Международный научный журнал № 10(100), часть 3
«Научный импульс» Мая , 2023
2004
KRIDIT MODUL TIZIMINING QULAYLIK TOMONLARI
Andijon Qishloq xoʻjaligi va Agrotexnologiyalar instituti Agrobialogiya
fakulteti Professional taʼlim yoʻnalishi 1.14 guruh talabasi
Abduraxmonova Risligʻoy Ravshanbek qizi
Annotasiya: Kredit-modul tizimi- Oʻzbekistondagi oliy taʼlimning oʻlchov birligi
hisoblanadi. Unga koʻra, universitetda oʻtiladigan har bir fan undagi oʻqish yuklamasi
miqdoriga qarab, kreditlarda aks etadi. Masalan, har bir fan oʻrtacha 5, 6 yoki 7,5
kreditlarda aks etishi mumkin. Talaba esa har semestr, oʻquv yilida muayyan miqdorda
kreditlar toʻplab borishi mumkin va bu miqdorga qarab, unga bakalavr yoki magistr
darajasi beriladi.
Kalit soʻzlar: Kridit modul , modul, kridit , talaba , magistir, mustaqil taʼlim.
Shavkat Mirziyoyev tomonidan 8-oktabr kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi
oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
farmonda “respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan
tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education
yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy
ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish va oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini
bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish”
Shuningdek, 2030-yilga qadar respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasasi (OTM)ning
85 foizi, jumladan, 2020/2021-o‘quv yilining o‘zida 33 ta oliy ta’lim dargohini kredit-modul
tizimiga o‘tkazish ko‘rsatib o‘tilgandi.
“Xalq so‘zi Online” TDIU “Universitet 3.0” xalqaro o‘quv, ilmiy-innovatsion tadqiqotlar
markazi direktori, i.f.d., dotsent Sherzod Mustafaqulov hamda ushbu universitetning
Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i, PhD Mansur Sultonov bilan suhbat
uyushtirib, ushbu suhbat asosida kredit-modul tizimidan ko‘zlangan maqsad, uning afzalligi
va salbiy jihatlari, bugun va kelajak uchun qay darajada foyda keltirishi haqida maqola e’lon
qildi.
Kredit-modul tizimi, bu — ta’limni tashkil etish jarayoni bo‘lib, o‘qitishning modul
texnologiyalari jamlamasi va kredit o‘lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir
butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida
ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlash;
talabalar bilimini reyting asosida baholash.
Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar e’tirof etiladi:
o‘quv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;
bitta fan, kurs (kredit)ning qiymatini aniqlash;
talabalar bilimini reyting ball asosida baholash;
talabalarga o‘zlarining o‘quv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish;
Международный научный журнал № 10(100), часть 3
«Научный импульс» Мая , 2023
2005
ta’lim jarayonida mustaqil ta’lim olishning ulushini oshirish;
ta’lim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qo‘yilgan talabdan
kelib chiqib o‘zgartirish mumkinligi.
Yuqoridagilar dars mashg‘ulotlarini nafaqat o‘qitishni innovatsion ta’lim
texnologiyalari asosida olib borish, balki talabadan mustaqil o‘qib-o‘rganish, ta’limga
yangicha munosabatda bo‘lish, mehnat bozori talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur
nazariy bilimlarni egallash, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘rgatishdan iboratdir.
Muxtasar aytganda, mazkur tizim talabaning kasbiy rivojlanishi va kamolotiga
yo‘naltirilgan. Ilm sohibining butun hayoti davomida bilim olishini ta’minlashga hamda
mehnat bozori va zamonaviy talablarga javob bera oladigan inson kapitalini
shakllantirishga qaratilgandir.
Keling, shu o‘rinda modul va kredit tushunchalari mohiyatiga qisqacha to‘xtalib
o‘tamiz.
