|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
|
bet | 64/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikTayanch so‘z va iboralar: quymakorlik, qo‘yim, yarim mahsulot, quymakorlik zavodi, qоlip, kоkil, markazdan qоchirma quyish, bоsim оstida quyish, suyuqlanuvchan, mоdеl, stеrjеn, g‘оvak, sirtqi nuqsоn, parafin, stеarin, mоdеl, etalоn, qоbiq qоlip, model tagligi, sterjen yashigi, opoka, quyish kosachasi, stoyak, shlak tutkich, ta’minlagich, vipor, quyish kanallari, nominal o‘lcham, shibba, shtirlar, shtir, o‘tga chidamli.
Savol va topshiriqlar:
Quyuvchanlik nima
Quymakorlikni mohiyati nimada?
Qolip va o‘zak materiallarini bir – birdan farqi nimada?
Qolip aralashmasining zichligi nima?
Qobiq qoliplarda quyma olishning afzalliklari nimada?
Model komplektiga nimalar kiradi?
Bir martalik qopliplar tayyorlash ketma-ketligini aytib bering?
Shibbalash usullari qanaqa?
Vipor nima?
Opokaning vazifasi nimada?
9. §. QUYISH TEXNOLOGIYASI VA QUYMA DETALLARDA UCHRAYDIGAN NUQSONLAR
9.1. Quymalar olishning maxsus usullari.
Kokil ko‘p marta ishlatiladigan metalldan yasalgan qolip. Kokilni qum-gilli qolipdan solishtirma tahlil qilinsa yuqori unumdorlik, quyma aniqligi, yuzasining sifati toza. Qolip bilan suyuq metall fizik-kimyoviy o‘zaro ta’sirida saqlash va quymani sovishini tezligini boshqarish kokilning ishchi yuzasiga o‘tga chidamli qoplam suriladi. Kokilni po‘latdan cho‘yandan ba’zilarda alyumindan yasaladi. Ko‘p seriyali va ommabop ishlab chiqarishda mexanizatsiyalangan va avtomatlashtirilgan kokil mashinalari qo‘llaniladi (9.1-rasm).
Qoplangan kokilda quyma olinsa moslama va kokilni ishchi yuzasi orasi maxsus aralashma bilan to‘ldiriladi, bu aralashma qotgandan song hosil qiladi. Qoplam aralashmaning tabiiy xususiyatlari va kokil orasidagi tor tirqishni, qoplama aralashmani qotish tarkibiga ham bog‘liq. Qoplam kokil chidamliligini oshiradi, kokilda murakkab po‘lat quymalarni olishda imkoniyat beradi. Kokilda ajralmaydigan konstruksiyali va ajraladigan konstruksiyali, gorizontal, vertikal usulda ajratiladigan, bir necha murakkab ajralish yuzasi mavjud.
Alyuminli porshenni metall sterjen yordamida qolipda olinadi (9.1. a,b- rasm). Qolip korpusi uch qismdan iborat 1,2,3 va quyish tizimi 4 yuzali razyomda joylashgan. Metallni asta sekin to‘ldirish uchun maxsus qolipli quyish tizimi ishlatiladi. Quymaning ichki qismini metallik sterjen (o‘zak) tashkil qiladi. O‘zakni chiqarish oson bo‘lishi uchun o‘zak bir necha qismdan ishlab chiqiladi. Rasmda – uch qismdan iborat metalli o‘zak keltirilgan. Metall quyilgandan keyin markazi va konussimon va 2,3 qismlari chiqariladi. Amortizator korpusini cho‘yandan qolipni 9.2-rasmda ko‘rsatilgan. Korpus 1 va 2 qismlardan iborat, uni ichida simmetrik ikkinchi ishchi qismi 3 ikkita quyma uchun. Quyish tizimi 4 o‘rtada joylashgan. Qolip puxtalik qovurg‘alari 5 ishlab chiqilgan. Quymalar qotishida qiyshayib ketmasligi uchun. Ikki qism yopiladigan vaqtida uni markazlashtirish (to‘g‘rilash) shtirlar 6 bilan bajariladi. Qolipni dastgohda joylashtirish uchun maxsus chiqib turgan 7 qismlar bolg‘alarni qotiradigan teshiklari bilan. Qumli o‘zak 8 znak qismi 9 yordamida qolipning maxsus joylarida qotiriladi.
|
| |