• 2. Gazlamalarning sifatini aniqlash
  • -Mavzu: Gazlamalarni standartlash




    Download 3,93 Mb.
    bet34/54
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,93 Mb.
    #135716
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54
    Bog'liq
    MARUZA MATERIALSHINOS

    10-Mavzu: Gazlamalarni standartlash.
    Reja:
    1. Ishlab chiqariladigan gazlamalarning sifatini oshirishda standartning roli.
    2. Gazlamalarning sifatini aniqlash
    1. Ishlab chiqariladigan gazlamalarning sifatini oshirishda standartning roli
    Standart so’zi inglizcha bo’lib, etalon, namunasini bildiradi. Standart –ma’lum buyum haqidagi asosiy ma’lumotlar berilgan hujjat. Gazlamalarni ishlab chiqarish, ularning barcha xossalarini tekshirish, ularni sortlarga ajratish, markalash taxlash va upakovka qilish ishlari amaldagi standartlar normalariga muvofiq bajariladi. Standartlar bir gazlamaga va gazlamalar gruppasiga mo’ljallangan bo’ladi. Bir gazlamaga mo’ljallangan standart - gazlamaning tarkibi, tuzilishi va xossalarni belgilaydigan texnik normalar majmui. 
    Ayrim gazlamalarga mo’ljallangan standartlarda gazlamaning eni, massasi, zichligi, pishiqligi, tanda va arqoq iplarning teksini bildiradigan aniq raqamli normalar, shuningdek, gazlamalar tola tarkibi, tashqi ko’rinishi va o’rilishlarining tavsifi beriladi. Standarlarda ba’zi gazlamalar uchun uzilishdagi uzayishi, ho’llash yoki yuvishdagi kirishishi, jun gazlamalar tarkibidagi yog’ miqdori keltiriladi, kalava ip hamda ip-larning strukturasi ta’riflanadi va hokazo. 
    Gruppaviy standarlarda gazlamalar gruppasiga yoki barcha gazlamalarga tegishli 
    norma va qoidalar berildi. Masalan, gazlamalarning sortlari, klassifikatsiyasi, o’lchamlari va massasini, pishiqligi, rangini aynimasligini aniqlash metodlariga tegishli va hokazo standartlar shular jumlasidandir.
    2. Gazlamalarning sifatini aniqlash Gazlamaning cho`zilishga pishiqligi uning sifatini belgilaydigan eng muxim ko`rsatkichlardan biridir.Gazlamaning cho`zilishga pishiqligi deganda uning yukga chidamliligi tushuniladi.

    Ma`lum o`lchamdagi gazlama namunasini uzish uchun etarli minimal yuk uzuvchi kuch deb ataladi. Uzuvchi kuchni aniqlash uchun namuna uzish mashinasida uzib ko`riladi (31-rasm). Gazlama namunasi 2 qisqichlar orasiga maxkamlab qo`yiladi. Elektr dvigatel pastki qisqichni yuqoriga va pastga harakatlantiradi, ustki qisqich yukli richag bilan boglangan. Pastki qisqich pastga tushganda namuna cho`zilib, ustki qisqichni pastga suradi. Natijada yukli mayatnikli kuch o`lchagich og`adi.

    Cho`zuvchi kuch ta`sirida namuna uzayadi va qisqichlar orasidagi masofa kattalashadi. Strelka uzayish qiymatini uzayish shkalasida ko`rsatadi.Sinash uchun gazlamadan tanda mashinasi bo`yicha uchta namuna va arqoq bo`yicha 5 namuna qirqib olinadi.

    Namuna bo`lagining eni 50 mm bo`ladi. Dinamometr qisqichlari orasidagi masofa jun gazlamalar uchun 100 mm, boshqa gazlamalar uchun 200 mm olinadi. Namuna bo`lagining uzunligi qisqichlar orasidagi masofadan 100-150 mm katta olinadi.

    Uzuvchi kuch tanda uchun aloxida, arkoq uchun aloxida hisoblanadi. Gazlamalarning uzilishga pishiqligi ularning tola tarkibiga, kalava ip yoki ipning nomeriga, zichligiga, urilish xiliga, pardozlash harakteriga bog`liq. Sintetik tolalardan to`qilgan gazlamalarning uzilishga pishiqligi eng yuqori bo`ladi. Iplar qancha yo`g`on va gazlama qancha zich bo`lsa, u shuncha pishik bo`ladi. Kalta epmali urilishlarni qo`llash ham gazlamalarning pishiqligini oshiradi. Shuning uchun boshqa barcha sharoitlar bir xil bo`lgani xolda polotno urilishda to`qilgan gazlamalar eng pishik bo`ladi. Bosish, appretlash, buglash kabi pardozlash operatsiyalari gazlamaning pishiqligini oshiradi. Oqartirish, bo`yash operatsiyalari gazlamaning pishiqligini birmuncha pasaytiradi.

    Uzish mashinasida gazlamaning pishiqligini aniqlash bilan bir vaqtda uning uzayishi ham aniqlanadi. Uzulish paytida namunaning uzunligi oshishi – uzilishdagi uzayishi millimetrda aniqlanishi ( absolyut uzayish) yoki namunaning dastlabki uzunligiga nisbatan protsentda ifodalanishi ( nisbiy uzayish) mumkin:

    l2 – l1  = ------------- * 100l1

    bunda: l1 – namunaning dastlabki uzunligi, l2- namunaning uzilishi paytidagi uzunligi.



    Bukilganda va bosilganda gazlamada gijimlar va burmalar hosil bo`lishi g`ijimlanuvchanlik deyiladi. Hosil bo`lgan gijimlar va burmalar faqat ho`llab dazmollash yo`li bilan hosil bo`ladigan plastik deformatsiyalar g`ijimlanishga sabab bo`ladi. Qayishqoq va elastik uzayish ulushi ancha katta bo`lgan tolalar bukish va qisish deformatsiya sidan keyin bir ozdan sekinroq yoki tezroq tekislanadi va dastlabki holatini egallaydi, shuning uchun g`iji mlar yo`qoladi.


    Download 3,93 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54




    Download 3,93 Mb.