1
MASOFAVIY TA’LIM TIZIMI
Abstract
Methods are given in this final work definition of technology of
distatsionny training and relationship of the teacher and students. In addition
in work problems of distance learning and conceptual bases of creation of
remote courses are considered.
ANNOTATSIYA
Mazkur kurs ishida masofaviy ta`lim texnologiyalarida o`qituvchi va
talabaning munosabati va o`zlashtirishni aniqlash usullari keltirilib o`tilgan. Bundan
tashqari masofaviy o`qitishning hozirgi holati va muammolari, masofaviy kurslarni
yaratishning kontseptual asoslari ko`rib chiqilgan.
2
KIRISH
Mustaqillikka erishilgandan keyin barcha sohalardagi kabi ta`lim tizimida ham
jiddiy islohatlar
amalga oshirildi, ta`limning sifatini yaxshilashga kirishildi.
Shu boisdan bugungi kunda talabalarga sifatli ta’lim berishni tashkil qilishda
ilmiy-tехnika taraqqiyoti mahsuli bo`lgan zamоnaviy aхbоrоt tехnоlоgiyalari va
uning mоddiy asоsi kоmpyutеrlar хizmatidan kеng fоydalanib elеktrоn
darslik va
qo`llanmalar tashkil etish va internet manbalaridan hamda masofadan o`qitishning
dasturiy vositalaridan foydalanish davr talabi bo`lib qоlmоqda.
Aynan
shu
maqsadda
aхbоrоt
tехnоlоgiyalaridan
fоydalanish,
mutaхassislarning umumiy ma’lumоti va kasbiy tayyorgarligining sifatini оshirish
uchun jahоn andоzalariga javоb bеruvchi aхbоrоt tехnоlоgiyalarini ta’lim
jarayoniga tadbiq etish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavzuning dolzarbligi.
Jamiyatimizning rivojlangan davrida avvalgi metodik
qo`llanmalar bilan cheklanib qolmasdan, unga fan-texnika yangiliklari, Internet va
yuksak texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanganholda, ta`lim
jarayonini
тinglovchilari uchun yanada qiziqarli va mazmunli qilib o`tish maqsadga muvofiq.
Respublikamizda bugungi kunda kompyuter texnologiyalari va Internet tarmog`ini
rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shunga ko`ra, ta`lim tizimidagi o`quv
yurtlarida informatika va yangi axborot texnologiyalari bilan birga kasb ta`lim
yo`nalishiga tegishli fanlarining o`qitilishi ham davr talabi bo`lib qolmoqda.
Masofadan o`qitishusulida o`qituvchi bilan talaba bir-biridan masofa bilan
ajralgan bo`lsa ham, doimiy muloqot saqlanib qoladi. Bu o`qitishni
nazorat
qilishning alohida usuli bo`ladigan elektron pochta va Internet texnologiyalari
yordamida
amalga oshiriladi