|
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar
| bet | 1/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 14,44 Kb. | | #233771 |
Bog'liq Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar 7-ma’ruza Qidiruv va heshl-kompy.info
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar 7-ma’ruza: Qidiruv va heshlash algoritmlar. Hesh jadval va hesh funksiyalar
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar Ma’ruza rejasi Plan lecture -
Xesh funksiya.
-
Xesh funksiyalar turlari.
-
Xesh funksiyalar qo’llanilishi va axborot xavfsizligidagi o’rni.
Asosiy tushunchalar: xesh, xeshlash -
"Xesh" so'zi ingliz tilidagi «hash» so’zidan olingan bo’lib, uning ma'nosi “shovqin” yoki “aralash” kabi ta'riflanadi. Aslida, bular atamaning haqiqiy ma'nosini to'liq ifodalaydi.
-
Odatda “xeshlash” – bu jarayon bo’lib, ingliz tilida - chopish, aralashtirish kabi ma’nolarni anglatadi.
-
Xeshlash - bu kirish ma’lumotlari massivini determenistik algoritm asosida chekli uzunlikdagi chiqish satriga aylantirishdir.
-
Boshqacha qilib aytganda, xeshlash - bu shunday jarayonki, unda kirish massividagi ma’lumotlar maxsus algoritm asosida bitlar ketma-ketligiga almashtiriladi.
Xesh jadval -
Xesh-jadval — bu assotsiativ massiv interfeysini amalga oshiradigan ma’lumotlar tuzilmasi, ya'ni har bir elementi juftliklar (kalit, qiymat)ni saqlovchi tuzilma bo’lib, unda uchta operatsiyani bajarish imkoni mavjud: yangi juftlikni qo'shish, qidirish va kalit yordamida juftlikni o’chrish.
Xesh funksiya -
Xesh funksiya – ixtiyoriy uzunlikdagi kirish ma’lumotini chiqishda belgilangan uzunlikdagi xesh qiymatga aylantirib beruvchi bir tomonlama f unksiyalarga aytiladi. Xesh funksiyalar kriptografiya va zamonaviy axborot xavfsizligi sohasida ma’lumotlarni to’laligini tekshirishda foydalaniladi. Elektron to’lov tizimlari protokollarida ham istemolchi kartasi ma’lumotlarini bank-emitentga to’liq yetkazish uchun foydalaniladi.
|
| |