80
sarflangan energiyani qaytib olishi va kvazielastik sochilgan kabi vakuumga
chiqishi mumkin. Shunday qilib, valent elektronlarnig kollektiv tebranishlarining
o‘yg‘onishi faqat noelastik sochilish kanaligina bo‘lib qolmay, balki elastik
sochilish kanali ham bo‘lishi mumkin. Bunday kanallar hisobiga R(Yer) egri
chizig‘ida juda kam intensivlikli notekisliklar vujudga keladi.
Bu notekisliklar (maksimum va minimumlar) ning energetik vaziyatlari
difraksion maksimumlardan farqli ravishda, birlamchi dastaning tushish
burchagiga va berilgan material sirtining kristall tuzilishiga deyarli bog‘liq emas.
Ayni paytda noelastik kanallardagi sochilish sirt qatlamlaridagi begona
aralashmalarga juda sezgir bo‘ladi.
Zamonaviy asbob-uskunalarning qo‘llanilishi va elektrik differensiallashdan
foydalanish deyarli hamma tor va kichik intensivlikka ega bo‘lgan cho‘qqichalarni
ajratish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda R,
koeffitsiyentlarning va ularning