KORPUS LINGVISTIKASI
Manzura Abjalova
~ 83 ~
dasturlash tillari, Bootstrap5, JQUERY
dizayn frameworklaridan
foydalanildi. Python dasturlash tili hamda Django frameworki orqali
Alisher Navoiy korpusidagi umumiy va maxsus qidiruv qismi,
g‘azallardagi izohtalab so‘zlar ustiga bosilganda
semantik tegining
ekranda namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Interfeys – bu korpus haqidagi
birinchi taassurot hisoblanganligi uchun, uning mukammalligini, o‘ziga
xos dizaynda yaratishni ta’minlash o‘ta muhim jarayon. Alisher Navoiy
mualliflik korpusi interfeysini tuzishda
milliy va shu bilan birga,
zamonaviy xususiyatlar hisobga olindi.
Korpus foydalanuvchilari.
Korpusdan nafaqat adabiyotshunoslar
va tilshunoslar,
balki barcha soha vakillari, shuningdek, abituriyent va
tadqiqotchilar, Alisher Navoiy shaxsi va ijodiga
qiziquvchi xorijliklar
ham foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘zbek kompyuter va korpus
lingvistikasini targ‘ib etish hamda rivojlantirishga, ta’lim jarayoni va
tadqiqot
ishlarini yuksaltirishga, barcha yoshdagi mutaxassislarning
ta’limiy ehtiyojini qondirishga, so‘z
boyligi hamda savodxonlikni
oshirishga qaratilgan zamonaviy mualliflik korpusi yaratilib, amaliyotga
tatbiq etildi.