suyuq muhitda,
ya’ni dengiz suvi yoki
namakobda sovutish
mumkin. Bu usul, mahsulotni
texnologik jihatdan qayta ishlash talab etilsa, shundagi-
na qo‘llanishi mumkin. Masalan, baliq ovlash kemalari-
da baliqlami sovutish uchun ko‘pincha
dengiz sovuq
suvidan
foydalaniladi. Dengiz qirg‘oqlariga yaqin
joylashgan korxonalarda harorati -3 ° dan -4°C gacha
bo‘lgan osh tuzining 3—5%li eritmasidan foydalaniladi.
Ayrim hollarda sovutish samaradorligini oshirish maq-
sadida sovuq suyuqlikka antibiotiklar va antiseptiklar
solinadi.
Baliqlarni namakobda sovutish
- oddiy usullar-
dan biri, faqat baliqlar kelgusida tuzlash uchun mo‘l-
jallangan holdagina qo‘llaniladi. Bunda agar havo haro-
rati 5° dan 20°C gacha bo‘lsa, 80 foiz baliq massasiga
20 foiz osh tuzi solish tavsiya qilinadi.
Umuman, baliqlar sovutilganda ularda bir qancha
fizik va biokimyoviy o ‘zgarishlar ro‘y beradi. Jumla-
dan, muskul to‘qimalarining zichligi birmuncha ortadi,
to ‘qimalar sharbatining yopishqoqligi ortadi, ma'lum
miqdorda parchalanish natijasida baliq massasi biroz
kamayadi, bakteriyalar faoliyati keskin kamayadi,
biokimyoviy jarayonlaming faolligi susayadi, baliq
moyining taxirlanishiga barham beriladi, vitaminlar
parchalanishi to‘xtaydi va h.k. Bulaming hammasi sovu-
tilgan baliqlaming m a’lum vaqt davomida buzilishiga
barham beradi va baliqlami sifati buzilmagan holda
mo‘ljallangan yerlarga jo ‘natish imkonini beradi.
193
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sovutilgan baliqlar sifatiga boMgan asosiy
talablar
Barcha turdagi ovlangan baliqlar savdo korxona-
lariga turli ko‘rinishda, ya'ni shunday butunligicha,
ayrim hollarda boshi olingan holda chiqariladi. So-
vutilgan baliqlar maxsus standart talabiga ko‘ra ulaming
vazni va uzunligiga qarab: yirik, o ‘rtacha va mayda
baliqlarga bo‘linadi. Sovutilgan baliqlaming sifati
asosan ulaming organoleptik ko‘rsatkichlariga qarab
belgilanadi. Faqat ayrim hollardagina fizik-kimyoviy
va biokimyoviy hamda mikrobiologik ko‘rsatkichlari
hisobga olinadi.
Sovutilgan baliqlar navlarga ajratilmaydi. Bashar-
ti, ular standart talabiga javob bera olsa, bas, yetarli
hisoblanadi. Baliqlaming jabrasi kulrang - yer rangida
bo‘lsa, ko‘zi xiralashgan, nordon va chirigan hidli, anal
teshigi halqasimon shishgan, konsistentsiyasi buzilgan
bo‘lsa, u standart talabiga javob bera olmaydi, degan
xulosaga kelinadi va mahsulot sotishga chiqarilmaydi.
Sifatli sovutilgan baliqlaming tanasi toza, o‘zining
tabiiy rangiga ega, jarohatlanmagan bo‘lishi kerak.
Shuningdek, jabrasi to‘q qizil yoki pushti rangda,
konsistentsiyasi zich, hidi tabiiy, toza bo‘lishi va,
umuman, salbiy holatlari bo‘lmasligi talab etiladi.
Baliqlarni joylash ishlarida asosan sig‘imi 80 kg
li yog‘och yashiklardan va 150 1 li bochkalardan
foydalaniladi. Agar baliqlar 50 sm uzunlikda bo‘lsa, u
holda sig‘imi 250 1 li bochkalar ishlatiladi. Shuning-
dek, polimer materiallardan tayyorlangan yashiklardan
va bochkalardan foydalaniladi. Ular chidamli, yengil va
gigiyena jihatidan qulay hisoblanadi.
B aliqlarni tashish ishlari asosan maxsus izotermik
vagonlarda, suv va avtomobil transportlari yordamida
amalga oshiriladi. Buning uchun ularda havo harorati
+5° dan -1°C gacha bo‘lishi talab etiladi.
194
www.ziyouz.com kutubxonasi
|