1. Rag‘batlantirish va jazo strategiyasi, ya’ni, kishilar
mukofot olish uchun ishlaydilar:
kim ko‘p va yaxshi ishlasa, unga yaxshi to‘lanadi;
kim undan ko‘p ishlasa shunchalik ko‘p to‘lanadi;
kim sifatsiz ishlasa, u jazolanadi.
2. Ish orqali motivlashtirish: xodimga uni
qoniqtiradigan ishni bersangiz bas, ijro etish sifati yuqori
bo‘ladi.
3. Menejerlar bilan doimiy aloqada bo‘lish
strategiyasi: bo‘yisinuvchilar bilan birga maqsadni
aniqlab olish, unga ijobiy aks aloqaga imkon berish,
hatoki u to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri yoxud yanglishgan hollarda
ham. Bu motivlashtirish modeli rahbar bilan xodim
o‘rtasidagi munosabatni tahlil qilish va unga ustuvorlik
berishga asoslanadi.
Motivlashtirishning qo‘yidagi usullari qo‘llaniladi:
pulni rag‘batlantirish va mukofotlash sifatida
ishlatish;
jazolash;
raqobatni kuchaytirish;
ish orqali motivlashtirish;
yutuqni tan olish va taqdirlash;
xodimlarni o‘qitish va yuksaltirish;
salbiy ta’sirni cheklash va me’yorlash;
guruh mehnatini mukofatlash va rag‘batlantirish;
xodimlarni boshqarish ishlariga jalb etish va h.k.
Demotivlashtirish-bu
motivlashtirishga teskari harakat
qilish, imkoni borcha bilinar-bilmas
holda xodimlarning tashabbusining
bug‘ish, ular bilan hisoblashmaslik,
ularni doimo qo‘rquv va ikkilanish
holatida o‘zini tutishga majbur etish
kabi nomaqbul hatti-xarakatlar
majmuasidir.
Axborot-
bu ma’lumot va xabarlar to`plami
bo`lib, mazmunan, yangilik unsurlariga
ega bo`ladi va boshqaruv vazifalarini hal
etish uchun o`ta zarurdir. Ishonchli va
zarur axborotlarsiz boshqarishni amalga
oishirib bo`lmaydi. Axborotlar boshqaruv
negizi hisoblanadi
Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar
o`rtasidagi o`zaro aloqalar axborot
vositasida quyidagicha amalga oshiriladi.
|