5.3. Regional fazoviy ma‟lumotlar infratuzilmasi
Regional fazoviy ma‟lumotlar infratuzilmasining maqsadi regional
darajadagi davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruv, mahalliy organlar va
fuqarolar uchun fazoviy ma‟lumotlarni yaratish, saqlash, yangilash, qidirish, nashr
129
etish, ushbu ma‟lumotlarni olish va almashinish uchun yagona axborot muhitini
yaratishdan iboratdir.
Regional FMIning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
–mahalliy koordinatalar sistemasidan foydalanadigan parametrlar katalogini
yuritish;
–regional referents-stantsiyalarning doimiy ishlab turuvchi yo„ldosh
differentsial tarmoqlarini yaratish hamda uning bazasida navigatsiya-geodezik
xizmatlarni ko„rsatish yo„li bilan davlat geodeziya tarmoqlarining regional
segmentidan foydalanish samaradorligini oshirish;
–regional va mahalliy kartografik asoslar va ortofototasvirlarni yuritish va
faollashtirish;
–ma‟lumotlar va xizmatlarning internet axborot-telekommunikatsiya
tarmog„ida barcha uchun foydalanish imkonini ta‟minlash;
–yangi fazoviy ma‟lumotlarni yaratishda reglamentlangan koordinatalar
sistemasidan va regional hamda mahalliy kartografik asoslarda va
ortofototasvirlardan foydalanishni ta‟minlash asosida region hududida
mamlakatning yagona yuqori aniqlikdagi koordinatalar kengligini etarli darajada
ushlab turish va foydalanishni ta‟minlashdan iborat.
Regional FMI oldiga qo„yilgan vazifalarni hal qilish quyidagilarni yaratish
asosida amalga oshirilishi mumkin:
axborot resurslari;
tashkiliy ta‟minot;
texnologik ta‟minot;
me‟yoriy-huquqiy va me‟yoriy-texnik ta‟minot;
kadrlar ta‟minoti.
Regional FMIning axborot resurslari tarkibiga quyidagilar kiradi:
fundamental fazoviy ma‟lumotlar ;
bazaviy fazoviy ma‟lumotlar;
tarmoqli fazoviy ma‟lumotlar;
mavzuli fazoviy ma‟lumotlar;
130
metama‟lumotlar(ya‟ni ma‟lumotlar to„g„risidagi ma‟lumotlar);
klassifikatorlar, ma‟lumotnomalar, reestrlar.
Fundamental fazoviy ma‟lumotlarga odatda mamlakatning yagona
koordinatalar kengligini region hududida etarli darajada ushlab turish va
foydalanishni ta‟minlaydigan ma‟lumotlar kiradi. Hududlarni qamrab olishiga
qarab fundamental fazoviy ma‟lumotlar mamlakat, regional va mahalliy turlarga
bo„linadi.
Davlat darajasidagi fundamental fazoviy ma‟lumotlarga quyidagilar kiradi:
– davlat koordinatalar sistemasining parametrlari;
– davlat geodezik tarmoqlarining punktlari to„g„risidagi ma‟lumotlar;
– davlat kartografik asoslar va geografik bog„langan hamda geometrik
jihatdan maqbul ortofototasvirlar.
Regional darajadagilarga quyidagilar kiradi:
–foydalaniladigan mahalliy koordinatalar sistemasining parametrlari;
– davlat geodezik tarmog„ining qalinlashtiruvchi tarmoqlari punktlari
to„g„risidagi ma‟lumotlar;
– referents-stantsiyalarning doimiy ishlab turuvchi regional yo„ldosh
differentsial tarmoqlari hamda ular bazasidagi navigatsiya-geodezik ma‟lumotlar
to„g„risidagi ma‟lumotlar;
–regional kartografik asoslar va geografik bog„langan hamda geometrik
jihatdan maqbul bo„lgan regionning ortofototasvirlari.
Mahalliy darajadagi fundamental ma‟lumotlarga quyidagilar kiradi:
–foydalaniladigan mahalliy koordinatalar sistemasining parametrlari;
–mahalliy tarmoqlarni qalinlashtirish punktlari to„g„risidagi ma‟lumotlar;
–mahalliy kartografik asoslar va geografik bog„langan hamda geometrik
jihatdan maqbul bo„lgan mahalliy hududning ortofototasvirlari.
