• MB maydonlarining xossalari
  • Jadvallar bilan tanishuv. Jadvallar hosil qilish
  • So’rovlar bilan tanishuv
  • Natijaviy jadvaldagi qaydlarni tartiblash
  • Tanlash shartidan foydalanish
  • O’tish ketma-ketligini boshqarish
  • Ma’lumotlarga kirish sahifalarini yaratish
  • Ma’lumotlarga kirish saxifalarini taxrirlash
  • Xisobotlar bilan tanishuv
  • Hisobotlarni taxrirlash va bezash
  • o’ zbek tilida Rus tilida
  • Mavzu: ms accessda shakllar bilan ishlash reja I. Kirish II. Asosiy qism




    Download 280 Kb.
    bet1/25
    Sana24.03.2017
    Hajmi280 Kb.
    #1978
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25

    Mavzu: MS Accessda shakllar bilan ishlash

    REJA
    I. KIRISH



    II. ASOSIY QISM

    1. Ma’lumotlar bazasi haqida ma’lumot

    2. Accessda jadvallar bilan ishlash

    3. Accessda so’rovlar yaratish

    4. Shakllar bilan tanishish

    5. Shakllarni boshqaruv tuzulmasi

    III. Iqtisodiy qism.

    IV. Mehnat muhofazasi.

    V. Xulosa.

    Kirish

    MA’LUMOTLAR BAZASI

    Ma’lumotlar bazasi - MB ning o،zi nima, u qanday ishlaydi? Dasturchilar tilida MB axborotlarini saqlab, saralab, tizimga solib, tuzatib va to،ldirib turuvchi hamda so،rovlar, tanlanmalar va hisobotlar tuzish uchun zarur vosita va usullarga ega bo،lgan dasturiy tarzda tashkillashtirilgan tuzilmadir. MB dagi ma’lumotlar albatta muayyan bir sohaga, turdosh mavzular turkumiga yoki ma’lum bir masalaga taalluqli bo،ladi.

    Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur.
    Turkum (genus) -1) botanikada filogenetik jihatdan yaqin (qardosh) turlarni birlashtiruvchi asosiy taksonomik kategoriya. Zoologiyadagi urugʻ botanikadagi T. ga toʻgʻri keladi. Mac, doʻlananing (Crataegus) har xil turlari (sariq, qizil va boshqalar) doʻlanalar T.
    Mazkur dastur Microsoft Office tarkibidandir.
    Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.

    Microsoft Access MB fayli doirasida quyidagi ob’ektlardan foydalaniladi:

    Ma’lumotlarni saqlashga mo،ljallangan “jadvallar”;

    Talab qilingan ma’lumotlarnigina qidirish va ajratib olishga hizmat qiluvchi “so،rovlar”;

    MB jadvalidagi ma’lumotlarni ko،rish, ularga qo’shimchalar qilish va ularni o،zlashtirishga qaratilgan “shakllar”;



    • Ma’lumotlarni tahlil qilish va muayyan qolibda chop etish uchun “hisobotlar”;

    Internet yoki boshqa tarmoq orqali MB dagi ma’lumotlarni ko،rish, yangilash va tahlil qilish uchun mo،ljallangan “ma’lumotlarga kirish sahifalari”.

    Quyida Sizlarning e’tiboringizga havola etilayotgan bayon Microsoft Accessning ma’lumotlar bazalari va ularni tashkil etuvchilari haqida yetarlicha tasavvur hosil qilishingiz uchun, qolaversa, shahsiy ma’lumotlar bazangizni tuza olishingiz uchun ham asqotadi degan umiddamiz.

    Dunyoda ko،plab ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari mavjud bo،lib, bu tizimlar orasida ommaviylikda Microsoft Access dasturi hammasidan ustun turadi.

    MB maydonlarining xossalari


    MBning maydonlari baza tuzilmasiini belgilashi bilan bir qatorda, muayyan maydonga tegishli katakchalarga yozilib boruvchi ma’lumotlar uchun umumiy bo،lgan xossani ham aniqlab beradi. Maydon xossasi tushunchasi MBga oid iboralar ichida etakchi o،rin tutadi.
    Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.
    Shu boisdan, maydon xossalarining asosiylarini qisqacha tavsiflab o،tamiz.

    Maydon nomi (имя поля) - baza bilan avtomatik amallar bajarilayotgan paytda mazkur maydonning ma’lumotlariga qay tarzda murojaat etish kerakligini ta’minlovchi xossa. Maydon nomlari jadval ustunlarining sarlavhalari sifatida ishlatilishi mumkin.

    Maydon turi (тип поля) - berilgan maydon tarkibidagi ma’lumotlarning turini bildiradi.

    Maydon o’lchami (размер поля)- berilgan maydon katakchalariga sigishi mumkin bo،lgan ma’lumotlarning maksimal uzunligini belgilovchi xossa.

    Maydon formati (формат поля) - maydonga tegishli katakchalaridagi ma’lumotlarni formatlash usulini aniqlab beradi.

    Ma’lumot kiritish niqobi (маска ввода) – bu xossa ma’lumotlarni kiritishning avtomatlashtirish vositasi bo،lib, maydonga kiritiladigan ma’lumotlarni qanday shakl orqali bajarilishini aniqlaydi.

    Imzo(подпис) - jadvalda maydonga mos ustunning sarlavhasini aniqlovchi xossa. Agar imzo alohida ko،rsatilmasa, uning o،rnini “maydon nomi” egallaydi.

    Oldindan berilgan qiymat (значение по умолчанию) -ma’lumotlar kiritishning avtomatlashtirilgan vositasi bo،lib, bunda maydon katakchalariga avtomatik yozilib qoluvchi qiymat anglanadi.
    MB maydonlarning turlari.

    Maydon turlari deganda odatda baza jadvalining maydonlariga kiritiladigan ma’lumotlar turlari tushuniladi.



    Maydon turi bu alohida bayon etishni talab etuvchi maydon xossasi bo،lib, uning ko،rinishlari quyidagilardan iboratdir:

    Matnli maydon (текстовое поле)-chegaralangan, ko،pi bilan 255 ta belgiga teng o،lchamdagi biror qolipga solinmagan matnlarni saqlashga mo’ljallangan maydon.

    Memo maydoni (поле Мемо)-katta hajmli, belgilari miqdori 2562-1 sonidan ko،p bo،lmagan matnlarni saqlashga mo،ljallangan. Bunda matn aslida maydonda emas, balki MB ning boshqa joyida saqlanadi, bu хolat foydalanuvchiga bilinmasligi mumkin.

    Sonli maydon (числовое поле)-haqiqiy sonlarni saqlashga mo،ljallangan.

    Sana/vaqt maydoni (поле дата/время) - kalendar, sana va joriy vaqtni saqlovchi maydon.

    Pulli maydon (денежное поле)- pul mablag’larning sonlardagi qiymati saqlanadigan maydon, undagi ma’lumotlar sonli maydon ma’lumotlaridan pullarga xos xususiyatlari borligi bilan farq qiladi va pulga oid amallarni bajarishda foydalanuvchiga yanada qulaylik tug’diradi.

    Hisobchi maydon (счетчик)- qaydlarni tartib bilan raqamlash uchun ishlatiladigan sonlar maydoni.

    OLE ob’ekti maydoni (поле объекта OLE)- bog’lash va joriy etish (L&E) texnologiyasi bilan o’rnatiluvchi ob’ektlarning yorliq yoki ko’rsatgichlarini saqlashga mo’ljallangan tabiiy maydon. Tabiiyki, bunday ob’ektlar MB fayli tarkibida, biroq baza jadvalidan boshqa joyda saqlanadi.

    Gipermurojaat maydoni (полегиперссылка) – Internet Web-ob’ektlarining URL manzillarini saklashga mo’ljallangan maxsus maydon. Undagi kaydlar gipermurojaatlardan iborat.

    Urniga kuyish ustasi (мастер подстановок) – bu ob’ektni sozlash tufayli klaviaturadan emas, sichkoncha yordamida ma'lumotlarni yoyiluvchi ro’yxatdan tanlab olish yo’li bilan maydonga ma’lumotlar kiritishni avtomatlashtirish mumkin.

