30
necha sahifa ko`rinishida bo`lib, fayldan foydalanish davomida fayllar biridan-biriga
xarakatlanishi mumkin. Ularning aks etilishi turli xil bo`ladi. Masalan,
qalqib
chiquvchi oyna
,
mundarija
hamda
navigatsion tugmalar
ko`rinishida bo`lishi
mumkin.
SCORM
paketida odatda savollar va javoblar mujassam bo`ladi. Javoblar
uchun berilgan qiymatlar baholar jurnaliga kiritiladi.
SCORM
paketidan quyidagi
hollarda foydalanish mumkin:
Multimediyali va animatsion fayllarni aks ettirish uchun;
Baholash
uskunasi sifatida.
Kurs resurslarining turi kurs elementlariga qaraganda
biroz ozroq miqdorni
tashkil etadi. Kurs resurslari mustaqil o`rganish uchun
asosiy adabiyotlar rolini
bajaradi. Kurs resurslarining ro`yxatini quyidagi rasmda ko`rishimiz mumkin:
23-rasm.
Kurs resurslari ro`yxati.
Папка (Papka)
– resursi professor-o`qituvchilarga
sahifaga yuklangan bir
necha fayllarni ixcham ko`rinishda ya’ni bir papkada saqlash imkonini beradi.
Fayllarni papkada saqlash orqali sahifani yuqoridan-pastga
yoki aksincha
varaqlashni oldini oladi.
Папка ZIP
-arxiv fayllarini ham yuklash imkoniyati bo`lib,
ulardan foydalanishda arxivdan chiqariladi.
Папка
quyidagi holatlar uchun qo`llaniladi:
31
Bir mavzuga oid seriyali fayllarni yuklash uchun (talabalar loyihalarni
PDF yoki grafik formatda taqdim etishida);
Professor-o`qituvchilar uchun umumfoydalanishga
ruxsat etilgan
manbalarni saqlash uchun (papkada faqat professor-o`qituvchilar
foydalanishlari
mumkin bo`lib, papka talabalarga ko`rinmaydi).
IMS –
paketi muvofiqlikda kelishilgan standart
asosida ixchamlashtirilgan
fayllar to`plamini yuklash imkonini yaratib, yuklangan fayllardan turli tizimlarda bir
necha marta qayta foydalanish mumkin. Ushbu modul