15-bob.
AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARINING
TURIGA KO‘RA TARKIBIY BO‘LINMALARI,
ULARNING VAZIFALARI VA Q‘ZARO ALOQASI
Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatuvchi muassasalar
turiga ko‘ra, ish tashkil etiladi, faoliyatni ixcham, to ‘g‘ri,
rejalashtirilgan va ma’lum bir tartibda olib borish, ishning sifatini
va samarasini oshirish
maqsadida ishning toifasi, bir-biriga
mazmunan va funksiyasiga bog‘liq holda mosligi, ishlarning turiga
qarab, bo‘limlar tashkil etiladi. Bo‘lim faoliyatini boiim boshligM
boshqaradi. Har bir bo‘limning
ishi yillik, choraklik, oylik ish
rejalari asosida olib boriladi va shunga ko‘ra hisob ishlari yuritiladi.
Axborot-kutubxona muassasalari
faoliyatida quyidagi zarur
hujjatlar yuritiladi: kutubxonaning yuqori tashkilot tomonidan
tasdiqlangan nizomi, kutubxona direktori tasdiqlagan bo‘limlarning
nizomi, kutubxonadan foydalanish to‘g‘risidagi qoidalar (yuqori
tashkilot tasdiqlaydi), kutubxona direktori tasdiqlagan har bir
xodimning lavozim yo‘riqnomalari, ishning
asosiy turlari va ayrim
texnologik jarayonlar uchun tuzilgan yo‘riqnomalar, ma’lumot-
noma-bibUografik devondan foydalanish qoidalari va ishda zarur
boshqa texnologik qoidalar, vaqt me’yorlari, ish me’yorlari, pulli
xizmat ko‘rsatish to ‘g‘risidagi
yuqori tashkilot tomonidan
tasdiqlangan nizom, ichki mehnat intizomi to‘g‘risidagi qoidalar,
jamoa shartnomasi, kutubxonachilik ishiga oid standartlar.
Har bir AKMning tarkibiy bo‘linmalari davr talablari, ku
tubxona faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, oldida turgan vazi-
falari va yana ko‘plab ichki va tashqi ta’sir omillaridan kelib chiqib
o‘zgaradi, takomillashib boradi.
Hozirgi kunga kelib, qator qabul
qilingan qarorlar asosida
Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasida
bo‘limlar soni, nomlanishi, ularning vazifalari ancha takomil-
248
www.ziyouz.com kutubxonasi
lashdi. Bunga 2012-yil 20-martda qabul qilingan 1729-sonli Qaror
hamda 2012-yil 2-aprelda shu Qaroming ijrosi bo‘yicha Vazirlar
Mahkamasining «Respublika Prezidentining «Alisher Navoiy
nomidagi 0 ‘zbekiston milliy kutubxonasi axborot-resurs markazi
faoliyatini tashkil etish choralari to‘g‘risida»gi Qarorini amaliyotga
joriy etish to‘g‘risida»gi qarori asos bo‘ldi.