beradi.

    Asarning g`oyasi tajribalardan, ichki kechinmalar, hissiyotlardan kelib chiqadi. Toki hayotdagi qiziq va ahamiyati hodisalarga, tabiat go`zalligiga e`tabor berilmas ekan, kompazitsiyani tushinish qiyindir.

    Obraz ustida ishlash odamning fikrlash qobiliyati bilan bog`liq. Kartina mavzusi ham, badiiy tasavvur ham hayotni chuqur bilish natijasida paydo bo`ladi. Aynan u asar kompazitsiyasini qanday qurish, qaysi ranglardan foydalanish, figuralarni qanday joylashtirishda yordam beradi. Kartinani g`oyasiz yaratish-nima haqida so`zlashni bilmay turib, gapirishga urunish bilan tengdir.

    Toki talabalar natyurmort kompazitsiya syujeti va mavzusini hayotiy tushunchasiz yaratar ekanlar, kartina ishonarsiz chiqadi. Obrazlar esa psixologik xarakter va shaxsiy fazilatlardan mahrum bo`ladi.

    Ayni damda kompazitsiya ko`pincha eski kartinalar asosida qurilmoqda. Bugungi kunda kartinalarda to`ylarni, qishloq tandirlarini, milliy libosdagi qariya- larni tasvirlash takroriy holat bo`lib qolmoqda. Asarlardagi obrazlar esa, umuman xaraktersiz, ya`ni hayotiy emas, balki yosh rassom tomonidan o`ylab chiqilgandir. Bu esa ularning hayotiy tajribasi yo`qligi natijasidir.

    Yana juda muhim bir narsaga e`tabor berish kerakki, u ham bo`lsa talaba- larning umumiy ta`limb o`yicha, ya`ni falsafa, adabiyot va boshqa fanlarni qay darajada o`zlashtirganliklaridir. Shu bilan birga talabalar o`z ustida ham ishlashlari lozim.

    Ijodiy isshlash uchun ko`rish xotirasi, eda qolish hamda kuzatuvchanlik qobiliyati kuchli rivojlangan bo`lishi lozim. Kuzatuvchanlikka ega bo`lmagan talabalar ko`pincha qiziqarli hayotiy hodisalarga e`tabor berishmaydi .

    Diplom ishi himoyalaridagi kartinalarda ko`pincha primitivlik, harakat va imo-ishoralarning shartli qilib olinganligi ko`zga tashlanadi. Odam harakati “umumlashtirib” olingan. Aniq harakat, holatga doir imo-ishoralar ko`rsatilmagan. Bunga sabab, rassomning kuzatuvchan emasligidir. Ko`p figurali murakkab kompazitsiyaga o`tishdan avval studentlarga aynan mana shu kuzatuvchanlikni kuchaytirish va o`stirish lozim. Ularga hamma vaqt va har erda o`z kuzatuvlartini hamda etyudlarni chizdirish kerak.

    Ular qayerda bo`lmasinlar-transpordami, ko`chadami, doimo yonlarida qalam olib yurishlari lozim. Har qanday vaziyat va holatda odamlarning harakat- lari, ishoralarini ko`rsata bilishlari kerak.

    Talabalar dam olayotgan va kutayotgan, tinglayotgan va kuzatayotgan, aylanib yurgan yoki shoshayotgan odam o`rtasidagi farqni ajrata bilishi hamda tasvirlay olishi lozim.

    Birinchi va ikkinchi kurslarda talabalardan murakkab eskizlarni talab qilmaslik kerak. Murakkab kompazitsiyalarni bajarishda asta-sekin maxsus mashq- lar orqali o`tish lozim .

    Bunday mashqlarni oddiy jismoniy harakatlardan boshlab, ularni tobora ishtirok etuvchilarning psixologik holati, kayfiyatini tasvirlash orqali murakab- lashtira borish kerak.

