radiometrik va kimyoviy laboratoriyalarda aniqlanadi. Dozimetrik
baholashda odamlarni va yer usti jmslarining radiatsiya nurlari bilan
nurlanganligi hamda zararlangan joylarda odamlarning olgan nur
dozalari aniqlanadi. Nurianganlik darajasi guruh holda va yakka tartibda
tekshiriladi. Guruhni tekshirishda, tizimlar, sexlar bo‘yicha odamlarning
olgan nur dozalari hamda ularning ishlash qobiliyatlari aniqlanadi.
Dozani aniqlovchi ID-1 va DKP-50A
(5-rasm) dozimetrlar 10-12
odamidan iborat guruhlarga taqsimlanadi. Yakka tartibda esa ID-11 markali
shaxsiy nur dozasi o‘lchovchi jihoz ishlatiladi. Mana shu ikki usul bilan
(guruh va yakka tartibda) sexlardagi, guruhlardagi, tizimlardagi odamlar
olgan nur dozalari o'lchanib, jumalga yozib boriladi. Fuqarolarning
umuman olgan nur dozalari qiymatiga qarab tizim boshlig‘i, o‘sha
fuqarolarning ishlash qobiliyatlari, zararlangan hududlarda bo‘lish
vaqtlarini aniqlab beradilar. Odamlar, texnika, jihozlar va boshqa kiyim-
kechaklarning radioaktiv changlardan zararlanishi DP-5 jihozi bilan
aniqlanadi va mR/soat bilan o‘lchanadi. Oziq-ovqat, suv va yemlaming
radioaktiv changlardan zararlanish darajasi radiometrik usulda aniqlanadi
va Ki/kg yoki Ki/1 da o‘lchanadi, Shaxsiy saqlovchi vositalar, texnika,
oziq-ovqat, suv, yashash joylari va obyektlaming zaharli moddalar, kuchli
ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) bilan zabarlanishi kimyoviy
jihatdan baholanadi. Kimyoviy baholash natijalariga qarab odamlarni
shaxsiy saqlovchi vositalarsiz yurish-turishi, texnikalar va inshootlaming
degazatsiyalash darajasi, oziq-ovqatlar,
suvlar va boshqa vositalami
zararsizlantirish aniqlanadi. Kimyoviy nazoratda kimyoviy razvedka
jihozlari: VPXR, PXR-MV yordamida o‘tkaziladi (3-4 rasmlar).
Demak, dozimetrik va kimyoviy nazorat o ‘z vaqtida, to‘g ‘ri o‘tkazilsa,
odamlarning ish qobiliyatlarini va turmush darajalarini birmuncha saqlash
imkoniyatlariga ega boMamiz.
Radioaktiv va kimyoviy shikastlangan