• Xotira sig’imi.
  • Razryadlilik
  • Kompyuterning asosiy parametrlari va texnik xarakteristikalari




    Download 3,98 Mb.
    bet24/168
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,98 Mb.
    #120781
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   168
    Bog'liq
    4. komp tizmlari Musayev

    Kompyuterning asosiy parametrlari va texnik xarakteristikalari.
    Ish unumdorligi – bu kompyuterning ishlash tezligi ko’rsatgichidir. Ilgari bu parametr sekundiga bajariladigan operasiyalar (oper/sek.) soni bilan o’lchangan. Biroq keyinroq turi bo’yicha turli buyruqlarning turli tezliklarda bajarilishini hisobga olib ish unumdorligini ikki asosiy baholash turlari qabul qilindi. MIPS (Million Instruction Per Second) baholash qayd etilgan vergulli sonlar ustida sekundiga millionta bajariladigan operasiyalarga mos keladi. MFLOPS (Million of Floating Point Operation Per Second) baholash suriladigan vergulli (nuqtali) sonlar ustida sekundiga millionta bajariladigan operasiyalarga mos keladi. Ikkinchi baholash ko’p prosessorli tizimlarning unumdorligini keskin o’sishiga bog’liq suriluvchi vergulli sonlar uchun GFLOPS (sekundiga millard operasiyalar) va TFLOPS (sekundiga trillion operasiyalar) variantlarga ega.
    Alohida olingan bir kristalli prosessorlar uchun, ayniqsa shaxsiy kompyuterlarda ish unumdorligi takt chastotasi (kGs, MGs, GGs) orqali baholaniladi. Masalan, 100 MGs takt chastotali prosessor sekundiga 20 millionta oddiy arifmetik operasiyalarning bajarilishini ta’minlaydi.
    Xotira sig’imi. Zamonaviy kompyuterda sig’imi, o’qish/yozish vaqti va apparatli ishlatishi bilan farqlanadigan bir necha xotira turlari mavjud.
    Operativ, eng tezkor ishlaydigan xotira ona platada alohida KIS ko’rinishida joylashtiriladi va adreslanadigan hotiraning eng tezkor turi hisoblanadi. Uning sig’imi Kbayt yoki Mbayt (ming va million bayt) larda o’lchanadi. Qattiq magnit disklardagi (vinchester deyiladigan) saqlovchilar sig’imi, odatda, gigabaytlarda (milliard bayt) o’lchanadi. 3,5 dyumli ixcham magnit diskidagi saqlovchining sig’imi 1,44 Mbaytni tashkil etadi.
    Xotira turlari kengroq keyinroq yoritib beriladi.
    Razryadlilik (mashina so’zining uzunligi) bu kompyuter operasiyalarni amalga oshiriladigan standart mashina formatidagi so’zni ikkilik sanoq tizimidagi xonalar sonidir. Zamonaviy kompyuterlarda u 32 yoki 64 ikkilik razryadlarni tashkil etadi. So’zning uzunligi kompyuterning ko’plab parametrlariga: tezkor ishlashiga, hisoblash aniqligiga, xotiraga o’qish yoki yozish tezligiga ta’sir etadi. U ayniqsa ko’paytirish, bo’lish, darajaga ko’tarish, ildizdan chiqarish kabi ko’p vaqt talab qilinadigan operasiyalarni bajarish ishida hisoblash aniqliligini belgilab beradi.

    Download 3,98 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   168




    Download 3,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuterning asosiy parametrlari va texnik xarakteristikalari

    Download 3,98 Mb.