9-modda.
Axborot resurslari va axborot tizimlariga
bo‘lgan mulk huquqi
0 ‘zbekiston Respublikasida axborot
resurslari va axborot
tizimlari ommaviy hamda xususiy mulk bo‘lishi mumkin.
Axborot resurslari va axborot tizimlariga bo‘lgan mulk huqu-
qining vujudga kelishiga quyidagilar asos bo‘ladi:
— axborot resurslari hamda axborot tizimlarining davlat bud-
jeti mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z mablag‘lari
yoki qonun hujjatlari bilan taqiqlanm agan boshqa manbalar
hisobidan yaratilishi;
— axborot resurslari va axborot tizimlariga bo‘lgan mulk
huquqining o‘zga shaxsga o‘tishi shartlarini o ‘z ichiga olgan
oldi-
sotdi shartnomasi yoki boshqa bitim; meros olish.
Qonunda axborot resurslari va axborot tizimlariga bo‘lgan
mulk huquqi vujudga kelishining boshqa asoslari ham nazarda
tutilishi mumkin.
10-modda.
Davlat axborot resurslari
Davlat axborot resurslari quyidagilardan shakllantiriladi: dav
lat organlarining axborot resurslaridan; yuridik va jismoniy shaxs
larning davlat budjeti mablag‘lari hisobidan yaratilgan axborot
resurslaridan;
— yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari hamda maxfiy
axborotni o ‘z ichiga olgan axborot resurslaridan;
— yuridik va jismoniy shaxslarning belgilangan tartibda taqdim
etiladigan hujyatlashtirilgan axborotidan.
Yuridik va jismoniy shaxslar hujjatlashtirilgan axborotni davlat
axborot resurslarini shakllantirish uchun
tegishli davlat organ-
lariga belgilangan tartibda taqdim etishi shart.
Yuridik va jismoniy shaxslarning hujjatlashtirilgan axborotni
majburiy taqdim etish tartibi, davlat axborot resurslarini shakl
lantirish hamda ulardan foydalanish uchun mas’ul davlat organ
larining ro‘yxati 0 ‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadi.
24
-
403
369
www.ziyouz.com kutubxonasi
Davlat sirlari va maxfiy axborot jumlasiga kiritilgan axborotni
taqdim etish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.