    Tyrli holatdagi ishoralar tasviri: bahslashuv, inkor etish, o`tinch, so`rash. Turli xil psixologok holatlar tasviri: shodlik, qug`u, hayratlanish, qo`rquv, toliqish. Turli xarakterdagi odamlar tasviri: mehribon, jahldor, mard, qo`rqoq. Bir turdagi rasmlarni chizib bo`lgach, asta-sekin studentlar hayotidan hamda, tevarak-atrofdagi voqealardan lavhalarni tasvirlash mumkin.

    Naturadan chijish va kopazitsiya mashqlaridan tashqari, yoddan chizishni ko`p mashq qilish kerak. Buning uchun tanish bo`lgan odamlar, o`qituvchilar, talabalar qiyofasini chizishni vazifa qilib bersa bo`ladi. Bunday mashqlar odamlar tashqi qiyofasining xarakterli qirralarini, imo-ishoralarini, yurish—turishini eslab qolishga va tasvirlanayotgan obrazga ijodiy yondoshishga o`rgatadi.

    Kuzatuvchanlik va tasavvurni shakllantirishga qaratilgan mashqlar bir-birini to`ldirib borishi kerak. Kuzatishlar fantaziyani joylashtirishga yordam beradi. Kuzatuvchanlik va tasavvurni shakllantiruvchi mashqlarning ahamiyatli tomoni yana shunda-ki, ular talabalarni o`z g`oyalarini amalga oshirish uchun materiallarni to`plash va izohlashga o`rgatadi. Bu esa kopazitsiyada ijodiy mashqlarga o`tish- ning eng asosiy shartidir.

    Asar kompazitsiyasida taqqoslash kontrast muhim rol o`ynaydi. Agar kom- pazitsiya qiyosiy tarzda (masalan, katta va kichik, dinamik va harakatsiz, yorqin va bosiq ranglar, chiroyli va xunuk, mehribon va jahldor va hokazo.) qurilgan bo`lsa yanada jonli ko`rinadi. Bu haqda buyuk rassom Leonardo da Vinchi ham aytib o`t- gan:“Tarixiy mavzularda tasvirlanayotgan narsani yanada kuchaytirib ko`rsatish uchun qarama-qarshilik (kontrast), albatta, qo`llanilishi lozim. Ya`ni go`zalni doi- mo mo xunuk bilan, yoshni qari bilan, kuchlini nimjon bilan, yonma-yon tasvirlash o`rinlidir”.

    Asar kompazitsiyasini allaqanday geometrik sxemalar asosida qurish (figu- ralarni uchburchak, aylana yoki diagonal bo`yicha joylashtirish) noto`g`ri .

    Qiziqarli mavzu topilmagunga qadar kompazitsiyani tuzib bo`lmaydi. Mav- zu ham topildi deylik, endi syujet kerak. Har bir rassom g`oyani ta`sirchan qilib yetkazuvchi syujet topadi.

    Syujet aniqlangandan so`ng, kompazitsiya eskizi ustida ishlash boshlanadi. Birinchi eskizlarni yaxshisi, kichik o`lchamda bajargan ma`qul. Chunki kichik o`lchamda asosiy kompazitsion qurilishni joylashtirish osonroq. Undan keyin katta hajmdagi eskizni bajarishga o`tish mumkin.

    Eskiz-bu kartina loyihasi, asar ishlash jarayonidagi birinchi bosqichdir. Eskizda mato o`lchami, gorizont balandligi aniqlanadi. Asarning yanada jonli, mazmunli chiqishi uchun eskiz bir necha variantlarda ishlanishi kerak. Unda ob`ektlarni, predmetlarni, figuralarni to`g`ri joylashtirish, g`oyaviy echimini aniq toppish lozim. Ishlanmada ortiqcha figuralar, umuman, ortiqcha narsalar bo`lmas- ligi kerak. Chunki ular asarning g`oyaviy mazmunini ochib bertishga to`sqinlik qiladi

    Birinchi qarashdanoq mazmunini, g`oyasini tushinsa bo`ladigan eskiz mukammal eskizdir. Aynan mana shunday taasyrot qoldirishga intilish kerak.

