Analog signallar (uzluksiz to‘lqinlar). Kommunikatsiyaning eskirgan
vositalari: telefon, radio va televideniya analogli signallar bilan ishlashga
mo‘jallangan. Analog signal tashuvchi to‘lqin deb ataluvchi uzluksiz elektrlik
signallardan tashkil topgan to‘lqindan iborat. Analogli tashuvchi to‘lqinlarning
ikki asosiy ko‘rsatkichi chastota va amplitudadan iborat:
Chastota – to‘lqin tebranishlarning vaqt birligida (sekund) necha
marta to‘liq takrorlanishini bildiruvchi son.
Amplituda – berilgan vaqt oralig‘ida to‘lqinning maksimal
balandligi.
Analogli signal deb - analog signal amplitudasining maksimal va
minimal oralig‘da cheksiz qiymatlar sonini qabul qilinishga aytiladi.
1-rasm Analogli signal
Raqamli signallar. Raqamli (diskret) signallar. Raqamli signallar ikki xil diskret
almashinuvchi (bor-yo‘q) signallardan iboratligi sababli u orqali ikkilik sanoq
sistemasidagi ma’lumotni tasvirlash mumkin. Bunda elektrik implusning
borligi 1, yo‘qligi 0 bilan ikkilik tarzda diskret signallarni uzatish 1880
yillarning o‘rtalarida Samuel Morze tomonidan joriy qilingan edi.
2-rasm. Raqamli signallar.
Kompyuterda hosil qilingan ma’lumotni uzatish uchun raqamli
signallardan foydalanish ham tez, ham qulay va aniq bo‘ladi. Ammo hozir ham
ko‘pgina aloqa qurilmalari (telefon, telegraf, radio, televideniya) analog
signallar bilan ishlaydi. Bu muammodan qutilish uchun modem zarur. Modem
raqamli signali analogli signalga ham ( modulyasiya), analogli signalni raqamli
signalga ham (demodulyasiya) aylantira oluvchi yagona qurilmadir.
Modemning asosiy ko‘rsatkich uning ma’lumot almashinish tezligi
hisoblanadi. Bu tezlik bod (bit/sek) yoki kbit/sek-larda ulanadi.