    MBBT (Ma’lumotlar bazalarini boshkarish tizimi)ga murojaat etuvchilarni shartli ravishda ikki guruhga bo’lish mumkin: bu-foydalanuvchilar guruhi va loyihalovchilar guruhi. Loyihalovchilar MBga ehtiyojmand foydalanuvchilarning talablarini inobatga olgan holda MB jadvalining tuzilmasini yaratish va yahshilash ustida ishlaydi.

    MBBTga murojaat etuvchilarning foydalanuvchilar guruhi vakillari loyihalanib bo’lgan MBni to’ldirish va ularni istifoda qilish bilan band bo’ladilar. Umuman olganda, foydalanuvchilar MB tuzilmasini boshqarishga, o’zgartirishga haqli emaslar, ular, odatda, faqat o’z funksional vazifalariga taalluqli ma’lumotlarga kirish huquqiga egadirlar xolos.



    MBBTning asosiy ob’ektlari

    Ob’ekt deganda, odatda, qulanilishi nuqtai nazaridan uzi bilan bir butunlikni ifoda etuvchi mavjudlik tushiniladi. MBBTlarda ob’ektlar iborasiga alohida ma’no yuklatilgan bo’lib, tuzilishi o’ziga xos murakkablik kasb etuvchi MBda ob’ektlar axborot oqimini boshqarish, ma’lumotlarni kiritish, saqlash, saralash, himoyalash, tahlil qilish va uzatish bilan bogliq qiyin amallarning bajarilishida ma’lum bir tartib o’rnatishga va shu asnoda foydalanuvchilar uchun etarlicha engillik yaratishga xizmat qiladilar. Siz bilan biz o’rganishga kirishgan Microsoft Access dasturida asosiy ob’ektlarning etti xili mavjud. Ular bilan bir qator tanishib chiqamiz.



    rasm 1.


    Jadvallar -har qanday MBning asosiy ob’ektlari hisoblanadi. MBda saqlanishi kerak bo’lgan barcha ma’lumotlar jadvallarga jo bo’ladi, shuningdek, jadvallar maydonlardan, maydonlarning turlari va xossalaridan iborat tuzilmani-MB tuzilmasini ham o’zlarida ifoda etadilar.

    So’rovlar kerakli ma’lumotlarni MB jadvallaridan foydalanuvchiga qulay tarzda tanlab beruvchi vositadir. So’rovlar yordamida MB jadvallari ustida ko’pgina amallar bajariladi, ya’ni so’rovlar orqali ma’lumotlarni saralash, ya’ni filtrlash, ma’lumotlarni berilgan tartibda o’zgartirish, ma’lumotlar ustida hisob-kitoblar, jadvallarni boshqa manbalardan avtomatik tarzda chaqirib olingan ma’lumotlar bilan to’ldirish kabilar amalga oshiriladi. Aytilgan amallarning aksariyatini bevosita MB jadvallarining o’zida ham bajarish mumkin. Lekin bunda ko’proq mehnat, ko’proq vaqt sarf bo’ladi. So’rovlar esa ishlash tezligi va MB xafsizligi nuqtai nazaridan ham qulaydir.

    Shakllar MBga yangi ma’lumotlarni kiritish xamda mavjudlarini ko’rib chikishga mo’ljallangan vositadir. Foydalanuvchi shakllar vositasida ruxsat etilgan maydonlargagina ma’lumot kirita oladi. Loyixachilar esa ma’lumot kiritishni tezlatish, avtomatlashtirish maksadida shaklga maxsus boshkaruv elementlarini (schetchiklarni, doirachalar, kvadratchalar, yoyiluvchi ro’yxatlar va boshqalarni joylashtiradi. Shaklarning avzalliklari ma’lumotlarni to’ldirilgan blanklar orqali kiritish amalga oshirilganda yanada yakkol nomoyon bo’ladi. Bu xolda tayyor blankdagi barcha narsalar (bezaklar va boqalar) grafik vositalar ko’magi bilan shaklda mutloqo aynan aks etiriladi. Demak shakllar yordamida nafaqat ma’lumotlar kiritilar ekan, balki ularda MB dagi mavjud qoydalar ko’rgazmali tarzda aks etirilar xam ekan.

    Xisobotlar – o’zlarining xossalari va tuzilishiga ko’ra ko’proq shakllarga o’xshab ketadi. Xisobotlar bazadagi ma’lumotlarni qog’ozga chiqarish uchun xizmat qiladi. Shu boyisdan, ular boshqa ob’ektlardan, chop etiluvchi ma’lumotlarni turkumlash imkoniyatlari borligi bilan, shuningdek, boshqa xujjatlarga xos bo’lgan yuqori va quyi kalontitullar, saxifa raqamlari, xisobot tuzilgan sana xamda vaqt kabi maxsus rasmiylashtirish elementlarini xam asosiy ma’lumotlar qatori kogozga chiqarish uchun mo’ljalangan aloxida jixatlari mavjudligi bilan ajralib turadi.

    Saxifalar – aslida “ma’lumotlarga kirish saxifalari” deb atalivchi bu ob’ekt Internetda WWW xizmatining juda xam tez omaviylashuvi natijasida xosil bo’lgan desak yanglishmaymiz. Bu ob’ekt Web – saxifada joylashadi va u bilan birga foydalanuvchiga uzatiladi.

    Makroslar MBBT bilan ishlash jarayonida kup marotaba takrorlanuvchi amallarning bajarilishini avtamatlashtirish uchun qo’llaniladi.

    Modullar VBA (Visual Basic for Applications) tilida yaratiladi. Modullar yordamida MB ning funksional imkoniyatlari kengaytirilishi, MB buyurtmachisining mahsus talablari qondirilishi, MBBT ning ishlash tezligi hamda himoyalanganlik darajasi yahshilanishi mumkin.

    Endi Microsoft Accessda MB ning asosiy ob’ektlarini ishlab chiqish vositalari bilan tanishamiz. “Ob’ekt ustalari” dan soddaroq hollarda esa yanada tez natija beruvchi avtoshakl, avtohisobot kabi vositalardan foydalaniladi. Urganish maqsadida baza jadvalini tuzish, so’rov, shakl yoki hisobot yaratish, ma’lumotlarga kirish sahifasini hosil qilish uchun bu vositalarni har birini qo’llab ko’rishni tafsiya etamiz.

    “Ustalar”dan foydalanish jadval hamda so’rovlar tuzishni tezlashtirilsada, MBBT ning tushuncha va usullarini o’zlashtirish uchun ulardan ko’ra ko’proq Konstruktor rejimi qo’l keladi.

    Shakl, hisobot va “ma’lumotlarga kirish sahifalari“ni hosil qilishda esa, aksincha, Konstruktor rejimiga nisbatan “Ustalar” samaraliroqdir. Chunki, bu ob’ektlarni mazmun bilan to’ldirishdan ko’ra ularga ko’rk berish ko’proq mehnat talab etadi.

    Microsoft Accessning ixtiyoriy ob’ekti bilan ishlash uning “База данных» nomli muloqot oynasi orqali boshlanadi. Mazkur muloqot oynasining chap panelida Microsoft Access ob’ektlariga kirishni faollashtiruvchi boshqaruv elementlari mujassamlashgan.

    Jadvallar bilan tanishuv. Jadvallar hosil qilish


    Jadval-tablitsa hosil qilish uchun avvalo “Baza dannix” oynasidagi “Taблицы” nomli boshqaruv elementini tanlashimiz kerak. So’ngra, bu elementni tanlash tufayli faollashgan paneldan mavjud uchta boshqaruv elementidan birini, ya’ni “Создание таблицы в режиме конструктора”, “Создание таблицы с помощью мастера” va “Создание таблицы путем ввода данных” deb nomlangan belgichalardan birini tanlaymiz (2-rasm).

    rasm 2.


    Bu belgichalarning birinchisiga mos keluvchi oyna bilan –“jadvallar konstruktori” oynasi bilan yaqindan tanishamiz. Mazkur oyna o’zi bilan jadval tuzilmasini yaratish va tahrir qilish uchun mo’ljallangan muayyan qolipdagi vositani ifoda etadi. Uning ikkita gorizontal bo’lagi bo’lib, yuqori bo’lagida “имя поля”, “тип данных”, “oписание” nomli uchta ustun va ularga ko’ndalang pastki bo’lakda alohida tanlangan, ya’ni chap tomondan qora uchburchak marker, o’ng tomondan esa o’chib-yonib turuvchi kursor joylashgan satrda nomi keltirilgan maydonning xossalari ro’yxati aks ettiriladi.