    Rangli eskiz ustida ustida ishlash jarayonida koloritni to`g`ri tanlay olish lozim. Chunki u chizilayotgan narsalarni hayotiy qilib ko`rsatishga, mavzu maz- munini ochib berishga yordam beradi. Ob`ekt va narsalarga o`ylamayn turib rang berish noto`g`ridir.

    Kartinaga etyud ishlashdan avval, eskizdagi kompazitsion echim, figuralar holati, ularning xarakteristikasi, haqmda voqea sodir bo`layotgan muhit topilgan bo`lishi kerak. Buni bajarish uchun esa asarda mos keladigan tipaj, yorug`lik tanlanadi.

    Kartinadagi voqea sodir bo`layotgan joy qayisi holat, muhitga tasvirlansa, etyudlar ham xuddi shu sharoit va yorug`likda ishlanishi lozim.

    Mashhur rassom, Surikov, agar do`zaxdagi gunohkorni chizish kerak bo`la- digan bo`lsa, o`zi ham naturani ham olov ustiga o`tirg`izib ishlashni aytib o`tgan edi. Ma`lumki, u qishda “Telba” asariga etyud ishlash uchun, oyoqyalang naturani qorga o`tqizib chizgan edi.

    Natyurmortda ko`p material va asboblar ishlatiladi. Natyurmortni chizishda qalam, o`chirg`ich, va boshqalar ishlatiladi. Bo`yash uchun guash, akvarel, tempe-ra va boshqa bo`yoqlar, mo`yqalamlar, kumush va tilla hallar solihadigan har xil idishchalar ishlatiladi.

    Kumush (lot. Argentum - oq kukun), Ag - Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 47, atom massasi 107,87. Kumush 2 tabiiy barqaror izotop - IO7Ag (51,35%) va IO9Ag (48,65%) dan iborat.
    Ularni birma-bir ko`rib chiqamiz.

    Mo`yqalam - qilqalam, qog`oz, ganch, yog`och, karton va boshqalarga bo`yoq bilan rasm solish, bo`yashda ishlatiladigan asbob. Mo`yqalam hayvonlar junidan va har xil plastinkalardan (tayyorlanadi). Mo`y- qalamlar ko`rinishiga qarab, yalpoq, ya`ni kurakcha ko`rinishdagi mo`yqalamlar, uchi ingichkalashib boradigan dumaloq mo`yqalamlar bo`ladi. Dumaloq mo`yqalamlarni uchi ingichka bo`lib, borishi tasvirdagi mayda nozik joylarni ishlashga qulaylik tug`diradi. Bo`- rsiq, suvsar, olmaxon kabilarning junidan tayyorlangan mayin mo`yqalamlar akva- rel, tempera, hamda grafika, rangtasvir ishlarida ishlati- ladi. Akvarel uchun qo-g`oz yuzasini buzmaydigan yumshoq mo`yqalamdan foydalaniladi. Biroz qattiqroq mo`yqalam guash va tempera bo`yoqdagi tasvirlar uchun ishlatiladi. Qattiqroq jundan tayyorlangan mo`yqalamlarni moybo`yoq mo`yqalamlari deyiladi.

    Ular rassomchilikda, naqqoshlikda va bo`yoqchilikda qo`llaniladi. Uzun qilli mo`yqalamlar esa freska hamda teatr dekoratsiyalarini tayyorlashda islilatiladi. Qadimgi ustalar mo`yqalamlarni o`zlari tayyorlaganlar yoki, maxsus mo`yqalam tayyorlaydigan ustalarga buyurtma berganlar.

    Akvarel va guash uchun tayyorlangan mo`yqalamlarni ishga yaroqli yoki yaroqsizligini bilish uchun mo`yqalam suvga botiriladi va suvdan olib silkitilsa, shunda, uchlari to`planib qolsa, bu mo`yqalam ishga yaroqli, aksincha, tuklari to`zib tursa, ishga yaroqsiz hisoblanadi.

