Метрологик таъминот
Қонунлаштирувчи метрология ,Ўлчашлар бирлигини таъминлаш, Вазифавий метрология
Меъёрий-техникавий ҳужжатларни ишлаб чиқиш, Ўлчанаётган параметрларни оптимал-
лаштириш, Синов қурилмаларини аттестациялаш, Ўлчаш воситаларини қиёслаш ва
турини тасдиқлаш, Техникавий ҳужжатларни метрологик экспертизаси, Маҳсулотнинг тажриба намунасини метрологик экспертизаси.
qoidalarning, me’yorlarning, ilmiy va tashkiliy asoslarning belgilanishi va tadbiq
etilishi.
Ushbu tavsifdan kelib chiqib aytish mumkinki, metrologik ta’minotning
vazifasiga quyidagilar yuklatilgan:
• o‘lchash vositalarining ishga yaroqliligini tashkil etish, ta’minlash va
tadbiq etish;
• o‘lchashlarni amalga oshirish, uning natijalarini qayta ishlash va tavsiya
etish borasidagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tadbiq etish;
• hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish;
• o‘lchash vositalarining davlat sinovlari;
• o‘lchash vositalarining va uslublarining metrologik attestatsiyasi va x.k.
Metrologik ta’minot ilmiy, tashkiliy, texnikaviy va me’yoriy-uslubiy
asoslarga bo‘linadi (5.2-rasm).
Ishlab chiqarish tarmoqlarida metrologik ta’minot
Ishlab chiqarish tarmoqlarini asosan sanoat korxonalari tashkil etadi va bu
korxonalar bevosita mahsulotlarni ishlab chiqish (loyihalash), ishlab chiqarish,
montaj qilish va ekspluatsiya qilish faoliyatlari bilan o‘z faoliyatini olib borishadi.
Demak, umumlashgan holda korxonaning metrologik ta’minotiga to‘xtalib o‘tamiz.
Korxonada metrologik ta’minotning asosiy vazifalari quyidagicha:
1) mahsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sinashda o‘lchashlar
birliligini ta’minlash;
2) texnologik qurilmalarning xarakteristikalarini nazorati, texnologik
jarayonlarining parametrlari, mahsulot sifati ko‘rsatkichlarini nazarot qilishda
o‘lchashlar aniqligini optimal normalar va o‘lchanayotgan parametrlarning ratsional
nomenklaturasini o‘rnatish va tahlil qilish;
3) o‘lchash vositalariga metrologik xizmat ko‘rsatish: hisobini yuritish,
saqlash, qiyoslash, kalibrlash, ta’mirlashni tashkil qilish va ta’minlash;
4) zaruriy aniqlikni kafolatlovchi o‘lchashlarni bajarish uslubiyotini ishlab
chiqish va ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish;
5) metrologik qoida va me’yorlarga rioya qilinishi ustidan hamda mavjud
ekspluatatsiya sharoitlarda o‘lchash, nazorat va sinov qurilmalari uchun nazoratni
amalga oshirish;
6) konstruktor va texnologik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish;
7) Sinov qurilmalariga o‘rnatilgan talablarga muvofiq hisobini yuritish,
attestatsiyachlash, ta’mirlash kabi metrologik xizmatlar ko‘rsatishni tashkillashtirish
va ta’minlash;
8) o‘lchash vositalari hisobini yuritish, attestatsiyalash va ta’mirlash
metrologik xizmatini tashkillashtirish va ta’minlash;
9) o‘lchash tizimlarining o‘lchash kanallari hisobini yuritish, attestatsiya,
qiyoslash, kalibrlash metologik xizmatlarini tashkillashtirish va ta’minlash;
10) o‘ta aniqlikdagi o‘lchashlarni tashkillashtirish va bajarish;
11) materiallar, xom-ashyo va yonilg‘i-energiya resurslari sarfini to‘g‘ri va
aniq hisobini ta’minlash;
12) zamonaviy o‘lchash usullari va vositalarini, avtomatlashtirilgan nazorat-
o‘lchov qurilmalari, o‘lchash tizimlarini joriy qilish;
13) etishmaydigan o‘lchashlarni texnikaviy va iqtisodiy jihatdan baholash;
14) metrologik ta’minot masalalarini tartiblashtiruvchi me’yoriy hujjatlarni
ishlab chiqish va joriy qilish;
15) iqtisodiy samaradorlikni baholash.
Ushbu vazifalardan kelib chiqib, ishlab chiqarishni metrologik ta’minotini
yaxshilash bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilishi lozim.
