• Labdan o‘qish
  • Ovoz va eshitishdagi buzilishlar
  • M. U. Hamidova




    Download 437,9 Kb.
    bet24/47
    Sana18.12.2023
    Hajmi437,9 Kb.
    #123007
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47
    Bog'liq
    M. U. Hamidova, maxsus pedagogika-fayllar.org

    Nutq (og‘zaki nutq)
    Nutq, birinchi navbatda 1-til sifatida yoki 2-til sifatida (barcha nuqsonlar kuzatilganda) qattiq va chuqur eshitishning buzilishi bo‘lgan bolalar uchun yengil, o‘rta, o‘rta/og‘ir, og‘ir eshitish buzilishi bo‘lgan bolalar tomonidan ishlatiladi. Bolalar odatda, eshitish orqali gapirishni o‘rganishadi. Ko‘p maktablarda kar bolalar uchun nafaqat gapirish, balki kuylashni o‘rganish uchun ham cheksiz soat ajratishadi. Bu esa bolalar uchun ta’lim, rivojlantirish va faoliyatga oid to‘siqlarni bartaraf etishda ko‘maklashadi. Bu yondashuv hozirgi kunda maqbul yo‘l sifatida ko‘rilmoqda. Bizning o‘ylashimizcha, eshitishi buzilgan bola aniq gapira olmaydi. Buning sababi, u eshitib boshqa odamlarga taqlid qila olmasligidadir.


    Labdan o‘qish
    Labdan o‘qish yoki “tovushni ko‘rib o‘qish” – lablar va til harakatlari orqali amalga oshadi. Labdan o‘qishni og‘iz artikulyatsiyasi va tilning tana qismi orqali ham o‘rgatish mumkin. Hech qachon eshitmagan bola uchun labdan o‘qish jarayoni juda qiyindir. Bola ko‘p so‘zlarni eshitgan bo‘lsa, shu so‘zlar labdan o‘qishga yordam beradi va u labdan o‘qishni to‘g‘ri o‘rganadi.


    Ovoz va eshitishdagi buzilishlar
    Ovoz balandligi (hajmi) yoki intensivligi (detsibel orqali dB) va uning chastota yoki pitch (gerts)da o‘lchanadi. Eshitish qobiliyatining buzilishi bir quloqda yoki har ikkala quloqda sodir bo‘lishi mumkin. Eshitish buzilganligini so‘z bilan (bir kishi tekshiriluvchining orqasidan turib so‘z aytadi) uning balandligi (dB) yoki chastota (gerts) orqali uning yengil, o‘rta, o‘rta/og‘ir, og‘irligini aniqlash mumkin. Eshitishi buzilgan bolalar va kattalarda, odatda eshitish balandligi 90dBdan yuqori bo‘lsa, ular kar hisoblanishadi.
    Eshitishning yo‘qolishi va potensial natija
    Eshitish yo‘qolishining potensial natijasi ko‘pgina faktlarga bog‘liq, masalan, ko‘rishning pasayishi, ya’ni yo‘qolish darajasi, ammo eshitish yo‘qolishi kuzatilgan paytda, agar til allaqachon rivojlangan bo‘lsa erta va keng miqyosda, oldinroq ko‘rsatilgan xizmatlar, asosiy aloqadan oldin yoki keyin ota-ona va o‘qituvchining birga aloqada bo‘lishi kabilarni o‘z ichiga oladi.



    Download 437,9 Kb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47




    Download 437,9 Kb.