arcsin (Teskari trigonometrik funksiya).
Teskari trigonometrik funksiyalarni ifodalashda “arc” qo`shimchasini qo`shishni avstriyalik matematik Karl Sherfer (nemischa Scherffer) (1716-1783)yaratgan va Lagranj tomonidan saqlanib qolingan.
Arc so`zi lotinchadan olingan bo`lib, “arcus”-“yoy” degan ma`noni anglatadi. Buning ma`nosi shuki masalan:oddiy sin bilan aylana yoyi orqali uni tortib turuvchi vatarni topish mumkin, teskari funksiya esa buning qarama-qarshisini bajaradi. Ingliz va nemis matematika maktablari 19-asr oxirigacha “sinˉ¹” ifodani taklif qilishdi, lekin bular ko`p yashamadi.
|