Korxonaning metrologik xizmati nafaqat talab etilgan o‘lchashlar aniqligi va
birligi ta’minlash bo‘yicha ishlarni, balki, bular ishlab chiqarilayotgan mahsulot
sifatini uning hayotiy siklining barcha bosqichlaridagi ishlarni ham bajaradi. Buning
uchun bundan tashqari “Metrologik xizmat to‘g‘risida Nizom” bo‘lishi va unda
quyidagilar bo‘lishi lozim:
- korxona metrologik xizmati sifat tizimi, sifat tizimining har bir elementi
bo‘yicha faoliyatlarning maqsadlarini o‘rnatilgan, bu elementlarni boshqarish
bo‘yicha asosiy faoliyatlar, javobgar shaxslar aks ettirilgan bayon etilgan
“Metrologik xizmatning Sifat bo‘yicha qo‘llanmasi”;
- metrologik ta’minot bo‘yicha barcha turdagi (O‘V qiyoslash va kalibrlash,
qo‘llaniladigan O‘V ro‘yxati, texnikaviy hujjatlarni metrologik ekspertizasi, sinov
qrilmalarini attestatsiyalash va h.k.) faoliyatlarni bayon etuvchi korxona stadartlari
ya’ni bir tomondan “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonunga, ishlab chiqarishni
metrologik ta’minoti bo‘yicha me’yoriy hujjatlarga, O‘z DSt ISO 9001:2009 “Sifat
menejmenti tizimlari. Talablar” standartiga, ikkinchi tomondan esa korxonaning
o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda bo‘lishi lozim.
11) Olinayotgan natijalarning ishonchsizligi darajasini, aniq emasligi
baholash.
Texnologik jarayonlardagi o‘lchashlar samaradorligi ta’minlashda ko‘plab
metrologik masalalar taxminan to‘g‘rilovchi metrologik usul va vositalarni qo‘llash
imkoniyati chegaralanganligi hisobiga hal qilinadi.
SHu sababli, o‘lchashlar xatoligini baholashning aniq emasligi mavjud
yo‘qotishlarga olib kelgan holatlarda olingan natijalarning ishonchsizlik darajasini,
aniq emasligini baholash zarur. Faqat bunday axborotlarni hisob olib qarorlarni
qabul qilish o‘lchashlarning samaradorligiga olib kelib, yanada haqqaoniyroqligi
ta’minlaydi.
Masalan, o‘lchash sxemasidagi datchik etarli darajada metrologik tavsiflarga
(xarakteristika) ega bo‘lishi mumkin, biroq, uning qurilmasi, tashqi sharoitlar,
signallarni qayd qilish va qayta ishlash usullari yakuniy hisobda o‘lchashlar
xatoligini katta bo‘lishiga ta’sir etadi.
12) Talab qilinayotgan o‘lchash aniqligini ta’minlovchi unifikatsiyalangan,
avtomatlashtirilgan o‘lchash vositalarini qo‘llash.
Qo‘llanilayotgan o‘lchash texnikasining darajasi yaratilayotgan mahsulot
darajasini aks ettiradi, shuning uchun ishlab chiqarish va sinash komplekslarni,
korxonaning metrologik xizmati va boshqa bo‘linmalaridagi O‘V, avtomatlashtirish
tizimini qurilmalar bilan ta’minlash ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini
Бошлаш Квартал бўйича маълумотларни йиғиш Таҳлил ўтказиш ва коэффициентларни ҳисоблаш Тамом Ишлаб чиқариш метрологик таъминоти жараёнлари натижавийлиги
кўрсаткичлари Сифат бўлими Натижавийлик коэффициентини пасайиши Метролог
Тўғриловчи ва олдини олувчи амаллар Чора-тадбирлар oshirish va raqobatbardoshligini ta’minlashning asosiy shartlaridan biri bo‘lib
hisoblanadi.
13) Metrologlarni tizimli ravishda malakasini oshirish:
- yangi olib kelingan o‘lchash vositalari bilan ishlash, qiyoslash va kalibrlar
usullarini o‘zlashtirishi;
- “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunni, kasbiga aloqador qonunchilik
hujjatlarini, metrologiya bo‘yicha yangi me’yoriy hujjatlarni o‘rganish;
- SMSITI va boshqa etakchi metrologik institutlar o‘tkazayotgan turli xl
seminarlarga, qayta tayyorlash kurslariga ishtirok etishi;
- metrologiya bo‘yicha olimpiada, tanlovlarga ishtirok etishi;
- metrologiya bo‘yicha davriy nashrlarni o‘rganishi lozim.