Regional va mahalliy fundamental fazoviy ma‟lumotlarni yaratish va yuritish
viloyat davlat hokimiyati organlari tomonidan ta‟minlanadi.
Bazaviy fazoviy ma‟lumotlar bu fazoviy ma‟lumotlarning hamma uchun
foydalanish mumkin bo„lgan resurs qismi bo„lib, ularning koordinatalarining asosi
131
hamda fazoviy ma‟lumotlarni pozitsiyalashtirish uchun zarur bo„lgan tanlangan
fazoviy ob‟ektlar to„g„risidagi axborotlarni o„z ichiga oladi.
Huquqiy cheklanishlarning yuzaga kelishi nuqtai nazaridan bazaviy fazoviy
ma‟lumotlar davlat, ya‟ni milliy, regional va mahalliy turlarga bo„linadi. Bazaviy
fazoviy ma‟lumotlar tarkibiga majburiy tartibda viloyat hududining quyidagi
fazoviy ob‟ektlarining izohlari kirishi zarur:
– viloyat,tumanlar va aholi punktlarining chegaralari;
– kadastr bo„yicha bo„linish birliklari va davlat er kadastrida hisobga olingan
er uchastkalari;
– mahalliy, regional va mahalliy ahamiyatga ega bo„lgan chiziqli inshootlar
(avtomobil tarmoqlari va h.k.)ni qo„shgan holda manzillarining axborotlari bilan
kapital qurilish (bino va inshootlar) ob‟ektlari;
– suv fondining er usti ob‟ektlari;
– o„rmon fondi ob‟ektlari;
– alohida muhofaza qilinadigan hududlar;
– madaniy meros ob‟ektlarining hududlari;
– hududlardan foydalanishning alohida shart-sharoitli zonalari;
– tabiiy va texnogen xarakterdagi favqulodda hodisalar yuzaga kelishi
tahlikasidagi hududlar;
– hududiy mintaqalar;
– qizil chiziqlar.
Regional darajadagi bazaviy fazoviy ma‟lumotlarni yaratish, ularni olishni
ta‟minlash viloyat davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tarmoqli fazoviy ma‟lumotlar regional xarakterga ega bo„lgan alohida
idoralar vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur tarmoqli boshqaruvning fazoviy
ob‟ektlari to„g„risidagi ma‟lumotlardir.Tarmoqli fazoviy ma‟lumotlar ichki
idoraviy foydalanish uchun majburiy hisoblanadi. Tarmoqli fazoviy ma‟lumotlarni
yaratishda regionning fundamental va bazaviy fazoviy ma‟lumotlaridan majburiy
ravishda foydalanish zarur bo„ladi.Tarmoqli fazoviy ma‟lumotlarni yaratish,
yuritish, ulardan keng ko„lamda foydalanishni ta‟minlash viloyat davlat hokimiyati
132
organining alohida idoralarga xizmat ko„rsatish printsipi hamda viloyat
hokimiyatining tegishli qarorlari asosida belgilanadi.
Regional FMIda mavzuli fazoviy ma‟lumotlar ham muhim o„rin egallaydi.
Mavzuli fazoviy ma‟lumotlar – har qanday xo„jalik, ilmiy, o„quv va boshqa
faoliyat bilan shug„ullanuvchi sub‟ektlar tomonidan o„z maqsadlariga erishishlari
uchun zarur bo„lgan holda yaratiladigan fazoviy ma‟lumotlardir.Mavzuli fazoviy
ma‟lumotlarni yaratish, faollashtirish, saqlash va ularni erkin tarzda olishni tartibga
solib turish regional, mahalliy va korporativ me‟yorlarga mos tarzda mavzuli
faoliyatlar (o„quv, ishlab chiqarish, ilmiy va h.k.) doirasida amalga oshiriladi.
