31- rasm. Shtangentsirkul yordamida
ichki diametrni o`lchash
Nutromer - 0,25 ...... 0,5 mm aniqlikda detallaring ichki diametrlarini (teshik va pazlarni) o`lchash uchun ishlatiladi. O`lchash lineykasi yoki mikrometr (indikator) bilan ta`minlangan.
Mikrometrlar (tekis va richagli) tashqi o`lchamlarni aniq o`lchash uchun ishlatiladi. Tekis mikrometrlar o`lchash belgisi 0,01 mm, richagli mikrometrniki esa - 0.002 mm.
Obtarozilar yog`ochli, ramali, mikrometrli, ampulali, qiyalikni o`lchaydigan turlari bo`ladi (32- rasm). har xil o`lchov belgili ampulasi bo`lgan obtarozilardan yuzalar tekisligini tekshirish va jihozni o`rnatishda gorizontallik holatini nazorat qilish uchun foydalaniladi. Ramali va brusokli obtarozilarda ampulalar bo`ylama va ko`ndalang joylashgan bo`ladi, ampulalar spirt yoki efir bilan to`ldirilgan bo`ladi. Obtarozining o`lchash belgisi deb asosiy ampulasi ichidagi havo pufakchasining 1 m da 1 mm aniqlikdagi shkalasining bir birligi darajasida siljisiga tushuniladi. Obtarozilar o`lchash belgisi a (mm/m da) ga qarab uch toifa aniqlikdagi guruhga bo`linadi: birinchi guruh 0,02-0,05; ikkinchi guruh 0,06-0,10; uchinchi guruh 0,12-0,2. Obtarozilar +35 dan -50С hararot diapazonida ishlashga mo`ljallangan. Gorizontallik holati obtarozi shkalasi ko`rsatgichiga qarab nazorat qilinadi, bunda havo pufakchasining shkaladagi nol' holatidan og`ish qiymati i aniqlanadi. Bir-biridan L masofada turgan ikki tayanch yuzalar balandligi orasidagi farq H (m da) quyidagicha aniqlanadi:
Н = а∙ i∙ L (1)
Gidrostatik obtarozi (33-rasm) ±1-2 mm aniqlikda balandlik belgilarini o`lchash uchun ishlatiladi. Gidrostatik obtarozi noldan boshlanadigan millimetrlarda belgilangan nkkita shisha trubkachadan iborat bo`lib, bu trubkachalar bir-biri orqali rezina shlang bilan bog`langan (shlang diametri 10 mm, devor qalinligi 2 mm, uzunligi 20 m gacha). Trubkachalarning ikkinchi uchi probkalar bilan yopilgan. Shlang -30 dan +500С gacha bo`lgan haroratda ishlashga layoqatli. Trubkachalar rangli suyuqlik bilan to`ldirilgan (atrof harorati t =0500С bo`lganda rangli suv yoki t = -3000С bo`lganda spirt ishlatiladi). Bu trubkachalar bir-biridan kerak bo`lgan masofaga qo`yilganda tutash idishlar qonuniga asosan trubkachalardagi suyuqlik sathi bir xil, bu ikki sathni birlashtiruvchi xayoliy chiziq gorizontal bo`ladi. Suyuqliklar balandligi qiymati farqi trubkachalar turgan ikki yuzaning gorizontallikdan og`ishini yoki vertikallik belgisining og`ishini ko`rsatadi.
Shoqul (shovul) (34-rasm) yordamida jihozlar va konstruktiv elementlarning vertikallik holati tekshiriladi.
Tekshiruvchi chizg`ich va plitalar detallar hamda yuzalar tekisligi yorug`lik tirqishi usuli, bo`yoq dog`i usuli bo`yicha tekshiriladi.
Rezba shablonlari rezba qadamini aniqlash uchun ishlatiladi (1 to`plam - metrli rezba uchun, 2 to`plam - dyuymli rez'ba uchun).

32- rasm. Obtarozilar
a- ramali; b- yog`ochli (1- korpus; 2- asosiy ampula; 3- o`rnatuvchi ampula);
c - ampulani mikrometr aniqlikda beruvchi (1 turi) (1- ampula; 2-mikrometrli vint; 3- qopqoq; 4- asos; 5-limb; 6- aylanish shkalasi; 7- optik qurilma);
d- ampulani mikrometr aniqlikda beruvchi (2 turi) (1- baraban; 2- stebel; 3- mikrometrli vint; 4- trubka; 5- asos; 6- asosiy ampula; 7- o`rnatuvchi ampula);
e- qiyalikni o`lchovchi obtarozi.
33- rasm. Gidrostatik obtarozi.
