Quymalar olishda ko'proq yuqori mexanik va texnologik xossalarga ega
bo'lgan MЛ5, MЛ6 qotishmalari keng qo'llaniladi. Bu qotishmalardan buyumlar
tayyorlanadi. Lekin MЛ5 ga qaraganda M6 ning suyuq holda oquvchanlik
xususiyati yaxshiroq.
Bu qotishmalarning
gomogenlash usuli bilan mexanik xossalarini ko'tarish
mumkin. Buning uchun qotishmani 420
0
C qizdirib, shu haroratda 12...14 soat
ushlab turiladi va MЛ6 uchun 190
0
C da 4 . . . 5 soat ushlab eskirtirib berish kerak
(T6). MЛ10 olovbardosh qotishma bo'lib, 300
0
C harorat atrofidagi sharoitda
ishlaydigan buyumlar tayyorlanadi. Bunday qotishma gomogenlangandan keyin
593
0
C ga qizdirib toblanadi va so'ngra 200
0
C qizdirib (12. . .16 soat) sun'iy
eskirtiraladi (T6).
MЛ12 yaxshi mexanik xususiyatlarga ega bo'lish bilan birgalikda yaxshi
korroziyabardosh va qo'shish xususiyatlariga egadir. Termik ishlash (T6) natijasida
uning xossalarini yanada oshirish mumkin. Quyma magniy qotishmaning
donachalari qancha mayda bo'lsa, mexanik xossalari yaxshi bo'ladi. Masalan,
alyuminiyli qotishmaning donachalarini maydalash uchun o'ta qizdirish zarur yoki
1% gacha mel, ayrim holda magnezit qo'shib legirlash kerak. Bunda suyuqlikda
erishi qiyin bo'lgan, qattiq eritmaning
kristallanish uchun tayyor markaz ro’lini
bajaruvchi zarrachalar (Al
3
Fe, Al
4
C
3
) hosil bo'ladi.