    Suv, vodorod oksid, H2O - vodorod (11,19%) va kislorod (88,81%)dan iborat eng sodda kimyoviy birikma. S. rangsiz, hidsiz suyuqlik (qalin qatlamda zangori rangli). Mol. m. 18,0160. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va obxavoning shakllanishida S.
    Ayrim naqqoshlar ikki tomonida ham mo`yi bo`lgan mo`yqalamlardan foydalanadilar. Ya`ni bir tomonida katta, ikkinchi tomonida kichikroq mo`yi bo`ladi. Mo`yqalamlar ishlatilib bo`lingandan so`ng, kir-sovunda ehtiyotlik bilan yuvilib, keyin latta bilan siqilgandan so`ng stolni chetiga yoki maxsus tirgakka solib qo`yiladi.

    Akvarel mo`yqalamini ishlatishda va uni saqlashda quyidagilarga alohida e`tibor berish kerak:

    1. Mo`yqalamni suvda qoldirmaslik.

    2. Mo`yqalamni bo`yoq bilan qotib qolishiga yo`l qo`ymaslik.

    3. Ho`l holida mo`yqalamni saqlash mumkin emas.

    4. Mo`yqalamni changdan, yoki narsalardan saqlash.

    5. Mo`yqalamning mo`y qismining uchini qiyshiq va tarqoq bo`lib qolishiga yo`l qo`ymaslik, chunki keyin to`g`rilash juda qiyin bo`ladi.

    6. Akvarel ishlashda moyli moybo`yoq mo`yqalamini qo`llamaslik.

    7. Mo`yqalamni quruq joyda, uchi qog`ozga o`ralgan holda maxsus qalamdonda saqlash kerak.

    Belcha - (shpatel) buyum yoki boshqa narsalar yuzasini maxsus qorishma surtib tekislash (silliqlash)da ishlatiladi. Asosan, uch xil: katta, o`rtacha va kichik belchalar bo`ladi. Katta belchaning uch tomoni kengligi 15-20, o`rtacha belchaniki 8-10, kichik belchaniki 3-4 sm bo`ladi. Ular yuzaning katta-kichikligiga qarab ishlatiladi.

    Qog`ozlar - Natyurmortda chizmachilik qog`ozlari ishlatiladi. Ayrim hollar- da katta eskizlar tayyorlashda millimetrovka qog`ozidan ham foydalaniladi. Chizma qog`ozlari qalamda, tushda, akvarelda, guashda ishlash uchun mo`ljal- langan bo`ladi. Qog`oz turlari ko`p. B va O markali oq chizma qog`ozlar toboq va o`rama holida ishlab chiqiladi. B markali qog`ozda eng muhim chizma va naqshlar ishlanadi. O markali qog`oz oddiy qog`oz bo`lib, chizmachilik, naqqoshlik va mazarada keng qo`llaniladi. Odatda, uning bir tomoni silliqroq bo`ladi, o`sha tomoniga naqsh ishlanadi.

    Qalam - Natyurmortni sifatli chizish uchun qalamlarni to`g`ri tanlash va ulardan to`g`ri foydalanish katta ahamiyatga ega. Chizmalar va naqshlar chizish uchun «konstruktor» markali har xil qattiqlik va yumshoqlikdagi qalamlar juda qulay. Naqqoshlikda asosan, o`rtacha qattiqlikdagi «TM» qalamlar ishlatiladi. Qattiqlik darajasiga qarab qattiq, o`rtacha qattiq va yumshoq qalamlar bo`ladi. Ular tegishlicha T, TM va M harflar bilan belgilanadi. Qattiq va yumshoq qalamlar oldiga sonli ko`rsatkichlar ham qo`yiladi. Chunonchi, 2T, ZT, 4T yoki 2M, ZM, 4M va boshqalar, T harfi oldidagi, son qancha katta bo`lsa, u shuncha qattiq bo`ladi, M harfining oldiga qo`yilgan raqam qancha katta bo`lsa, u shunchalik yumshoq bo`ladi. Chet el qalamlarini H (qattiq), yumshog`ini B markalar bilan belgilanadi. O`rtacha qattiqlikdagi harflar esa HB harflar bilan belgilanadi.

