|
-rasm sanoat robotlarining tasniflanishi
|
bet | 10/73 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 6,85 Mb. | | #117441 |
Bog'liq PR 111 UMK 6.1-rasm sanoat robotlarining tasniflanishi
Ko’plab va yirik seriyali ishlab chiqarishlar sharoitida qo’llaniladigan avtomatik liniyalar detallarga ishlov berish jarayonida ularni birma - bir tekshirib borishi va texnologik jarayonni boshqarib turishi zarur. Bunday vazifani nazorat qilish avtomatlari bajaradilar. Ular texnologik jarayonni kushimcha sozlaydilar, natijada «yaroksiz» maxsulot chikishini oldini oladilar.
Tekshirish uchun savollar
ulchash bilan nazorat qilishning farki nimada?
Aktiv nazorat qilish nima?
Passiv nazorat qilishnima?
Avtomatik sozlovchi qurilmaning vazifasi qanday?
Tayanch iboralar:
Texnik vositalar - turli ulchash qurilmalari va asboblari.
Buyum - ishlab chiqarilgan maxsulot.
Saralash - guruxlarga ajratish.
7-Mavzu: Payvandlash robotlarini raqamli boshqarish.
Reja.
Jarayonni boshqarish tizimi.
Avtomatik boshqarish tizimlari turlari.
Dasturlash turiga ko’ra boshqarish tizimlarining klassifikatsiyalanishi.
Jarayonni ma’lum ketma - ketlikda va berilgan tartib bo’yicha odam ishtirokisiz amalga oshiradigan chora tadbirlar majmuisiga texnologik jarayonni avtomatik boshqarish deyiladi.
Metall kesish stanoklarida zagotovkaga ishlov berish jarayonlarini boshqarishda shpindelning aylanish chastotasini, support yoki stolining bo’ylama va ko’ndalang xarakatlari tezliklarini yoki revolver kallagi xolatini o’zgartirishga to’g’ri keladi. Bu boshqariladigan kattaliklar jarayonning boshqarish parametrlari deyiladi.
Avtomatik boshqarish tizimlari quyidagicha farqlanadilar:
boshqarishni markazlashtirish darajasi bo’yicha;
boshqarish ob’ektiga ta’sir turiga ko’ra;
teskari aloqa borligi bo’yicha;
dasturlovchining turiga ko’ra.
Boshqarishning markazlashtirish darajasiga ko’ra markazlashtirilgan, nomarkazlashtirilgan va aralashma turlariga bo’linadilar.
Markazlashtirilgan tizimda avtomat yoki avtomatik liniya (ob’ekt) buyruq (komanda) punktidan boshqariladi. Bunga misol taqsimlash vali yoki komandoapparat yordamida boshqariladigan avtomat bo’la oladigan. Nomarkazlashtirilgan tizimda ob’ektni boshqarish markaziy boshqarishga ega emas. Stanok (ob’ekt) ishchi organlari yo’l sensorlari yordamida boshqariladi. Sensorlarning ulanishi yoki uzilishi ishchi organlarida o’rnatilgan tayanchlar orqali amalga oshiriladi. Bunga misol qilib jilvirlash avtomatlarining boshqarish organlarini olish mumkin.
Aralashma tizim - bu markazlashtirilgan va nomarkazlashtirilgan tizimlar kombinatsiyasidan tuzilgan tizimdir.
Boshqariladigan ob’ektga ta’sir qilish usuliga ko’ra boshqarish tizimlari uzluksiz va diskret - uzlukli turlarga bo’linadilar.
Uzluksiz boshqarish tizimiga misol qilib taqsimlash vali yordamida boshqariladigan tizimni olish mumkin. Bunda taqsimlash valdagi kulachoklar uzluksiz ravishda stanok ishchi organi bo’lgan supportga rыchagli mexanizmlar orqali karakat uzatadi.
Diskret - uzlukli boshqarish tizimida stanok ishchi organi impulsli signallar yordamida boshqariladi. Bu tizimga sonli dastur bilan boshqarish tizimlari misol bo’la oladi.
Ob’ekt bilan boshqaruvchi organ orasida teskari aloqa borligi bo’yicha ochik va yopik boshqarish tizimlarga bo’linadilar.
Ochik boshqarish tizimlarida boshqarish tizimi jarayon (ob’ekt)ning parametrlari to’g’risida axborot olmaydi va uning o’zgarishga ta’sir kursatmaydi.
YOpik boshqarish tizimida jarayon (ob’ekt) bilan boshqaruvchi organ uzaro teskari aloqa bilan boglangan bo’lib,boshqarish parametrini berilgan kiymatlarda o’zgarishi ta’minlanadi. Bunday tizimni teskari aloqa tizimi xam deyiladi.
Dasto’rtashuvchining turiga karab boshqarish tizimlari quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
a) taqsimlash vali yordamida boshqariladigan;
b) tayanchlar yordamida boshqariladigan;
v) andoza (kopir) yordamida boshqariladigan;
g) sonli dastur bilan boshqariladigan (SDB).
Taqsimlash vali yordamida boshqariladigan tizimlarning kulachokli, sharikli uzatish mexanizmli va komando apparatli turlari mavjud.
Tayanchlar yordamida boshqarish tizimida tayanchlar dasto’rtashuvchi vazifasini bajarib, ishchi organiga o’rnatiladi. Ular avtomatik tizimning sensorlariga ta’sir kursatadilar. Bu tizimlar ochik boshqarish tizimiga kiradi.
Andozali (kopirli) boshqarish tizimi kuzatish tizimiga kiradi. Andoza (kopir) dastur tashuvchi xisoblanadi. Bunda andoza profilining ulchamlariga mos holda stanokning ishchi organining ko’chishi ta’minlanadi.
Kuzatish (kopiroval) tizimining mexanik, gidravlik, elektrogidravlik, pnevmogidravlik turlari keng qo’llaniladi. Sonli dastur bilan boshqarish tizimida dastur xarf rakamli kodda beriladi. Bunda stanok (ob’ekt) ijrochi organining xar bir ko’chishi kattaligi sonlar yordamida beriladi. Axborot dasto’rtashuvchi (perfolenta, magnit lenta,kompakt (ixcham) kasseta)larda beriladi. Axborotning xar birligi
impulsiga ijrochi organning ma’lum kattalikda diskret (uzlukli) surilishi mos keladi.Ushbu boshqarish tizimi diskret- uzlukli tizimga kiradi.
|
| |