    Har bir maydon uchun belgilanajak “maydon turi” maydon nomi yozilgan joyga qo’shni katakchadagi atayin yashiringan boshqaruv elementi orqali yoyiluvchi ro’yhatdan tanlanadi. Aytish joizki, Microsoft Accessda bunday yashiringan boshqaruv elementlari ko’p bo’lib, ular ma’lumotlar kiritilishi boshlangunga qadar ko’rinmay turaveradi.

    Maydon uchun ayrim xossalarni tayyorlash majburiy emas. Ba’zi xossalar esa avvaldan o’rnatilgan bo’ladi. Ularni ehtiyojga ko’ra o’zgartirish mumkin.

    Jadval tuzayotganda uning tayanch maydonini belgilab olish maqsadga muvofiq. Bu keyinchalik jadvallararo aloqani tashkil etishda asqotadi. Tayanch maydonini belgilash uchun sichqoncha kursori maydon nomi ustida turgan holda sichqonchaning o’ng tugmasini bosish hamda paydo bo’lgan kontekstli menyudan Ключевое поле bandini tanlash kifoya. Tayanch maydonini jadval tuzayotgan paytda tayinlash, umuman olganda, shart emas.

    Jadvalda birorta ham maydon ma’lumotlarning takrorlanmasligi xususiyatiga ega bo’lmasa va, ayni paytda, mazkur jadval MBning boshqa jadvallari bilan bog’lanishi kerak bo’lib qolsa, u holda tayanch maydon o’rniga boshlang’ich tayanch sifatida ikki va undan ortiq maydon tanlanishi mumkin. Bu amal ham, xuddi avvalgidek, kontekstli menyu orqali bajariladi. Bunda bir necha maydonni tanlash Shift klavishini bosib turgan holda tanlanilayotgan maydon nomlaridan chapda joylashgan kvadrat markerlarni sichqoncha ko’rsatkichi va chap tugmasi yordamida bir marotabadan belgilab chiqish orqali amalga oshiradi.

    Har safar jadval tuzilmasi ustidagi ishlarni yakunlab, Konstruktor oynasini yopmoqchi bo’lganimizda MBBT jadvalini saqlab qo’yish xususidagi so’roqni ekranga chiqaradi. MB jadvali shu tarzda birinchi bor saqlanayotgan bo’lsa, dastlabki so’roq oynasida tasdiqlovchi tugma bosilgach, tarkibida “Имя таблицы” nomli maydonchaga ega bo’lgan “Сохранение” sarlavhali yana bir so’roq oynasi paydo bo’ladi. Undagi maydonchaga jadvalga berilajak nom kiritiladi, keyin Enter klavishi bosiladi.

    rasm 3.


    Hosil bo’lgan jadval odatdagi usulda, ya’ni uning belgichasi ustiga sichqoncha kursorini olib kelib, shu holatda sichqonchaning chap tugmasi ketma-ket ikki marotaba deyarli uzluksiz tarzda bosilishi bilanoq ochiladi. Tuzilgan jadvallarning belgichalari (piktogrammalari) “База данных” oynasining “Taблицы” nomli elementiga mos panellarga ko’chirishning iloji yo’q (masalan, “Формы” nomli boshqaruv elementiga mos panelga). Яngi hosil bo’lgan jadval qaydlarga ega bo’lmaydi. Dastavval unda faqat jadval tuzilmasini tavsiflovchi ustunlarning nomlarigina bo’ladi. Jadvalni ma’lumotlar bilan to’ldirish odatdagi tartibda amalga oshiriladi. Bundan matn kursori kerakli katakchaga sichqoncha kursori orqali yoki kursorni boshqarish klavishlari orqali o’rnatiladi. Navbatdagi qaydni jadvalga kiritish undan avval turgan qaydning eng oxiriga katakchasi to’ldirilgandan so’ng bajariladi. Bunda, albatta MB jadvali maydoniga “объязательное поле” xossasi yuklatilgan bo’lishi kerak.

    “O’tish tugmalari paneli”dagi boshqaruv elementlari ko’p sonli qaydlardan iborat jadvallar bo’ylab xarakterlanishda qo’l keladi. Mazkur panel jadval quyi qismining chaprog’ida joylashgan.

    Jadval qaydlar bilan to’ldirila boshlanganda kuzatish mumkinki, kiritilayotgan ma’lumotlar katakchalarga har doim ham “sig’avermaydi”. Bunday holda mazkur katakchani o’z ichiga olgan ustun sichqoncha yordamida yoki avtoformatlash vositasida kengaytirilishi mumkin. Bunda sichqoncha kursori ustun chegarasiga olib kelinganda shakli o’zgargach ikki xil yul tutilishi mumkin: birinchisi, shu turgan holda sichqonchaning chap tugmasi bosiladi va u qo’yib yuborilmasdan o’ng yoki chapga sichqonchani harakatlantirish bilan ustun kengligi shu harakatga mos ravishda o’zgartiriladi; ikkinchisi, sichqoncha kursorining ustun chegarasi ustida shakli o’zgarishi bilanoq “ikki marotaba chiqillatish “ qo’llaniladi. Oxirgi aytganimiz Windowsga xos usul bo’lib, u ko’pgina dasturlarda birday amal qiladi. MB jadvalining o’ziga xosliklaridan biri, bu unga kiritilayotgan ma’lumotlarning avtomatik tarzda saqlanib qolishi xususiyatidir. Shunga qaramay, mabodo jadval maketi o’zgartirilgan bo’lsa, MBBT maskur o’zgartirishni saqlash borasida Sizning tasdig’ingizni kutadi. Agarda jadval tarkibidagi maydonlar sonini, ularning xossalarini, bir so’z bilan aytganda, jadval tuzilmasini o’zgartirish lozim bo’lib qolsa, unda bu jadvalni Konstruktor rejimida ochmoq kerak. Buning uchun “База данных” oynasining “Taблицы” elementiga mos “ro’yxat”dan mazkur jadvalning belgichasi (piktogrammasi) tanlangan holda Konструктор tugmasi “bosiladi”. Konструктор yordamida jadval yaratish tezlashadi. Jadvalning samaradorligi MBni loyihalash bosqichida jadval tuzilmasining qay darajada ishlanganligiga bog’liq, albatta. Agar oldindan tayyorgarlik yaxshi yulga qo’yilgan bo’lsa, ya’ni loyiha puxta o’ylangan bo’lsa, Konструктор loyihaning miqyosi, kattaligidan qat’iy nazar sanoqli daqiqalarda MB uchun etarli hamda qulay bo’lgan jadval tuzilmasi va maketini yarata oladi.

    Jadvallararo bog’lanishlarni tuzish.

    MB jadvallari orasida relyatsion munosabatlarni o’rnatish MB tuzilmasi ishlanayotganda ko’zda tutulishi kerak. Jadvallararo bog’lanishni tuzish uchun zarur bo’lgan barcha ishlar “Sxema dannix” nomli maxsus oynada sichqoncha yordamida amalga oshiriladi. Bu oyna Сервис-Схема данных buyrug’i bilan ochiladi yoki vositalar ponelida joylashgan ko’rinishdagi tugmachani bosish bilan faollashadi. Xosil bulgan jadvallararo boglanish Схема данных oynasida turli jadvallarning ikki maydonini boglab turuvchi yunalishli chizik kurinishida aks etadi. Bu boglanishda uzining tayanch maydoni bilan ishtirok etayotgan jadval etakchi xisoblanadi. Bunda tayanch maydon nomi kuzga tashlanib turadi. Ikkinchi jadval ergashuvchi jadval xisoblanadi. MBning mutasaddisi ma’lumotlar butunligini himoyalashga oid ikki yuldan birini tanlashi mumkin: biri – etakchi jadvalning tayanch maydonlaridagi ma’lumotlarni o’chirib yuborilishi holatlariga to’siq qo’yish; ikkinchisi - bog’langan jadvallarda bunday holatlarga muvofiq keluvchi tartibni o’rnatib, o’chirish amallariga ruxsat berish. Odatda, MB etarlicha katta va o’zaro bog’langan jadvallari ko’p bo’lsa, bu kabi o’chirish ishlarini “qo’lda“ bajarish anchagina qiyinchilik tug’diradi. Shu boisdan ham jadvallararo bog’lanish kabi avtomatlash vositalari kerak bo’ladi.