    Qalam uchining grafit qismi 6-8mm, yog`och qismi 15-25 mm atrofida qilib yo`niladi. Qalamlar konus holida yo`niladi. Ularni yo`nish uchun bir bo`lak karton, faner va yog`och parchasiga shirach yordamida jilvir qog`oz yopishtiriladi. Qalam- lar bilan naqsh chizishda bosmadan, qalamni yo`nilgan uchidan sal balandroqdagi uch barmoq bilan ushlanib chiziladi. Qalam bilan chizishda puxtalik, aniqlik hamda malaka bo`lishi kerak.



    Palitra - natyurmortda oq rangdagi yassi lagancha yoki to`g`ri to`rtburchak plastmassa.
    Plastik materiallar yoki plastmassalar - sintetik yoki tabiiy yuqori molekulali birikmalar asosidagi organik materiallardir. Ular isitish va bosim natijasida oʻz shaklini oʻzgartirish va sovutilgandan keyin berilgan shaklni saqlab qolish qobiliyatiga ega.
    Bunda oq qog`oz yoki kartondan ham foydalanish mumkin. Unda har xil bo`yoq turlari va shu rang bo`yicha koler tayyorlanadi.

    O`chirg`ich - chizma chizishda qalamda, siyohda, tushda yoki boshqa chiziqlarni o`chirish uchun ishlatiladi. O`chirg`ich ikki xil: qalamda chizilgan chi- ziqlarni o`chirish uchun yumshoq oq yoki ko`k o`chirg`ich, siyoh, tush va bosh- qalarda chizilgan tasvirlarni o`chirish uchun tarkibida qumi bo`lgan qizil o`chir- g`ich bo`ladi. Qog`ozda o`chirg`ich qancha ko`p ishlatilsa, qog`oz yuzasi ishdan chiqib, bo`yoqni yaxshi olmaydigan bo`lib qoladi, bundan tashqari o`chirg`ichni juda ko`p ushlab turish ham mumkin emas, chunki, qo`l terlab va yog`lanib, kirlanib qoladi, natijada qog`ozni xira qilib qo`yishi mumkin.

    Stakan yoki banka - guash yoki akvarelga suv qo`shib, aralashtirib turish va mo`yqalamlarni yuvib turish uchun ishlatiladi. Koler tayyorlashda esa maxsus kichkina fayans, plastinka, chinni va boshqa materiallardan qilingan idishchalar ishlatiladi.

    Lok - yog`och, faner yuziga ishlangan naqsh yoki biror tasvirning bo`yoqlari uchib va surkalib ketmasligi uchun yog`li lok beriladi. Naqqoshlikda rangsiz yog`li damar 4c, 6c, 7c markadagi smolali loklar ishlatiladi. Bu loklar paxta yog`iga o`xshash bo`lib, bo`yoq rangini deyarli o`zgartirmaydi. Buyumlar 18-22 darajali haroratda quruq changsiz joyda loklanadi va quritiladi.

    Harorat (Temperatura) (lot. temperatura - kerakli aralashma, o'rtacha holat) - moddaning holatini issiq-sovuqligini tavsiflaydigan fizik kattalik.
    Buyum birin-ketin quritib, 2-3 marta loklanadi. Odatda, lok ikki sutkada yaxshi quriydi. Agar yaxshilab quritib berilmasa, surkalgan lok yig`ilib-yig`ilib, burishib qolishi mumkin. Eski lok ishlatilmaydi. Lokni ishlatishdan oldin dokadan o`tkazgan ma`qul.



