70
muddatiga vaqtning davrlari (yil, kvartal, oy ) bo„yicha loyiha pul mablag„larining
sarflanishini rejalashtirish uchun mo„ljallangan. Odatda, loyihaning birinchi yili
pul mablag„lari sarflanishi ancha keng ravishda, to„laqonli tarzda rejalashtiriladi,
pul vositalarining taqsimlanishi kvartallar, oylar bo„yicha ko„rsatiladi. Loyihaning
byudjeti shunday tuzilishi kerakki, u rejalashtirilgan vaqt intervalida loyiha
ishtirokchilarining moliyaviy resurslarga talabini to„la qondirishi zarur.
Loyiha byudjetini ishlab chiqish masalasini kun tartibiga qo„yishni
quyidagicha qarab chiqish mumkin:
Berilgan :
–bajariladigan ishlarning smeta qiymati ;
–ishlarni bajarishning kalendar rejasi;
–loyihani amalga oshirishda o„rnatilgan talablar va chegaralanishlar.
Yuqoridagilar asosida masalaning shartlarini to„la qondiruvchi loyiha
byudjetini ishlab chiqish talab qilinadi .