    Demak, jadvallar o’rtasidagi avtomatik bog’lanish tufayli: etakchi jadvalning tayanch maydonidagi ma’lumotlarni, mazkur maydonga boshqa bir jadvalning qandaydir maydonlari Схема данных buyrug’i orqali bog’langan taqdirda, o’zgartirish yoki o’chirib tashlash imkoniyati bartaraf etiladi; aks holda, etakchi jadvalning tayanch maydonidagi ma’lumotlarni o’chirib yuborishda yoki o’zgartirishda mazkur jadvalga ergashuvchi jadvallarning boshlang’ich tayanchga maydonlaridagi tegishli ma’lumotlarning ham o’chirib yuborilishi muvofiq holda mutlaqo aynan o’zgartirishli avtomatik tarzda ro’y beradi.Bog’lanish xossalarini sozlash uchun “Схема данных “ oynasida jadvallardagi maydonlarni bog’lovchi chiziqni sichqoncha kursori orqali tanlash va shu turgan holatda sichqonchaning o’ng tugmasini bosish bilan bog’lanishning kontekstli menyusini ochish hamda undan “Изменить связь” nomli bandni tanlash kerak bo’ladi. Shunday qilinsa, ekranda “Изменение связей“ sarlovhali muloqot oynasi paydo bo’ladi. Mazkur oynada bog’langan jadvallarning nomlari hamda bog’lanishda ishtirok etayotgan maydonlarning nomlari aks etadi, shuningdek ma’lumotlar butunligini ta’minlovchi boshqaruv elemenlari keltiriladi. Bog’lanishlarni o’zgartirishni ham shu oyna orqali amalga oshirish mumkin. Bu oynada faqat “Oбеспечениецелостности данных“ kvadratchasi belgilangan bo’lsa, unda etakchi jadvalning tayanch maydonidagi ma’lumotlar o’chirib yuborishdan saqlangan bo’ladi. Oynada mavjud uchta kvadratchaning hammasi faollashtirilsa, mos ravishda etakchi jadvalning tayanch maydonidagi ma’lumotlarga o’zgartirishlar kiritishga va ma’lumotlarni o’chirib yuborishga ruxsat berilgan bo’ladi, shuningdek, bu o’zgartirish va o’chirib yuborishlar ergashuvchi jadvallarda aynan aksini topadi.

    Xulosa qilib aytganda, MBning jadvallari o’rtasida relyatsion bog’lanishlarni hosil qilishning ma’nosi ma’lumotlar muhofazasini ta’minlashdan va o’zaro bog’langan jadvallarning biriga o’zgartirish kiritish orqali boshqa barchasida birvarakayiga o’zgartirishlar kiritishga erishishdan iboratdir.

    So’rovlar bilan tanishuv

    Mana MB jadvallari bilan tanishib chiqdik. Ular MBning eng qimmatli ob’ekti sanaladi. Odatda MB tuzilmasi yaxshi o’ylangan va puxta ishlangan bo’lsa, foydalanuvchilarning MB jadvallariga murojaat qilishlari, to’g’rirog’i, jadvallarni ochishlariga ehtiyoj qolmaydi. MBni istifoda etuvchilar bazida jadvallar borligini unutsalar ham bo’ladi. Ular baza ma’lumotlaridan foydalanishlari uchun “so’rovlar-Запросы” deb nomlanuvchi maxsus ob’ekt mavjud. MBni ishlab beruvchi mutaxassis foydalanuvchilarning barcha so’rovlarini oldindan ko’ra bilgan holda bu ob’ektni avvaldan tayyorlaydi. Tayyor bo’lgan “запрос”, “База данных” oynasining “Запросы” panelidagi ro’yhatdan topilib, uning belgichasini tanlagan holda Enter klavishasini bosib ochiladi. Bunda ekranda natijaviy jadval paydo bo’ladi, undan foydalanuvchi o’zi qiziqqan ma’lumotni topishi mumkun.


    Umuman olganda natijaviy jadval MB asosiy jadvallarining hech biriga mos kelmasligi tabiiy. Chunki, natijaviy jadvalning maydonlari turli asosiy jadvallarning maydonlaridan, ulardagi qaydlar esa foydalanuvchining talabi-so’rovlari tufayli filtrlangan va saralangan qaydlardan iborat bo’lishi mumkun. Bordiyu, foydalanuvchi natijaviy jadvaldan o’ziga kerakli ma’lumotlarni topa olmasa, u holda yangi so’rov tayyorlash zarurati paydo bo’ladi, bu ish MBning ishlanishini ta’minlab turuvchi mutahassis zimmasidagi vazifa hisoblanadi.

    Rasm4.


    So’rovlarni dastavval Koнструктор yordamida tayyorlash maqsadga muvofiq. Bu o’rganish uchun ham qulay usul. “База данных” oynasida “Запросы” nomli boshqaruv elementi va unga mos ravishda maxsus panel bor. Mazkur paneldagi ro’yhat “Создание запроса в режиме конструктора” nomli yozuv va unga mos belgicha bilan boshlanadi. Bu belgicha (piktogramma) “Запрос 1: zapros na viberku” sarlavhali oynada maxsus blankni ekranga chiqaradi. Mazkur blankni odatda, namuna bo’yicha so’rov blanki deb ham atashadi. U ikki sohaga ajratilgan: yuqori sohada so’rov yunaltirilgan jadvalning tuzilmasi aks etadi; quyi soha esa ustunlarga bo’lingan bo’lib, har bir ustunda tuzilajak natijaviy jadvalning ma’lum bir maydon nomi, u maydon qaysi jadvaldan olinganligi, undagi ma’lumotlarni saralash, ekranga chiqarish belgisi, tanlash sharti, shuningdek, “yoki” so’zi bilan boshlanuvchi satrda boshqa amallar aks ettiriladi.

    Na’muna bo’yicha so’rovni shakllantirish quyidagicha amalga oshiriladi. Blankning yuqori qismida kontekstli menyu orqali so’rov murojaat etayotgan jadvallarning sarlavhasi va maydonlarning nomlari keltirilgan oynalar ochiladi. So’ng natijaviy jadval tarkibiga kirishi lozim bo’lgan maydonlarning nomlari ustida sichqoncha kursori turgan holda sichqonchaning chap tugmasi ketma-ket deyarli uzluksiz ikki marotaba bosiladi. Bunda blankning quyi qismidagi ustunlar avtomatik ravishda MBBT tomonidan to’ldirib boriladi. Shu tarzda “so’rov tuzilmasi” shakllantirilgach, uning oynasini yopish oldidan so’rovga nom beradi. Keyinchalik mazkur “so’rov” ni ishga tushirish. “Jadval” larda o’rganganimizdek tarzda, odatdagidek amalga oshiriladi.

    Ko’rib chiqqanimizdek tartibdagi amallar natijasida eng sodda va ayni paytda eng ko’p qo’llaniladigan “so’rov”lar tuziladi,ularni “tanlanma bo’yicha so’rovlar” deb atashadi chunki, bu turdagi “so’rovlar” o’zlarining asosidagi jadvallarning maydonlardan ma’lumotlarni tanlab olish imkoniyatni beradi.

    Natijaviy jadvaldagi qaydlarni tartiblash


    Tanlanma asosidagiso’rovlarni qo’llash natijasida tanlab olingan ma’lumotlarni tartibga solish zarurati tug’ilsa, “sortirovka”- saralash buyrug’idan foydalaniladi. Yuqorida aytganimizdek, blankning quyi qismida sortirovka nomli maxsus satr bor. Bu satr tanlanishi bilanoq mos katakchaning o’ng tomonida yoyiluvchi ro’yhat tugmasi paydo bo’ladi. Bu yoyiluvchi ro’yhatda saralash usullarining - o’sish tartibida yoki kamayish tartibida saralash usullarining nomlari keltirilgan. Natijaviy jadvalda ma’lumotlarning saralanishi saralash tartibi qaysi maydon uchun o’rnatilgan bo’lsa, o’sha maydon bo’yicha amalga oshiriladi.