14) YAngi axborotlarni paydo bo‘lishi bilan avtomatik yangilanadigan va
axborotlarni qidirish ta’minlangan tizimlaridan, elektron ma’lumotlar bazalaridan
faol foydalanish:
- Davlat reestriga kiritilgan o‘lchash vositlarining texnik tavsiflari va
foydalanish to‘g‘risida;
- davlat metrologik xizmatlari va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari
o‘tkazadigan qiyoslash va ta’mirlash ishlari to‘g‘risida;
- metrologiya sohasidagi me’yoriy va ma’lumot hujjatlari to‘g‘risida;
- yuqori aniqlikdagi qurilmalar va etalonlar to‘g‘risida;
- ishlab chiqarilayotgan asboblarning elektron katologi to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni bilan ta’minlagan axborot tizimlari bo‘lishi lozim.
15) Boshqa bo‘linmalardagi (konsrtruktorlik, texnologik, ishlab chiqarish,
sinov bo‘limlari) mutaxassislarning metrologiya sohasidagi bilimlarini oshirish
bo‘yicha chora-tadbirlar.
Konstruktorlik va texnologik hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazishda
bitta va aynan shu xatolik (me’yoriy hujjatlar va atamalarni nomlanishi, kattalik
birliklarini noaniq tarjima qilish, kattalikning miqdoriy qiymatini va uning xatoligini
noto‘g‘ri yozish, o‘lchash topshiriqlarini bajarish uchun o‘lchash vositasini yoki
usulini noto‘g‘ri tanlash, etarli bo‘lmagan axborotlar va boshqalar) qaytariladi.
Buning uchun kelgusida xatolar yana qaytarilmasiligi uchun yo‘l qo‘ilgan
xatoliklarni tahlili va tizimlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘tkazish hamda
boshqa bo‘limalarning mutaxassislarini metrologiya bo‘yicha bilimi oshirish lozim.
Buning uchun turli xil ish usullaridan foydalanish mumkin, bular quyidagilar:
- korxonaning Sifat bo‘yicha doimiy faoliyatdagi komissiyasining
yig‘ilishlarida ushbu masalalarni muhokama qilish;
- texnikaviy hujjatlarda doim uchraydigan xatolar va noaniqliklarni tarkibi
ro‘yxati va tahlili bo‘yicha “Xizmat xatilar”ni chiqarish;
- foydali ma’lumotlardan tarkib topgan “Eslatma”larni rasmiylashtirish,
masalan, “O‘lchash natijalari xatoligini baholash miqdoriy yaxlitlash va hisoblash
qoidalari”, “Sonlarni yozish qoidalari” bo‘yicha rasmiy hujjtlar;
- korxona mutaxassislarining metrologiya bo‘yicha bilimlarini oshirishga
yo‘naltirilgan korxona standartlarini ishlab chiqish.
16) Korxona metrologik xizmati hududiy standartlashtirish va metrologiya
xizmatlar ko‘rsatish markazlari (XSMM) va boshqa tashkilotlarning metrologik
xizmatlari bilan o‘zaro faoliyatlarni yo‘lga qo‘yish.
Bunday hamkorliklar ishlab chiqarish metrologik ta’minotini yuzaga keluvchi
metrologik muammolarni hal etishda tajriba almashish va o‘zaro yordam hisobida
yaxshilanadi.
Respublika metrologik xizmati metrologik ta’minotning tashkiliy asosi bo‘lib
hisoblanadi. Metrologik ta’minot bo‘yicha ishlarning hal qiluvchi hajmini
ixtisoslashtirilgan metrologik tashkilotlar bajaradi. Bu tashkilotlar majmuasi va
ularning mamlakatda o‘lchashlar birliligini va talab qilinayotgan aniqligini
ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyati metrologik xizmatni tashkil etadi. Metrologik
xizmat tashkilotlari metrologik ta’minot bo‘yicha barcha ishlarni ilmiy – texnikaviy
va metodik boshqaruvini amalga oshiradi, o‘lchashlar birliligini ta’minlash uchun
zarur qoida va me’yorlarga rioya etilishini nazorat qiladi.
Metrologik xizmat aniq o‘lchashlarning ilmiy – nazariy aspektlarida ham,
amaliy aspektlarida ham muhim ishlarni bajarishga qodir ilmiy va nazariy – sinov
tashkilotlarining tarmoqlangan tarmog‘ini ifodalaydi.
Hozirgi vaqtda respublika metrologik xizmati respublikaning har bir
viloyatida davlat metrolgik xizmatlari tarmog‘iga ega, 13 ta metrologik xizmat
tayanch tashkilotlariga va respublikaning 302 korxona va tashkilotlarida idora
metrologik xizmatlarining tarmoqlangan tarmog‘iga ega.
|