6.9. Kuchli shamol, qurg‘oqchilik va uning oqibatlari
Kuchli shamol, qurg‘oqchilik ofatlari ham gidrometerologik favqulod
da vaziyatlar turiga kirib, ularning tabiatga va jamiyatga salbiy ta’sirlari
ortib bormoqda. Jumladan, 1970-yil 13-noyabrda Pokistonning shar-
qiy hududlarida b o ig an
kuchli shamol oqibatida
10
mln. aholi talafot
ko‘rdi. Shundan 500 ming kishi halok b o id i va bedarak yo‘qoldi. Shun
ga o‘xshash salbiy oqibatlar 2002-yilda Rossiyada, 2003, 2004-yilIarda
AQSHning bir qancha hududlarida kuzatilgan kuchli dovullar oqibatida
ham kuzatildi.
Kuchli shamollar insonlar hayotiga va xalq xo‘jaligiga jiddiy zarar
yetkazadigan ofatdir. Bu ofat uzoq davom etuvchi va buzish kuchiga ega.
Bu ofatning tezligi 30-90 m/s ga yetadi. 0 ‘rta Osiyo mintaqalarida sha
molning kuchi 40-60 m/s ga, 0 ‘zbekistonning Xovos, Bekobod tuman-
larida esa 50-60 m/s ni tashkil etadi. Kuchli shamolning paydo bo‘lishi,
ya’ni atmosferada muvozanatraning buzilishi
natijasida havo oqimi juda
katta tezlikda harakatlanib, ba’zi joylarda u aylanma (voronka) harakatga
aylanib ketadi. Bunday ofat oqibatida odamiarning halok bo'lishi, inshoot-
larning buzilishi, ekinzorlaming payhon etilishi, elektr-telefon tarmoqlar
ining izdan chiqishi va boshqa oqibatlarga olib keladi.
Shuningdek, kuchli
shamol esganda odamlar, uy hayvonlari yuradigan yo‘llardan adashadilar,
simyog‘ochlar, daraxtlar ag‘anaydi, uylaming tomlari buzilishi natijasida
odamlar turli darajada jarohat oladilar.
Masalan: 1997-yilda 2-maydan 3-mayga o‘tar kechasi Qashqadaryo
viloyatida kuchli shamol ta’sirida 156838 ta qisloq xo‘jalik ekinzorlari va
12 km elektr tarmoqlarining shikastlanishiga, 250
ta turar joy laming, 79,5
km aftomobil yo‘Ilarining suv bosishiga, 393 bosh yirik shoxli qoramolar,
7254 bosh qo‘y, echkilar, 26 bosh ot va 13 ming 280 ta xonaki parran-
dalaming o‘limiga olib keldi. Kuchli shamol ta’sirining ikkinchi jihati yer-
larning eroziyaga (yemirilishga) uchrashiga hamda sug‘oriladigan yerlar-
ning sho‘rlanishiga olib keladi. Shamol ta’siridagi yemirilish o‘simlik kam
tarqalgan
hududlarda, cho‘l va sahrolarda ko‘p uchramoqda. O ‘zbekiston
hududining taxmininan 40 foiz yeri shamol ta’sirida yemirilish jarayoniga
uchramoqda. Yemirihsh tekis shamol yo ‘nalishi bo‘ylab shudgorlangan
maydonlarda ayniqsa kuchli bo‘ladi. Shamol kuchi 15 m/s dan ortganda,
ba’zi shudgorlangan yer qavatining 25 sm gachasini uchirishi, ayniqsa
3-5 sm li qavatlami uchirib ketishi nihoyatda ko‘p sodir bo‘ladi. Yer
124
sathining notekisiigi hamda daraxtlaming ko‘p bo‘Ushi shamollaming
yemiruvchi kuchini kamaytiradi. Shuning uchun shamohaing yo‘nalishiga
ko‘ndalang qilib daraxtlar ekiladi. Mabodo
bunday daraxtlar sababsiz
yo'qotilsa, tuproqning yuqori qavat muvozanatining buzilishiga, tuproq
tarkibidagi gil va qum zarrachalarining uchirilib ketishligi natijasida yer
sathining qum barxanlari bilan qoplanishiga sabab boiadi. Mana shunday
holatlar hozirgi kunda Orol bo‘yi hududlarida kuzatilmoqda. Shu
ning uchun bunday favqulodda holatda odamlar yengil,
baland qurilgan
imoratlardan, elektr tarmoqlari osilgan simyog'ochlardan, ko‘priklardan
uzoqroq joylarda saqlanishlari lozim. Bu ofatdan eng ishonchli saqlov
chi omil - bu himoya inshootlari (metro, yer osti yoikalari, uylaming
yertoialari va boshqalar) hisoblanadi.Bu ofatdan saqlanishning yana bir
omili - ofat haqida odamlami o‘z vaqtida ogoh qilishdir. Albatta, hozirgi
paytda ob-havoni bir necha kun oldindan ayta oladigan zamonaviy us-
lublar
yaratilganki, ulaming bergan m aium otlari asosida nafaqat odam
larni, balki uy hayvonlarini, moddiy boyliklami falokatdan asrash, bu
zilishi yoki yaroqsiz holga kelishining oldini olish mumkin. Xulosa qilib
aytadigan b o isak, kuchli shamol ofati yuz berganda fuqaro muhofazasi
tizimlari davlat organlari xodimlari boshchiligida
qutqaruv va buzilgan
joylarda tiklash ishlarini bajaradi, jabr ko‘rganlarga birinchi tibbiy yor
dam ko‘rsatadi.