    Alifmoy - yunoncha moy degani.
    Yunon tili (yunon. Ελληνικά [ɛliniˈka]) - yunon tili tarixidagi dastlabki bosqichda - mil. av. 14- 12-asrlardan mil. 1 -4-asrlargacha amalda boʻlgan (hoz. oʻlik) til; greklarning qadimiy tili (yana q. Yunon tili).
    U o`simlik moylaridan va neftdan olinadi. Alifmoy havoda asta-sekin qotib, keyin yupqa elastik parda hosil qiladi. Tabiiy va sintetik alifmoylar bo`ladi. Yog`och buyumlarni gruntovka qilishda uning sirtiga suriladi hamda shpaklyovka va zamaska tayyorlashda ishlatiladi.



    MOYBO`YOQ BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYASI

    Moybo`yoq - bo`yoqlarning bir turi bo`lib, o`ziga xos tomonlari bilan farq- lanadi. Moybo`yoqlar bilan ishlashdan avval ularning o`ziga xos xususiyatlarini puxta bilib olish zarur.

    Moybo`yoqlar bilan ishlashni puxta bilgan talaba tasvirlash tilining o`ziga xos tomonlarini bilib oladi. Moybo`yoq turlari 6-jadvalda berilgan.

    Moybo`yoq va loklar XV asrdan boshlab ishlatib kelinadi. Rangtasvirda qo`llanishini esa Niderlandiyalik aka-uka rassom, Van Deyklar boshlab berganlar. Ular zig`ir moyi juda tez qotishini bilib qolganlar va keyinchalik bo`yoq kukunini shu moyda qorishtirib, juda tiniq va yorqin bo`yoqlar hosil qilishga muvaffaq bo`lganlar. Ular moybo`yoq texnikasini rivojlantirishga ham katta hissa qo`shgan- lar.

    XVI asr rangtasvir san`atida moybo`yoq rangtasviri asosiy o`rinni egalla- gan. Moybo`yoq bilan ishlash, 1920-yillardan so`ng rivojlana boshladi. Keyingi vaqtlarda moybo`yoq bilan tasvir ishlash keng miqyosda tarqaldi. Moybo`yoq uncha suyuq bo`lmagani uchun, akvarel kabi mo`yqalamdan va tasvir tekisligi yuzasidan oqib ketmaydi. Uning asta-sekin qurish xususiyati esa matoga yoki biror yuzaga qo`yilgan bo`yoq birikmasiga ancha uzoq vaqt mobaynida, ishlov berish imkoniyatini yaratadi. Moybo`yoqlarni ishlatish akvarel bo`yoqlarga nisba- tan qulaydir. Ularning yana qulayligi shundaki, mabodo rang tusi noto`g`ri topilgan bo`lsa, uni qaytadan ishlash imkoniyati bor. Moybo`yoq matoga yoki biror yuzaga qo`yilgan bo`yoq qurigach, o`zining dastlabki rangini o`zgartirmaydi. Akvarel yoki guash bo`yoqlari kabi oqarmaydi.

    Moybo`yoq suyuq va quyuqroq holda, yupqa tiniq qatlam tarzida yoki quyuq holda ishlatilishi mumkin. Lekin, boshqa bo`yoqlarga, ya`ni akvarel, guash va hokazoga nisbatan moybo`yoqni ishlatish uchun zarur jihozlar ancha murakkab.

    Moybo`yoqlarni ishlatishda ularni suyultirish uchun erituvchi moddalardan foydalaniladi. Buning uchun maxsus tayyorlangan erituvchilar - penin, 1 va 2 raqamli suyultirgich loklar, yong`oq moyi, kanop yog`i ishlatiladi.

    BO`YOQLAR TAYYORIASH TEXNOLOGIYASI RANGLAR HAQIDA MA`LUMOTLAR

    «Qora bo`yoqlar asosan, anor po`stlog`i va yong`oq mevasining po`stidan tayyorlanganligi sababli ham 100 yildan ortiq muddatda qora iplar to`qila bosh- lashi bilan bunday kashtalar yoshi 100 dan ortiq ekanligini bilib olish mumkin bo`ladi».

