7.1- chizma.
Loyihalarni boshqarish tizimida loyiha
natijalarini baholash
Loyihaning natijalari statik va dinamik ko„rsatkichlar ko„rinishida mutlaq va
nisbiy qiymatlarda aks ettirilishi mumkin.
Loyihaning natijalari sifatida quyidagilarni ko„rsatish mumkin:
–loyihaning davomiyligi, xarajatlar va foydaning mutlaq ko„rsatkichlari
(qurilishning davomiyligi, bajarilgan ishlar qiymati, sarflangan resurslar hajmi,
loyihani ishga tushirishdan olingan foyda, xarajatlarning qoplanish muddati va
b.);
Лойиҳани амалга
ошириш
Лойиҳани якунлаш
Натижаларни баҳолаш
ва таҳлил қилиш
Лойиҳанинг ҳақиқий
натижалари тўғрисида
ахборотлар олиш
Ҳақиқийкўрсаткичларни
режавий кўрсаткичлар
билан таққослаш ва
фарқларни аниқлаш
Натижаларни баҳолаш
Лойиҳага тузатмалар
киритиш (олдинга
қўйилган мақсадга
эришишни таъминловчи
тадбирларни амалга
ошириш)
Режавий кўрсаткичларга
тузатмалар киритиш
Фарқлар сабабларини аниқлаш (лойиҳа параметрларининг ўзгаришига таъсир кўрсатувчи
омиллар таҳлили) Лойиҳани тузатиш зарурлиги ва унинг имкониятларини баҳолаш
Лойиҳанинг режаси
Режавий кўрсаткичлар
Таққослаш ва баҳолаш
мезонлари
Фарқнинг меъёрлари ва
стандартлари
170
–loyiha resurslaridan foydalanish samaradorligining nisbiy ko„rsatkichlari (
resurslar aylanishi, mehnat unumdorligi, loyihaning rentabelligi,
investitsiyalarning daromadliligi va b.);
–loyiha parametrlarini boshqa shunga o„xshash loyihalarga nisbatan yoki
vaqt bo„yicha o„zgarishini tavsiflovchi dinamik ko„rsatkichlar (masalan, mehnat
unumdorligining o„sishi, ishlar tannarxining pasayishi, qurilish muddatlarining
qisqarishi va b.).
Natijalar natural va pul birliklarida, vaqt qiymatlarida o„lchanishi mumkin.
Quyidagilar loyihaning asosiy natijalari hisoblanadi:
–loyihaning nihoyasiga etganligi (sifat talablarini bajarish asosida qo„yilgan
maqsadga erishilganlik);
–bajarilgan ishlar qiymati (sarflangan resurslar qiymati);
–loyihani amalga oshirish davomiyligi;
–loyihani amalga oshirish natijasida olingan iqtisodiy foydalar (daromad,
foyda, bozor pozitsiyalarini mustahkamlash va h.k.);
–ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlar ( bandlikni oshirish, aholi turmush darajasining
o„sishi va h.k.).
Loyiha natijalarini baholash haqiqiy erishilgan ko„rsatkichlarni rejaviy
yoki shunga o„xshash loyiha ko„rsatkichlari bilan taqqoslashga asoslanadi.
Shunday qilib, baholash ko„zda tutilgan maqsadlarga erishish hamda amalga
oshirilgan loyihaning nisbatan afzallik o„lchamini tavsiflaydi. Aynan loyiha
natijalarini tahlil qilish va baholash loyihani samarali boshqarishning asosi
bo„lib xizmat qiladi.
GAT loyihalarini amalga oshirish natijalarini baholash jarayonida
loyihaning maqsadlariga erishish samaradorligini aniqlash ham juda muhimdir.
Ma‟lumki, har qanday loyihaning, xususan, GAT loyihalarining
maqsadlariga erishish uchun tegishli resurslar ( mehnat, moliya, moddiy,
axborot, tashkiliy) yo„naltiriladi. Shunday qilib, loyihani soddalashgan
ko„rinishda quyidagicha tavsiya qilish mumkin (7.2- chizma).
171
Loyihaning samaradorligi deganda loyihaning natijalari va xarajatlarini
o„zaro o„lchash tushuniladi. Bunday o„zaro o„lchovlarning
|