Modul — bu, bir nechta fan hamda kurslar o‘rganiladigan o‘quv rejasining bir qismi. U
talabalarda ma’lum bir bilim va ko‘nikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish
salohiyatiga ega bo‘lishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi. Bunda
o‘qituvchi o‘quv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video hamda audio ma’ruzalar o‘qiydi,
talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil
o‘rganadi hamda berilgan topshiriqlarni bajaradi.
Kredit-modul tizimi- Oʻzbekistondagi oliy taʼlimning oʻlchov birligi hisoblanadi. Unga
koʻra, universitetda oʻtiladigan har bir fan undagi oʻqish yuklamasi miqdoriga qarab,
kreditlarda aks etadi. Masalan, har bir fan oʻrtacha 5, 6 yoki 7,5 kreditlarda aks etishi
mumkin. Talaba esa har semestr, oʻquv yilida muayyan miqdorda kreditlar toʻplab borishi
mumkin va bu miqdorga qarab, unga bakalavr yoki magistr darajasi beriladi.
Xorijiy tajribaga ko‘ra, kredit-modul tizimida o‘quv jarayoni har semestrda 2—4
tagacha moduldan iborat bo‘ladi. Modulda jamlangan fanlar osondan murakkablik sari,
nazariy-uslubiy fanlardan amaliy fanlarga qarab hamda mantiqiy jihatdan bir-birini o‘zaro
uzviy to‘ldirish prinsipi asosida shakllantiriladi. Talaba mutaxassis bo‘lib shakllanishi uchun
nafaqat axborotlar, balki ularni qayta ishlash, amaliyotga joriy qila olish malakasiga ega
bo‘lishi talab etiladi.Modulga asoslangan o‘quv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab
chiqiladi va quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:
o‘quv maqsadi hamda vazifalarning to‘liq ochib berilishi;
talabaning fanni (kursni) boshlashi va tugatishidan keyingi orttirishi lozim bo‘ladigan
malakasiga qo‘yiladigan talablar;
modul tarkibiga kirgan har bir fanning qisqacha mazmuni (sillabus), ya’ni ma’ruzalar
mavzulari, seminar va amaliy mashg‘ulotlarning rejasi, mustaqil ta’limni baholash uchun
mo‘ljallangan topshiriqlar;
o‘qitishning qisqacha bayoni: ta’lim berish usul hamda vositalari; bilimlarni
baholashning usul va shakllaridan iborat.
Международный научный журнал № 10(100), часть 3
«Научный импульс» Мая , 2023
2006
Modul asosida o‘qitish tizimida talabalar bilimi, malakasi hamda ko‘nikmasini
baholashda reyting baholash tizimidan foydalaniladi. Unda talabaning barcha o‘quv
faoliyati, ya’ni auditoriya va auditoriyadan tashqarida olgan, o‘zlashtirgan bilimlari ball
berish orqali baholanadi.
Kredit (credit) — talabaning alohida ta’lim yo‘nalishi yoki dasturi (kurs) bo‘yicha
fanlarni o‘qib o‘rganishi va o‘zlashtirishi uchun sarflangan o‘quv yuklamasining (vaqtning)
o‘lchov birligidir. Kredit — talabaning me’yoriy hujjat bilan belgilangan, odatda bir hafta
davomida auditoriyada va mustaqil ravishda ta’lim olishi uchun ajratilgan minimal vaqt
o‘lchovidir. Talabaga kredit ma’lum bir fandan belgilangan topshiriqlarni bajarib, yakuniy
imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng beriladi.
Har bir talaba kelajakda tanlagan yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha diplomga ega
bo‘lishi uchun kreditlarni yig‘ib borishi lozim. To‘plangan kredit talabaga butun umr
davomida o‘zining malakasini oshirib borish yoki qo‘shimcha oliy ma’lumot olishiga xizmat
qilib boraveradi. Iqtisodiy tilda aytganda, to‘plangan kredit talabaning akademik “aktivi”ga
aylanib boradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :
1. w.w.w.daryo.uz
2. w.w.w.uz.m.vikipedia.org
3. w.w.w.marifat.uz
4. w.w.w.xs.uz
|