FVDT faoliyat ko‘rsatish chog‘ida quyidagi tadbirlami amalga
oshiradi:
kundalik faoliyat rejimida;
- atrof muhitning holatini, potensial xavfli obyektlar va ularga yondosh
liiidudlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilishni amalga oshirish;
- favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini va
muhofazasini ta’minlash, yetkazilishi mumkin
b o igan zarar va ziyormi
c|isqartirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar sharoitida turar joy binolari,
sanoat obyektlari, hayot ta’minoti tizimlari va iqtisodiyot tarmoqlari
faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini oshirish bo‘yicha maqsadli va ilmiy
tcxnik dasturlar hamda chora-tadbirlami rejalashtirish va bajarish;
- favqulodda vaziyatlar bo‘yicha boshqaruv organlari va FVDT
kuchlarini favqulodda vaziyatlar chogidagi
harakatlarga tayyorlashni
takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlar chogid a muhofaza qilish
usullari va harakat qilishga o‘rgatishni tashkil etish;
- favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy
resurslar zaxiralarini yaratish va toidirish ;
- sug‘urtaning maqsadli turlarini amalga oshirish;
yuqori tayyorgarlik rejimida:
- favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi tog'risida
davlat va
xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va
boshqa tashkilotlarga xabar berish hamda aholini xabardor qilish;
- FVDT tegishli quyi tizimlari va bo‘ginlari faoliyatiga bevosita
rahbarlik qilishni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari,
mahalliy davlat
hokimiyati organlari va tashkilotlaming o‘z zimmasiga olishi, zaruriyat
boiganda vaziyatning yomonlashishi sabablarini aniqlash uchun ofat
yuz berishi mumkin b o ig an rayonlarda tezkor guruhlami tashkil etish,
vaziyatni normallashtirish bo‘yicha takliflami ishlab chiqish;
- doimiy joylashish punktlarida FVDT rahbarlari
tarkibining kecha-
kunduz navbatchiligini tashkil etish;
- favqulodda vaziyatlar bo‘yicha hududiy boshqarmalaming tezkor
guruhlari hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, obyektlar va
tashkilotlaming navbatchilik - dispetchirlik xizmatlari navbatchiligini
tashkil etish;
-
atrof tabiiy muhitning holati, potensial xavfli obyektlar va ularga
yondosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilishni kuchaytirish,
favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bashoratlash;
87
- favqulodda vaziyatlar sharoitlarida aholi va atrof tabiiy muhitni
muhofaza qilish, shuningdek,
turar joy binolari, hayot ta’minoti tizimlari
obyektlar va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishini
ta’minlash chora tadbirlarini ko‘rish;
- kuclilar va vositalami tayyor holga keltirish, ulami zarur boiganda
favqulodda vaziyatlar taxmin qilinayotgan rayonga siljitish.
Favqulodda rejimda:
- favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida davlat va xo‘jaHk
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga xabar berish
va aholini xabardor qilish;
- tezkor gumhlami favqulodda
vaziyatlar rayoniga siljitish;
- aholini muxofaza qilishni tashkil etish;
- favqulodda vaziyatlar zonalari chegaralarini belgilash;
- iqtisodiyot obyektlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash,
zarar ko‘rgan aholining hayot sharoitlarini taslikil etish;
- favqulodda vaziyatlar rayonlaridagi atrof tabiiy muhitning holati,
avariya obyektlari va ularga yondosh hududlardagi vaziyat ustidan
monitoring olib borish.