    MBlarda ma’lumotlarni bir vaqtning o’zida bir nechta maydon bo’yicha saralash imkoniyati mavjud. Bu holda saralash na’muna bo’yicha so’rov blankining ustunlarida joylashgan maydonlar bo’ylab chapdan o’ngga qarab bajarib boriladi. Binobarin, so’rovni shakllantirayotganda natijaviy jadval maydonlarini duch kelganday emas, balki kelgusida ma’lumotlarni bosqichma-bosqich saralashga to’g’ri kelib qolishini nazarda tutib joylashtirish kerak ekan.

    Urin almashtirishning umumtizimiga oid usullari bilan na’muna bo’yicha so’rov blankidagi ustunlarning joylashish tartibini o’zgartirish mumkin. Bunda sichqoncha yordamida “перетаскивание” amalini qo’llash kerak bo’ladi.

    Natijaviy jadvalda ma’lumotlar aks ettirilishini boshqarish oldindan o’rnatilgan tartibda (ya’ni по умолчанию) nazarda tutiladiki, «so’rov»ga kiritilgan barcha maydonlar ekranda aks ettiriladi. Biroq bu har doim ham maqsadga muvofiq emas. Ma’lumotlarning natijaviy jadvalda aks etishini boshqarish na’muna bo’yicha so’rov blankining “vivod na ekran” nomli satridagi kvadratchalar orqali amalga oshiriladi. Aytaylik, shunday hollar bo’ladiki, biror bir maydon kerakli ma’lumotlarni saralash uchun qulay bo’lgani boisidan so’rovga qo’shilishi va ayni choqda, “begona ko’z”lardan holi bo’lish talab qilinadi. Bunday maydonni ekranda aks ettirmaslik uchun “vivod na ekran” satrining mazkur maydonga mos kvadratchasidagi belgi olib tashlanadi. Misol tariqasida fanlarni qoniqarli o’zlashtira olmagan talabalar ro’yhatini e’lon qilishga mo’ljallangan “so’rov”ni keltirishimiz mumkin. Bu so’rov talabalarning o’zlashtirilishini yoritadigan jadvallarga asoslanadi. So’rov faqatgina ro’yhatni aks ettirsada, mazkur ro’yxat aslida “ekran ortidagi” o’zlashtirish natijalari maydonlariga tayanadi.


    Tanlash shartidan foydalanish


    Endi e’tiboriingizni na’muna bo’yicha so’rov blankidagi “uslovie otbora” –“tanlab olish sharti” satriga qaratamiz. Bu satrning so’rovda ishtirok etayotgan xar bir maydonga mos katakchasida maydonning o’zigagina tegishli alohida shart berish mumkin. Demak, “условие отбора” satri berilgan mezonlarda ma’lumotlarni tanlab olish imkonini beruvchi vositadir.
    So’rovlar asosidagi so’rovlar.

    Biz yuqoridagi ko’rib chiqqanimiz tanlanmaga ko’ra so’rovlar, qaytaramiz, so’rovlarning eng sodda va keng qo’llanuvchi turidir. Mazkur sodda so’rovlar asosida bajariluvchi so’rovlar ham mavjud. Ular quyidagilardir:



    Яkuniy so’rovlar - bular ko’rsatilgan maydon bo’yicha arifmetik hisob–kitoblarni amalga oshira oladilar va hisob- kitoblarning yakuniy natijalarini namoyish etadilar;

    Ko’rsatkichli so’rovlar - bu turdagi so’rovlarning e’tiborli joyi shundaki, tanlab olish mezonini foydalanuvchinnig o’zi mazkur so’rov chiqarilgan paytda kerakli ko’rsatkichni kiritish bilan berish mumkin;

    Kesishuvchi so’rovlar - bular jadvallar turkumini tahlil qilish tufayli olingan hisob natijalari asosida natijaviy jadvallar hosil qiladilar;

    O’zgartirish uchun so’rovlar - bular jadvallar maydonlarini to’ldirishning avtomatlashtirilishini ta’minlaydi.

    Yuqoridagi so’rovlardan tashqari MB serveriga murojaat etuvchi mahsus so’rovlardan ham foydalaniladi. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, MB jadvallariga so’rovlar aslida maxsus dasturlash tili–SQL da yaratiladi. Microsoft Access MBBT ning oddiy foydalanuvchilariga taqdim etayotgan uslub va vositalari SQL ga murojaat etish holatlariga deyarli o’rin qoldirmaydi.

    Uslub - tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar.




    Shakllar bilan tanishuv


    Shakllar-Формы” foydalanuvchilarga MB jadvallariga kirib yurmasdan ularga ma’lumotlar kiritish imkonini beradi. Qolaversa, shakllar so’rovlar ishining natijalarini yozuvlari zich joylashgan natijaviy jadval ko’rinishida emas, balki chiroyli bezalgan ko’rinishda namoyish qiladi. Aytilganlarga ko’ra, shakl tuzilmasini formatlashning jadval asosidagi va so’rov asosidagi turlari mavjud bo’lib, ularning ikkisini muvofiqlashtirilgan holda ham ishlatish mumkin. MB shakllari, odatda, avtomatlashtirish vositalari yordamida tayyorlanadi. Ulardan biri avtoshakl deb nomlangan vositadir. Avtoshaklning uch turi ya’ni “ustunlardagi“ avtoshakl, lentali avtoshakl hamda jadvalli avtoshakl deb ataluvchi turlari qo’llaniladi.

    rasm 5


    Ko’rinib turganidek, “ustunlardagi” avtoshakl bitta qaydning barcha maydonlarini o’zida aks ettiradi. Avtoshaklning bu turi ma’lumotlarni kiritish va taxrirlash uchun juda qulaydir. Avtoshaklning “lentali” turi esa birdaniga bir necha yozuvlarni aks ettirishga mo’ljallangan bo’lib, undan natijaviy ma’lumotlarni ko’rgazmali ifodalash uchun foydalaniladi. Rasmdagi jadvalli aftoshaklning izohi o’zi bilandir.

    Avtoshaklni yaratish uchun “База данных“ oynasidagi “Формы“ panelini ochish kerak va “Создать“ tugmasini bosish kerak. Ekranda paydo bo’lgan “Новая форма“ nomli muloqot oynasida avtoshakl turi va u asoslanayotgan jadval yoki so’rov tanlanadi. OK tugmasi bosilgan zahoti avtoshakl avtomatik tarzda shakllanadi va ma’lumotlarni kiritishga yoki aks ettirishga tayyor turadi.

    Ta’kidlash joizki, avtoshakl faqat bitta ob’ektga asoslanadi. Shakl yaratishning boshqa vositalari shakl tuzilmasi asosiga bir nechta jadvallarning maydonlarini va so’rovlarini qo’yish imkonini beradi. Demak, shakllarni sodda va murakkab turlarga bo’lish mumkin. Bir nechta o’zaro bog’langan jadvallardagi maydonlarga asoslanuvchi, shuningdek, shakllarning birlashmasini o’zida ifoda etuvchi shakllarga murakkab shakl deya olamiz. U holda avtoshakllarning har qanday ko’rinishi sodda shaklga misol bo’ladi.

    Avtomatlashtirilgan vositalar qatorida MB ni ishlab chiquvchi bilan muloqat tartibida shakl tuzilmasini yaratuvchi

    “Мастер форм“ nomli maxsus dasturiy vosita ham mavjud. “База данных“ oynasidagi “Формы” panelida joylashgan “Создание формы с помощью мастера“ nomli tugmani bosish bilan ishga tushiriladi. Shakllar ustasi bilan muloqot jarayonida, avval, tuzilajak shakl tarkibiga kiruvchi jadvallar va maydonlar tanlab olinadi, keyin, shaklning tashqi ko’rinishi, so’ngra, shaklni bezash uslubi tanlanadi va nihoyat, shaklning biror nomi ostida saqlanishi amalga oshiriladi. To’ldirilgan shakl tuzilmasini ko’rishga kelgusida ehtiyoj paydo bo’lib qolishi hisobga olinsa, muloqotni yakunlashdan oldin, “Изменить маркет формы“ doirachasini faollashtirib qo’yish mumkin.