Har qanday mavzuli fazoviy ma‟lumotlar, agar ular viloyat fazoviy
ma‟lumotlar tizimining talablariga mos kelsa, metama‟lumotlar sifatida ro„yxatdan
o„tganidan so„ng viloyat FMI tarkibiga qo„shilishi mumkin. Metama‟lumotlar –
fazoviy ma‟lumotlar xususiyatlarining to„plami hamda qidirish, baholash, sotib
olish va foydalanish nuqtai nazaridan shular bilan bog„liq servislar (geoservislar)
to„g„risidagi ma‟lumotlardir.
Fundamental, bazaviy va tarmoqli fazoviy ma‟lumotlar hamda servislarning
butun to„plami o„zlariga tegishli metama‟lumotlarga ega bo„lishi zarur.
Regional FMIni yaratish va ulardan foydalanishda texnologik ta‟minot
masalalari ham muhim o„rin tutadi. Odatda, regional, ya‟ni viloyat FMIning
texnologik ta‟minoti tarkibiga quyidagilar kiradi:
–viloyat FMIning ishtirokchilari o„rtasida yagona axborot-kommunikatsiya
kengligini ta‟minlovchi telekommunikatsiya tarmog„i;
–viloyat hududi uchun yaratilgan va yaratiladigan fazoviy ma‟lumotlarning
yagona koordinata kengligini ta‟minlaydigan viloyat referents-stantsiyalar
tarmog„i;
– viloyat fazoviy ma‟lumotlari, metama‟lumotlari va ma‟lumotnomali
ma‟lumotlarining tartibli saklanishi hamda foydalanuvchilarga taqdim etilishini
ta‟minlaydigan ma‟lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi;
– fazoviy ma‟lumotlarni yaratish,faollashtirish va sifatini nazorat qilishni
ta‟minlaydigan geoaxborot tizimi ;
133
–internet tarmog„ida viloyat FMI masalalarining amalga oshirilishini
ta‟minlovchi viloyat geokartasi.
Viloyat, ya‟ni region geoportali odatda quyidagi servislar yordamida viloyat
hududi to„g„risidagi fazoviy ma‟lumotlarni qidirish, vizuallashtirish, baholash,
olish uchun internet resurs ko„rinishga ega bo„ladi:
– viloyat FMIda va internet tarmog„idagi tegishli metama‟lumotlar asosida
fazoviy ma‟lumotlar to„plamini qidirish va metama‟lumotlar mazmunini yoritish;
–ma‟lumotlarni ko„ribchiqish imkoniyatlarini ta‟minlovchi ma‟lumotlarni
vizuallashtirish, tasvirlar bo„yicha navigatsiyalash, ularni masshtablashtirish,
shuningdek, kartalar legendasini hamda ma‟lumotlar to„plamida iste‟molchini
qiziqtiradigan boshqa axborotlarni yoritish;
–o„zaro bir-birlariga mosligini ta‟minlash maqsadida fazoviy ma‟lumotlar
to„plamini transformatsiyalash imkonini beruvchi ma‟lumotlarning ko„rinishini
o„zgartirish;
–fazoviy ma‟lumotlarning to„laligi va bir-birlariga qarshi emasligini baholash;
–viloyat FMIning fazoviy ma‟lumotlaridan foydalanish bo„yicha ruxsat
etilganligi hisobiga viloyat fazoviy ma‟lumotlarining yangi to„plamini yaratish;
–viloyat geoportaliga iste‟molchilar tomonidan ma‟lumotlarni kiritish;
– ma‟lumotlarning egalari va iste‟molchilari bilan foydalanishga oid
litsenziyali bitimlarni rasmiylashtirish;
– pullik ma‟lumotlar va xizmatlarning elektron to„lovlarini o„tkazish;
– iste‟molchilar bilan teskari aloqa mexanizmi xizmatini ko„rsatish.
Shunday qilib, regional fazoviy ma‟lumotlar infratuzilmasi alohida
xususiyatga ega tuzilma bo„lib, uning maqsadi ushbu region bo„yicha (viloyat
bo„yicha) fazoviy ma‟lumotlarni yaratish, saqlash, yangilash, qidirish, nashr etish,
ushbu ma‟lumotlarni olishga imkon yaratish va almashinish uchun yagona axborot
muhitini yaratishdan iboratdir.
|