    «Rangrezlan» - bo`yoq tayyorlovchilar tomonidan tabiiy o`simliklar va turli xil meva hamda gullardan olingan bo`yoqlar yordamida «bo`yoqchilar» tomonidan bo`yalardi. Buxoro «rangrez» chilarining ko`pchiligi yahudiylar bo`lishgan. Rang- lardan faqat indigo - nil - ko`k rang chetdan, Hindistondan keltirilgan, qolganlari esa mahalliy o`simliklardan tayyorlangan.

    Yahudiylar (oʻzlarini yegudim, idn deb atashadi) - xalq. Umumiy soni 185 mln. kishi, jumladan, AQSH da 60 mln. kishiga yaqin, Isroilda 4 mln, RF da 551 ming kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Ya.ning aksariyati qaysi mamlakatda yashasa, oʻsha mamlakat tilida soʻzlashadi. Ya.
    Hindiston (hindcha Bharat), Hindiston Respublikasi - Jan. Osiyolagi davlat. Hududi shim.dan jan.ga 3214 km, garbdan sharqqa 2933 km ga choʻzilgan. Shim.da Himolay togʻlari, garbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qoʻltig'i bilan oʻralgan. H.
    Keyinchalik, indigo bo`yog`ini buxoro- lik rangrezlar ham tayyorlashgan. Ammo, hunar sirini o`ta maxfiy saqlashgan, shu sababli ham hozirga qadar uni tayyorlash texnologiyasi ochilmay kelmoqda.

    Jaydari yo`llar bilan tayyorlangan tabiiy bo`yoqlar achchiq sirka yoki «zok» achchiq tosh eritmasida mustahkamlangan.

    Shundan keyin u uzoq muddat yorug`likda rangi o`chmaydigan, yuvilganda esa rangi suvga chiqmaydigan bo`lgan.

    G`ijduvon kashtalarining ranglarini «rangrezlar» mahalliy o`simlik va meva- lardan olganlar. O`smadan - yashil rang, hazorispanddan - sariq rang, shotutdan- jigarrang, xasaki qora tutdan - kulrang, yong`oq po`stidan- to`q yashil rang, qizil piyoz po`stidan - to`q sariq rang, gilosdan - qizil rang, anor po`stlog`idan - qora rang, gultojixo`rozdan - qirmizi, qizil rang, o`sma suviga, hazorsanband suvini quyib, qaynatib – feruza ranglar tayyorlashgan.

    Ipak iplarni tabiiy bo`yoqlarga bo`yash uchun ip kalavalari achchiq tosh eritilgan suvga solib qo`yilgan, keyin tozalab olinib, bo`yoqli suvga solib qaynatil- gach, sirkali suvga chayib quritilgan.

    G`ijduvonlik chevarlar ranglami mahalliy tilda quyidagicha nomlaganlar: pistoqi - yashil rang, nafarmon - siyoh rang, nilobi - ko`k rang, shirchoyi - gulobi rang, gilosi - to`q qizil rang, jigari - to`q qo`ng`ir rang, kabuti - och yashil rang, siyoh - qora rang, zard - qizil rang, xokistar - kulranglar shular jumlasidan.

    XX asrning boshlariga kelib, tabiiy ranglar o`rnini anilin bo`yoqlar egalladi. G`ijduvon kashtachilari ham o`zining mayin ranglarini yo`qotib, tez, yorqin, oftob- da oqaradigan kimyoviy ranglarni ishlata boshlashdi.

    Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.
    Bu esa G`ijduvon kashtalari- ning qimmatini pasaytirishga sabab bo`ldi.



    Download 12,06 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




    Download 12,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompazitsiyani bajarishdagi bosqichlar haqida umumiy ma`lumot

    Download 12,06 Mb.