1 - korpus; 2- shkalalangan trubka; 3- rezina shlang.
34- rasm. Shoqul
1- T - simon shablon;
2- yuk; 3- ip d = 0,2 mm;
4- tekshiruv chizig`i.
Shuplar detallar orasidagi tirqishni o`lchash uchun ishlatiladi. Ular qalinligi 0,02 dan 0,1 mm gacha, plastinkachalar uzunligi 100 va 200 mm bo`ladi. 100 mm li shuplar 4 ta to`plamdan iborat, 200 mm li shuplar alohida plastina shaklida bo`ladi.
ASOSIY TAYANCH IBORALAR:
1. Ko’tarish kranlari;
2. Yuklagichlar, traktor va tyagachlar;
3. Elektrotelfer, tal, lebyodka, ko`targich, kran-telejka;
4. Montaj machtalari, bloklar, polispastlar, stroplar, traverslar, qamragichlar, kanatlar ;
|
5. Po’lat prokat profillari;
6. Zichlagich materiallar, salniklar;
7. Moylovchi materiallar;
8. Chilahgarlik asboblari
9. O’lchash-tekshirish asboblari
|
ASOSIY TAYANCH TUSHUNCHALAR:
*O`rnatish, jihozlardan foydalanish va ta`mirlash ishlarining samaradorligi va sifati shu ishni bajarishda ishlatiladigan mashina va mexanizmlar, moslamalar, asboblar va materiallarga bog`liq bo`ladi.
*Jihozlarni tashish va ko`tarish uchun quyidagi mashina va mexanizmlar ishlatiladi: o`zi yurar strelali kranlar (avtomobil, zanjirli, pnevmog`altakli), to’rt oyoqli (козловой), ko`prikli (мостовой) va minorali (башенный) kranlar, yuklagichlar (погрузчик), traktor va tyagachlar, elektrotelfer, tal, lebyodka, ko`targich (домкрат), kran-telejka va boshqalar.
*Takelaj (montaj) moslamalariga montaj machtalari, bloklar, polispastlar, stroplar, traverslar, amragichlar va kanatlar kiradi.
*Texnologik jihozlarni o`rnatishda, metallkonstruktsiyalar yasashda, yeyilgan detallar o`rniga yangi detal yasashda po`lat, rangli metallar va qorishmalar ishlatiladi. Po`lat kimyoviy tarkibi bo`yicha uglerodli va legirlangan po`latga bo`linadi.
* Sanoatda prokat profillaridan kvadrat, dumaloq, polosa, burchakli, qo`shtavrli, shveller va relslar ishlatiladi.
*Jihozlarni o`rnatish, ishga tushirish va ta`mirlashda quyidagi yordamchi materiallar ishlatiladi: bolt, gayka va shayba, prokladka (qistirma) va uriladigan salnik materiallar, moylaydigan, tozalaydigan va abraziv materiallar.
*O`rnatish va ta`mirlashda ishlatiladigan o`lchash asboblariga ruletka, yig`iladigan metall metr, metall chizg`ich, shtangentsirkul', nutromer, mikrometr, har xil obtarozilar, shoqul, tekshiruvchi lineyka và plitalar, rezbali shablonlar, shuplar va boshqalar kiradi.
TAKRORLASH VA MUNOZARA UCHUN SAVOLLAR
-
O’rnatish mashina va mexanizmlariga nimalar kiradi?
-
Montaj ishlarini bajarishda qaysi vosita bilan jihoz gorizontallik holati tekshiriladi?
-
Qaysi vosita bilan jihozning vertikallik holati tekshiriladi?
-
Montaj ishlarini bajarishda qaysi vosita bilan bir-biridan uzoqda joylashgan jihozlar gorizontallik holati tekshiriladi?
-
Montaj ko`targichlariga misollar keltiring.
-
Lebyodka va tal ishlash printsipini tushuntiring.
-
Qaysi mexanizm yukni ham gorizontal, ham vertikal harakatlantirishda ishlatiladi?
-
O’rnatish, foydalanish va ta’mirlashda ishlatiladigan materiallar va ularninig xususiyatlari?
-
O’rnatish, foydalanish va ta’mirlashda ishlatiladigan asboblar.
-
O’rnatish, foydalanish va ta’mirlashda ishlatiladigan o’lchash asboblari haqida ma’lumot bering.
O`QUV-USLUBIY TARQATMA MATERIALLARIGA MISOLLAR:
-
Tayanch ibora va tushunchalar.
-
Mavzu bo`yicha asosiy formulalar va jadvallar yozuvi.
-
Mavzu bo`yicha asosiy rasmlar.
|