    Shakl tuzilmasi


    Ayni vaktda siz o’z kompyuteringizdan foydalaning. O’zingiz tuzgan shaklni yana bir bor konstruktor rejimida oching. Ko’rib turganinggizdak shakl «Заголовок формы» nomli sarlovha soxasi «Область данных» ma’lumotlar soxasi xamda «Примечание формы» nomli izoxlar soxasiga bo’linadi. Bu soxalarning o’lchamlari ehtiyojga qarab sichqoncha orqali odatdagi amallar bilan o’zgartirilishi mumkin ya’ni uning uchun soxa chegarasiga sichqoncha ko’rsatkichi olib kelinadi va kursor orqali kerakli kattalik beriladi. Shakl tuzilmasidagi yukoridagi garizontal chizg’ichning chap uchida o’rtasi kora kvadratchali marker-shakl markeri bo’lib, uni deyarli uzluksiz ikki bora bosish bilan shakl tuzilmasiga oid xossalar jamlangan oynani ochgan bo’lamiz. Xuddi shunday usulda shaklning har bir bo’lagiga, ustyozuvlariga va maydonlariga tegishli xossalar bilan tanishamiz va ularni o’zgartirishimiz mumkin.
    Shaklni boshqaruv elementlari.

    Elementlar panelida MB foydalaniluvchilari uchun kerakli bo’lgan asboblar joylashgan. Bu panelni ВидПанел инструментов orqali chiqariladi. Tanlangan boshqaruv elementini kerakli joyga qoyish uchun o’sha joy ya’ni shakl soxasining bosh joyi sichqoncha kursori bilan ko’rsatilgach yana bir marotabali tasdik ko’llaniladi. Bunda shakl soxasining bo’sh joyiga boshkaruv elementi bilan birga uning biriktirilgan ustyozuv o’rnatiladi. Dastavval ustyozuv standart xolatda aytaylik “boglovchi kvadratchalar” uchun “Флажок 1”, “Флажок 2” va x.k. kabi ko’rinishga ega bo’ladi. Bunda demak ustyozuv imzo o’rnida keladi. Boshqaruv elementi xossasini taxrirlash orqali boshqaruv elementiga mazmundan kelib chiqib boshqa imzo berish mumkin. Ma’lumki bunda kontekstli menyu qo’llaniladi ya’ni u orqali boshqaruv elementi xossalari oynasiga kiriladi.

    Shaklni bezashning asosiy elementlari matnli yozuvlar va rasmlar xisoblanadi. Shaklda matnli yozuvlarni xosil qilish uchun Надпись ва Поле nomli boshqaruv elementlari qo’llaniladi. «Надпись» sifatida ixtiyoriy matnni berish mumkin. Pole nomli boshkaruv elementi shunisi bilan fark qiladiki, unda shakl asosidagi jadval maydonlaridan birining tarkibi aks etadi. Aks etganda xam MB jadvalidagi qaydlarning mazkur boshqaruv elementiga mos maydonga tegishli ma’lumotlari shaklda birma-bir almashinib keladi.

    Shaklni bezashning grafik elementlarini yaratishda «Рисунок», «Свободная рамка объекта» va «Присоединенная рамка объекта» nomli boshqaruv elementlaridan foydalaniladi. Rasm grafik fayldan tanlanadi va shaklga qo’yiladi. «Свободная рамка объекта» nomli boshqaruv elementi shunisi bilan farqlanadiki, u albatta rasm bo’lishi shart emas, u boshqa ixtiyoriy OLE ob’ekti bo’lishi mumkin.



    Shakl bezagi

    Shakllar ko’rkamligiga talab xam Mbning o’ziga xosliklaridan biridir. Tabiiyki, shakldagi boshqaruv elementlari bir tekisda joylashgani ma’qul. Bu Форматвыровнять, ФорматИнтервал по горизонтали va ФорматИнтервал по вертикали buyruqlari orqali amalga oshiriladi. Boshqaruv elementlarini o’lchamlarini va joylashishini «qo’l»da o’zgartirmokchi bo’lsak, unda boshqaruv elementi tanlanganda uning xoshiyalarida paydo bo’ladigan markerlardan foydalaniladi. Yuqori chap burchakdagi o’lchami boshqalarnikidan kattaligi bilan ajralib turgan marker aloxida maqomga ega bo’lib, bu marker bilan bajarilgan “tashib o’tish” amali boshqaruv elementiga biriktirilgan ustyozuvni undan ajratishga imkon beradi. Odatda boshqaruv elementi biror joyga ko’chirilgudek bo’lsa, ular o’zlariga biriktirilgan ustyozuvlar bilan birga ko’chadi. Shakldagi turga shakl bezagini ishlab chiqishda yordamchilik vazifasi yuklatilgan. Tur ВидСетка buyrugi orqali olib tashlanadi va o’rnatiladi. Turga tegishli buyruqlardan yana biri Форматпривезать к сетке buyrugi bo’lib, uning vazifasi boshqaruv elementlarini turning tugunlariga avtomatik tarzda boglab qo’yishdan iboratdir.

    O’tish ketma-ketligini boshqarish


    E’tibor bergan bo’lsangiz Microsoft Windows operatsion tizimining ko’p maydonchali muloqot oynalarida bir elementdan boshqasiga o’tish odatda “chapdan o’ngga, yuqoridan pastga” (soat strelkasi bo’ylab yoki aksincha) kabi tartibda amalga oshiriladi. Bunday o’tish ketma-ketligini Tab yoki Shift Tab, Ctrl Tab yoki Ctrl Shift Tab va boshqa kursorni boshqarish klavishlari orqali tekshirib ko’rish mumkin. Ayniqsa murakkab tuzilishga ega bo’lsa, bir maydondan boshqa maydonga o’tish tartibini boshqarishga ehtiyoj tug’uladi? Chunki, murakkab shakllarni shakllantirish va bezash davomida boshqaruv elementlarinig joylashishi bir necha bor o’zgartirilishi tabiiy hol. Bu esa o’z navbatida ma’lumotlar kiritish tartibini ham (MB ning o’ziga xosliklari tufayli) mos ravishda o’zgartirib yuboradi. Oqibatda, garchi shakl juda ham yaxshi bezatilgan bo’lsada, tezkor vaziyatlarda undan foydalanish samaradorligi etarli darajada bo’lmay qolishi mumkin. Bunday holatni bartaraf etsa bo’ladi: shakllarda maydondan maydonga o’tish tartibini o’rnatish, o’zgartirish “posledovatelnost perexoda” nomli muloqat oynasi orqali amalga oshiriladi. Bu muloqot oynasi shakl Konstruktor rejimida ochilgandagina kontekistlik menyuning yoki Vid menyusining mos bandi orqali faollashadi. Rasmdan ko’rinib turganidek bu muloqat oynasida shakldagi boshqaruv elementlarining nomlari “последователность“ deb ataluvchi maydonda keltirilgan. Ularning yuqoridan pastga qarab joylashish tartibi shakldagi maydondan maydonga o’tishning choqdagi joriy tartibiga mos keladi. Uni o’zgartirish uchun odatdagi usullar qo’llaniladi.

    Shakl maketi ustidagi amallar etarli darajada yakun topgach uni yopish mumkin.

    “База данных” oynasining “формы” panelida paydo bo’lgan shaklni ochib, shakl maketi ustida bajarilgan amallarning natijalarini ko’rish, shaklga asos bolgan jadval ma’lumorlarni o’zgartirish, qolaversa, yangi ma’lumot kiritish mumkin. Qayta ishlangan shaklni avvalgi nomi bilan yoki, kerak bo’lsa, bo’shqa nom berib saqlash mumkin. Ta’kidlash joizki, biror nom ostidagi shakl alohida faylda emas, balki MB faylni ichida saqlanadi.
    Sahifalar bilan tanishuv.

