|
Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘tkazgichlarda kontakt xodisalari. Reja
| bet | 32/56 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 1,75 Mb. | | #259295 |
Bog'liq Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘tMTning statik stok – zatvor xarakteristikalar oilasi yoki o‘tish xarakteristikasi deb stok – istok kuchlanishi USI ning o‘zgarmas qiymatlarida stok toki IS ning zatvor – istok kuchlanish UZI ga bog‘liqliklari IS =f (UZI) ga aytiladi. Stok – zatvor xarakteristikalarni stok xarakteristikalardan foydalangan holda hosil qilish mumkin. Buning uchun USI kuchlanishning biror qiymatida zatvor – istok kuchlanishi UZI ning turli qiymatlari uchun stok toki ISning qiymatlarini stok xarakteristikalardan aniqlash yetarli bo‘ladi. Agar USI > UZI.BYeRK bo‘lsa, IS =f (UZI) bog‘liqlik USI ning barcha qiymatlari uchun amalda bir xil bo‘ladi, chunki bunda to‘yinish rejimi o‘rinli. Statik stok – zatvor xarakteristikalar oilasi 4,a-rasmda keltirilgan. Har qanday MTning to‘yinish rejimidagi stok – zatvor xarakteris-tikasi quyidagi bog‘lanish orqali approksimatsiyalanadi:
. (5)
Ushbu bog‘lanish parametrlari quyidagicha topiladi: Boshlang‘ich tok IS.max zatvor – istok kuchlanish UZI=0 bo‘lganda o‘lchanadi, UZI.BYeRK ni topish uchun da UZI* kuchlanish o‘lchanadi. (4) ifodadan ekani ma’lum bo‘ladi.
-
MTlar parametrlari va ularning temperaturaga bog‘liqligi. MTlarning ulanish sxemalari.
MTlar kuchaytirgich sifatida kichik signal rejimida ishlaganda chiqish xarakteristikalarining to‘yinish sohasi ishlatiladi. Bu sohada signallar minimal nochiziqli buzilishlar bilan kuchaytiriladi.
|
| |