78
chiqmasdan oldin onlayn nashr etilishi bois olimlar ma’lum sohadagi
eng so‘nggi yutuqlar bilan tez tanishib chiqishlari mumkin.
Mutaxassisliklar:
Biznes va boshqaruv Adabiyot
Moliya va iqtisod Musiqa
Tarix Falsafa
Huquq Politologiya
Tilshunoslik Psixologiya
Oxford Reference
Oxford Reference 24 ta yo‘nalish bo‘yicha 2 milliondan ortiq
raqamlangan maqolalardan iborat bo‘lgan Oksford universitetining
ma’lumotnoma nashri hisoblanadi. Uning tarkibiga taqriz qilingan
maqolalar, mavzuli havolalar (ссылка), iqtiboslar (цитата), inglizcha
lug‘atlar, ikki tilli lug‘atlar kabi bo‘limlar kiritilgan.
Oxford Scholarship Online
Oxford Scholarship Online
(OSO) – 10000 dan ziyod ilmiy ishlar va
170000 dona rasmlardan erkin foydalanish imkoniyatini beradigan, keng
ko‘lamli va doimiy ravishda yangilanadigan kutubxona. Gumanitar,
ijtimoiy, tibbiy, huquqiy va tabiiy fanlar bo`yicha 20 ta mavzuli
modullardan tarkib topgan. Bu yerda 8900 nafar mualliflarning nashrlari
mavjud.
Mualliflar
ro‘yxati klassiklardan boshlab zamonaviy
mualliflargacha farq qilib, Nobel mukofoti sovirindorlarini ham o‘z
ichiga olgan.
OSO quyidagi imkoniyatlarni taklif etadi:
- qidiruv natijalarini filtrlash, ya’ni berilgan natijalar shaklini (qisqa
va to‘liq) tanlash imkoniyati, ochiq va yopiq tarzdagi natijalarning
taqdimoti;
- mutaxassisliklar bo‘yicha qidiruv;
- annotatsiyalarni ko‘rib chiqish;
- onlayn o‘qish va yuklash.