    Mazkur ob’ekt ham “shakl” singari MB dagi ma’lumotlarga kirishni ta’minlaydi. “Shakl” ma’lumotga bevosita kirish imkonini bersa, ”sahifa -страница” MB ga uzoqdan turib, Internet va internet orqali kirishga mo’ljalangan.



    rasm 6


    “Ma’lumotlarga kirish sahifalari” ob’ekti MB dan olisdagi iste’molchiga ma’lumot uzatish masalasini hal etish maqsadida yaratilgan. Odatda MB anchagina katta hajmda bo’lgani boisdan ularni to’laligicha va to’gridan to’gri aloqa kanallari orqali etkazish amalda qo’llanilmaydi. Bu xavfsizlik maqsadlariga muvofiq emas, qolaversa, katta hajmli ma’lumotning katta masofalarga uzatilishi o’ziga yarasha vaqt sarflanishi taqazo etadi. Ayni choqda, ko’plab zamonaviy Web-brauzerlarning serverlarda joylashgan MB bilan ishlash imkoniyatlari hozircha etarli darajada emas. Shu boisdan, ”saxifalar” ob’ekti bu masalalarda vositachilik rolini egallaydi. «Saxifalar» ob’ektlarining afzalliklariga e’tibor bering: ular egallaydigan xajm katta bo’lmaydi, ular MB da erkin xarakatlanish uchun qulay boshqaruv elementlarini o’z ichiga oladi, ular NTML formatida yozib olinishi mumkin, odatdagi aloka kanallari orkali uzatilishi va standart brauzerda kayta ochilishi mumkin. Formatiga ko’ra “sahifalar” ob’ekti Web-hujjat hisoblangani sababidan, ularni boshqa ixtiyoriy Web-hujjat ichiga, aytaylik, Web-sahifaga joylashtirish mumkin.

    MBning boshqa ob’ektlaridan farqli ravishda “Sahifalar” ob’ekti alohida, MBBT dan mustaqil bo’lgan, faylda saqlanadi.

    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
    Bu fayl NTML formatida bo’ladi.



    Ma’lumotlarga kirish sahifalarini yaratish


    Yuqorida “sahifalar” ob’ekti “shakllar” ob’ektiga qaysidir jihatlari bilan o’xshashligini aytib o’tgandik. “Shakllar”dagi kabi “sahifalar”da ham bezak o’ziga xos bo’lishi kerak. “Sahifalar”ni “Maстер страниц” vositasida yaratish qulayroq. “Maстер страниц” ham boshqa barcha ustalar qatori avtomatlashtirish vositasi bo’lib, u “Cоздание страницы доступа к данным с помощью мастера” nomli belgicha(element)ni tanlash bilan ishga tushiriladi. “Maстер страниц” – “Saxifalar ustasi” ishga tushgach, dastavval saxifa kirishni ta’minlab berishi kerak bo’lgan jadvallar yoki so’rovlar, ularning tarkibida – maydonlar tanlanadi. Keyingi kadam ma’lumotlar turkumlanishini boshkarish uchun muljallangan. Bu imkoniyat ma’lumotlarning katta xajmini o’z ichiga olgan bazalarga kirish uchun ko’zda tutilgan. Chunki, MB jadvalining biror bir maydonida ayrim ma’lumotlar takrorlanib kelaversa, ularga mos qaydlarni bir guruxga birlashtirish maqsadga muvofiqdir. Misol uchun, “ToshPMI talabalari” nomli jadval mavjud bo’lsa, unga kirishni ta’minlovchi “Saxifa” uchun jadvaldagi, aytaylik, bakalavriatda, magistraturada ta’lim olayotgan talabalarga taalluqli qaydlar aloxida guruxga jamlanishi mumkin. Bu turkumlash natijasida bir qancha ichma-ich joylashish pogonalariga ega bo’lgan ierarxik tuzilma tarkib topadi. Yukoridagi misolimizda “Bakalavriat talabalari” gurux ichida “1-pediatriya fakulteti talabalari”, “2-tibbiy pedagogika fakulteti talabalari”, “3-OMX fakulteti talabalari” kabi guruxlar, ularning ichida esa mos ravishda “1-bosqich talabalari”, “2-bosqich talabalari” va xokazo nomli guruxlar, aytaylik, “1-bosqich talabalari” gurux ichida uz navbatida “A potok talabalari”, “B potok talabalari” kabi qism guruxlar xosil qilinishi mumkin. Xuddi shuningdek, yana bir misol, bibkollektorning MBBT da yaratilgan MBsida tarkibidagi qaydlar maktab adabiyotlariga taalluqli bo’lgan “Maktab uchun yangi adabiyotlar” nomli jadval berilgan bo’lsa, olisdan turib foydalanuvchilar uchun “Saxifa”da yuqoridagi misolida keltirilgani kabi “adabiyotlar” ni turkumlash amalga oshiriladi.

    “Usta”ning ikkinchi saxifasi turkumlashni amalga oshiruvchi maydonlarni tanlashga mo’ljallangan boshqaruv elementlarini taqdim etadi va turkumlash satxining qanchalik ichkariga qarab ketishini boshqaradi. Ierarxik tuzilmaga ega “saxifa” o’zidagi turkumlanishning xar bir satxi uchun aloxida bo’lim xosil qiladi. Bu esa mos ravishda, xar bir bo’limning o’z boshqaruv elementlari bo’lganidek, turkumlash satxlari xam o’zlarigagina taalluqli boshqaruv elementlariga ega bo’lishlari mumkinligini anglatadi.

    Navbatdagi boskichda aks ettirilayotgan ma’lumotlarni tartiblash uslubi tanlanadi. Bunda turttagacha maydonni qamrab olgan saralash tartibini berish mumkin. Ma’lumki, saralashlar o’sish yoki kamayish tartibida bo’ladi.

    Яkunlovchi boskichda “saxifa” berilajak nom bilan saqlanadi. Shu erning o’zida “Izmenit maket stranitsi” doirachasini faollashtirish bilan Konstruktor rejimiga o’tish mumkin. Maketni o’zgartirayotganda “saxifa”ga Microsoft Office maketi tarkibiga kiruvchi “bezash mavzulari” (temi oformleniya)dan birini tadbiq etish mumkin. “Bezash mavzulari” Sizga Microsoft Windows operatsion tizimida ishlash malakangizga ko’ra yaxshi tanish bo’lishi kerak.



    Ma’lumotlarga kirish saxifalarini taxrirlash


    “Shakl”ni taxrirlash kabi “caxifa”ni taxrirlash uchun ham Конструктор rejimida odatdagi, yuqorida shakl uchun tavsiflangan, usullar qo’llaniladi. Ularga qo’shimcha ravishda saxifalarni taxrirlashda turkumlash imkoniyatiga bogliq xolda bo’limlar sonining ko’pligi hamda “Elementlar paneli”da boshqaruv elementlarining tarkibi kengayganligigiga e’tibor qaratamiz. Shuningdek, kuzatishimizcha, “shakllar”da ham, “saxifalar”da ham boshqaruv elementlari o’zlariga birikkan ustayozuvlar bilan birga boshqa joyga o’tkaziladi. “Shakl”da elementga birikkan ustayozuv boshqaruv elementisiz alohida joy almashmaydi, ya’ni ustayozuvni ko’chirmokchi bo’lsangiz uning elementi ham birga harakatlanadi. “Saxifa”da esa boshqaruv elementining ustayozuvi o’z elementidan ajralgan xolda boshqa joyga “tashib o’tilishi” mumkin.

    Xisobotlar bilan tanishuv


    “Xisobotlar-Отчеты” ob’ekti o’z nomi bilan “jadvallar”, “so’rovlar”, “shakllar” va “saxifalar”da bajarilgan ishlar natijasining qogozdagi ma’lum bir qolipga solingan aksi- xisobotidir. Demak, odatda, “xisobot” MB dan olingan ma’lumotlarni formatlangan xolda chop etish uchun mo’ljallangan. Bunda “xisobot”ni chop etish jarayoni Microsoft Officening boshqa turdagi xujjatlarini chop etish kabi boshqariladi.

    “Shakl”lar xakida aytganlarimizning aksariyati “xisobot”lar uchun ham o’rinlidir. “Avtoxisobot”larda avtomatik loyixalash amalga oshiriladi. “Avtoxisobot”larga База данных Создать Новый отчет buyruqlari ketma-ketligi orqali kiriladi va bunda “avtoxisobot” turlaridan biri tanlanadi.



    Xisobotlar ustasi


    Xisobotlarni avtomatlashtirilgan xolda xosil qilish vositasi – bu “Maстер отчетов”dir. “Xisobotlar ustasi”ni sichkoncha ko’rsatkichi “База данных” oynasidagi “Создание отчета с помощью мастера” yozuvi ustida turgan xolda sichkonchaning chap tugmasini ikki marotaba deyarli uzluksiz bosish orqali ishga tushirish mumkin. “Xisobotlar ustasi” ham boshqa turdagi “ustalar” kabi bir qancha bosqichda ishlaydi. “Xisobotlar ustasi” ishga tushgach, uning yordamida MB ning xisobot asoslanishi kerak bo’lgan jadvali yoki so’rovi, xisobotda o’z aksini topuvchi maydonlar, turkumlanishi lozim bo’lgan maydonlar, saralanuvchi maydonlar va saralash uslublari tanlanadi, chop etiluvchi maketning ko’rinishi va bezash usuli tanlanadi.

