|
Mexanik xossalarni dinamik yuklama bilan zarbiy qovushqoqligini aniqlashBog'liq Engineering materials - lecture 3
Mexanik xossalarni dinamik yuklama bilan zarbiy qovushqoqligini aniqlash.
Mashina detallari ishlash davrida dinamik kuchlanishga duch kelishi va mo‘rt
xolatda sinishi mumkin. Dinamik kuch ostida mo‘rt sinishga moyilligini aniqlash
uchun zarbiy qovushqoqligi aniqlanadi. Zarbiy qovushqoqlik namunani urib
sindirish uchun sarflangan ishni kesish joyi bo‘yicha singan ko‘ndalang kesim
yuzasi bilan o’lchanadi.
GOST 9454-78 bo‘yicha namuna yasaladi.
Sinash tajribalari mayatnikli kopyorda («Sharli asbobi»da) olib boriladi. (3.10-
rasm).
3.10-rasm. Zarbiy qovushqoqlikni sinash sxemasi:
a - namunani kopyorga
o‘rnatilishi; b - mayatnikli kopyor sxemasi
Xar - xil ariqchali namunalar bo’ladi. Eng ko‘p tarqalgani U - shaklli va V- shaklli
ariqchalardir.
Standart namuna kopyor tayanchlariga simmetrik qilib andaza yordamida
o’rnatiladi. Mayatnikni ko’tarib (h
1
), quyib yuborib, mayatnik tig’i bilan namunani
zarblab, uni sindiradi. Kopyor namunani sindirib h
2
balandlikka ko’tariladi.
Namunani sindirish uchun sarflangan ish (K,MDj) quyidagicha aniqlanadi:
K = G(h
1
-h
2
) MDj.
bu yerda
G - mayatnik og’irligi,
h
1
- tajriba oldidan mayatnikni ko’tarish balandlikgi;
h
2
- mayatnikni sinovdan keyingi ko’tarilgan balandligi.
Zarbiy qovushqoqlik KC(M∙Dj/m
2)
deb belgilanadi va bajarilgan ishni (K ni)singan
ariqcha ko‘ndalang yuzasiga (F) nisbati qilib aniqlanadi.
KC=
K/F MDj/ m
2
; MDj - megadjoul.
Agar namuna ariqchasi U shaklda bodsa zarbiy qovishqoqlik KCU deb belgilanadi,
agar V shaklli bodsa, KCV deb belgilanadi.
|
| |