    Tayyor xolga keltirilgan xisobotning tuzilmasi shakl tuzilmasidan fakat bo’limlarning soni ko’pligi bilan farq qiladi. Sarlavxa, izox va ma’lumotlar bo’limlaridan tashqari, xisobot tarkibida yuqori kolontitul va quyi kolontitul bo’limlari ham bo’lishi mumkin. Bu bo’limlar xisobot saxifasi bittadan ortiq bo’lgan xollarda, saxifa raqami kabi yordamchi axborotlarni chop etish uchun zarurdir. Agar xisobotning ba’zi maydonlari uchun turkumlash qo’llanilgudek bo’lsa, gurux(turkum)lar sarlavxalarini bezash (rasmiylashtirish) aloxida bo’limlarda bajarilishi boisidan, xisobotning bo’limlari soni anchaga ortadi.


    Hisobotlarni taxrirlash va bezash


    Hisobot tizilmasini taxrirlash (ya’ni o’zgartirishlar kiritish) Конструктор rejimida amalga oshiriladi. Bu rejim, odatlanganimizdek, “База данных” oynasidagi ”Koнструктор” deb nomlangan tugmani bosish bilan ishga tushadi. Yuqorida aytganimizdek, “hisobotlar”lar uchun ham o’rinlidir, jumladan, ”xisobot”larni taxrirlash usullari ham xuddi “shakl”lardagi kabidir.”Hisobotlar” chop etiluvchi ekanligidan, ularda boshqaruv elementlari bezash elementlari vazifasini bajaradi. Boshqaruv elemenlarini joylashtirish elementlari paneli yordamida bajariladi. Bu panel Vid-Panel elementov buyrugi orqali faollashadi. “Hisobotlar”ning muxim o’ziga xos jixati, bu ularda yuqori va quyi kolontitullar soxasiga joriy saxifa uchun tartib raqami qo’yish, saxifalar sonini aks ettirib turish imkoniyatining mavjudligidligidir.

    Makroslar va modullar bilan tanishuv

    Microsoft Accessning biz ko’rib chiqqan ob’ektlari ma’lumotlarni aks ettirishning xamda ularni boshkarishning turlicha usullarini nomoyon etadilar. Mazkur ob’ektlardan birgalikda foydalanish Microsoft Accessda ishlash samarasini yanada oshiradi. Microsoft Accessning biz yuqorida sanab o’tgan ettita ob’ekti ichida ikkitasi ya’ni makroslar va modullar, o’z navbatida MBning qolgan ob’ektlarini qudratli axborot-qidiruv tizimiga birlashishni taminlaydilar.

    Makroslar turli ob’ektlarning asosiy masalalarini avtomatlashtirish yo’li bilan ularning ishlarini muvofiqlashtirish uchun mo’ljallangan. Makros bu foydalanuvchi ishtirokisiz MBBT tomonidan bajariladigan amallarning ro’yxatini o’zida ifoda etuvchi vositadir. Makros tayinlash orqali, misol uchun, MB ishga tushishi bilan kerakli shakllarni avtomatik tarzda ochiladigan qilib qo’yish mumkin. Shuningdek, makrosni biror tugmachaga boglab qo’yish orqali kerakli shakl ekranga chiqarilishi yoki xisobot chop etishga yuborilishi mumkin.

    Shakllardagi qiyin shartlarni tekshirish makroslarsiz amalga oshirilmaydi. Makroslar yordami bilan, xatto, Shakllarda nostandart menyular xosil qilish mumkin.

    Makroslarning qo’llanilish doirasi juda xam keng. Ularni MB ning deyarli xamma joyida qo’llash mumkin-Shaklda, xisobotda, boshqaruv elementida, klavishlar birikmasida yoki menyu bandi (buyrugi) da. Demak, makros bu Microsoft Access foydalanuvchi uchun bajaradigan amallar ro’yxati bo’lib, makros ishga tushirilganda MBBT unda keltirilgan barcha amallarni bajaradi.

    Umuman olganda, Microsoft Officeni tashkil qiluvchi barcha dasturlarda amallarning avtomatik tarzda bajarilishini ta’minlovchi buyruqqa makrobuyruq (makrokomanda) deyiladi. Aloxida olingan makrobuyruq, makrobuyruqlar to’plami va xatto o’zaro boglangan makroslar guruxi ham makros deb yuritiladi.

    Makroslar yana nima uchun kerak? Bir necha bor ketma-ket yoki muttasil bajarishga to’gri keladigan ixtiyoriy masala makros ko’rinishida ifodalanish uchun yaxshi nomzod xisoblanadi. Bunday masalalarni avtomatlashtirish MB samaradorligini va aniqligini oshiradi, chunki makros xar safar masalani bir yo’sinda bajaradi. Makroslar yordamida:


    • shakllar va xisobotlarni mazmunan birlashtirish mumkin;

    • qaydlarning avtomatik qidiruvi va tanlovi amalga oshirish mumkin;

    • boshqaruv elementlari qiymatlarini aniqlash mumkin;

    • ma’lumotlar tugriligini tekshirish mumkin;

    • shakllar, xisobotlar va boshqaruv elementlarining xossalarini aniqlash mumkin;

    • ma’lumotlarning boshqa ko’rinishga o’tkazilishini avtomatlashtirish mumkin;

    • nostandart ishchi muxitini yaratish mumkin;

    bulardan tashkari MB loyixasini ishlovchilar makroslarning kezi kelganda VBAda yaratilgan dasturlardan xam ustunroq darajada ishlaydigan xollari mavjudligini e’tirof etadilar.

    Modullar xaqida


    Microsoft Office dasturlari ichiga jo qilingan VBA dasturlash tili foydalanuvchiga MBni boshqarish yuzasidan keng imkoniyatlarni va to’liq nazoratni taqdim etadi. Loyixalovchi tamonidan tuzilgan VBA protseduralari makroslarga qaraganda etarlicha murakkab aniqlovchi xolatga ega amallarni bajarishga xizmat kiladi. VBA tilida yozilgan protseduralar Microsoft Accessning dasturiy modullar(kiskacha modullar) deb ataluvchi maxsus ob’ektlariga joylashtiriladi.

    Masalan, bir qancha so’rovlar, shakllar va xisobotlarda aynan bir xil ko’rinishdagi murakkab jarayonga duch kelindi. Bu xolda har bir ob’ekt uchun har safar qiyin iborani terib o’tirish o’rniga, VBA tilida xisoblashlarni bajaruvchi funktsiyani yozib qo’yish va bu funktsiyani talab qilingan joydan turib chaqira oladigan qilib qo’yish afzaldir. Ayni shu kabi imkoniyatlarni modullar taqdim etadi.

    Microsoft Accessda tuzilgan MB asosan ikki turdagi modullarni o’z ichiga olishi mumkin: sinf modullari (moduli klassa) va standart modullar. Яngi ob’ekt tavsifini o’zida jo etgan modulga sinf moduli deyiladi. Standart modullar umumiylik xususiyatiga ega bo’lib, ular MBning alohida ob’ektlari hisoblanadi va MBning ixtiyoriy joyidan kirish ta’minlanishi zarur bo’lgan dasturlarni saqlash uchun qo’llaniladi.
    Microsoft Accessning

    o’zbekchalashtirilgan iboralari

    o’zbek tilida Rus tilida

    Belgicha значок

    Boshqaruv elementi элемент управления

    Doiracha* переключатель

    Qayd запись

    Xisobot отчет

    Imzo подпись

    Kvadratcha* флажок

    So’rov запрос

    Tugun узел

    Tuzilma структура

    Turkumlash группировка

    To’r сетка

    Ustyozuv надпись

    Shakl форма








    Download 280 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




    Download 280 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: ms accessda shakllar bilan ishlash reja I. Kirish II. Asosiy qism

    Download 280 Kb.