|
Motorni ishga tushirish reaktorining parametrlarini hisoblash
|
bet | 10/10 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 1,3 Mb. | | #119968 |
Bog'liq variant 5Motorni ishga tushirish reaktorining parametrlarini hisoblash.
Quyidagi rasmda rotorning bir fazasiga reactor hamda tashqi qarshilik kiritilgan
sxema va unga ekvivalent bo’lgan sxema ko’rsatilgan.
Bunda :
Bu yerda r=
Reaktor parametrlarmi osongina topish uchun ularm, taxminan, quyidagicha qabul
qilinadi: So'ngra, turli sirpanishlarga tegishli va lar topilib, tavsif quriladi.
Biror talabga muvofiq tavsif olish uchun esa, reaktor parametrlarini bir oz
o'zgartirish lozim.
Katta quwath, past kuchlanishh motorlarni salt ish rejimida yoki kichik yuklamada
ishga tushirish lozim bo'lsa, u holda /b ni kamaytirish uchun stator chulg'amiga Rt ni
kiritish lozim. Yuqori kuchlanishh motorlar uchun esa reaktor qo'llanilishi lozim.
Motoming ishga tushirish tokini chegaralamay, faqat momentini kamaytirish lozim
bo'lsa, u holda statoming bir fazasiga Rt ni kiritish kifoya. Bu oddiy va tejamli usulni
kichik va o'rta quwatli stanoklar, kranlar va transport mexanizmlari elektr
yuritmalarida qo'llanilishi tavsiya qilinadi
Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorni ishga tushirish.
Qisqa tutashtirilgan rotorli motorli bevosita elektr tarmog'iga ulab ishga tushirish
mumkin. Bunday ishga tushirish jarayonining 05÷1 sekund davom etuvchi dastlabki
onlarida motor qisqa tutashish rejimida ishlab, uning toki ( ) nominalga nisbatan
5÷10 marta katta bo‘ladi. Motorning bir necha sekund davom etuvchi ishga tushirish
jarayoni tugashi bilan uning toki qarshilik momenti ( ) ga binoan aniqlanuvchi
gacha kamayadi. Shu sababli ishga tushirish toki dastlabki qiymatining
nominalga nisbatan 5÷10 marta katta bo'lishi motor uchun xavfli emas. Lekin
bunday motorlar elektr tarmog'iga ko‘p marta ulab-uzilsa (ulanish soni katta bo'lsa)
u holda, motor tok ta’sirida haddan tashqari qizib ketishi mumkin. Shunga ko'ra,
qisqa tutashtirilgan rotor motorlar elektr tarmog'iga ulanish soni katta bo'lgan
elektr yuritmalarda qo'llanilmaydi. Ayniqsa, katta quvvatli motorlar ishga
tushirilganda ning ta’sirida elektr tarmog'idagi kuchlanish U ni qiymati kuchlanish
pasayishi ∆U kattaligi sababidan sezilarli darajada kamayib ketishi mumkin. Bunda,
M ning ga mutanosib bo'lganligi uchun,elektr tarmoqqa ulanib, ma’lum
yuklamada ishlab turgan asinxron motorlaming sirpanishi ortib ketishi va, hatto,
ba’zilari o‘z-o‘zidan to'xtab qolishi, kuchlanish tiklanishi bilan ularning yana aylanib
ketishi xavfi tug'iladi. Demak, motorni eng oddiy usul, ya’ni uni bevosita elektr
tarmoqqa ulash bilan ishga tushirish, ayrim hollarda, mumkin bo'lmaydi. Qisqa
tutashtirilgan rotorli motorni bevosita elektr tarmoqqa ulab, ishga tushirishda
≤25% bo'lishiga rioya qihsh lozim, bunda — motoming quvvati; —
motor ulangan elektr tarmog'idagi transformatoming quvvati. Agar bu elektr
tarmog'iga motorlar bilan birga yomg'lik lampalari ham ulansa, u holda,
< 5% bo'lishi lozim. Hozirgi paytda bir necha ming kW quwatga ega bo'lgan
motorlarni bevosita elektr tarmog'iga ulab ishlatish mumkin. Qishloq xo'jaligida va
qurilishlarda ishlatiladigan asinxron motorlarini ko'pincha kichik quvvatli tok
manbalardan foydalanib ishga tushiriladi. Qisqa tutashgan rotorli motorni
bevosita,elektr tarmog'iga ulab ishga tushirish imkoniyati bo'lmasa, u holda , ning
qiymati kamayadi.
Motorni ishga tushirishda stator chulg'amidan o'tadigan tokning qiymati reaktor va
aktiv qarshilikni ulash usullaridagi tok qiymatiga teng bo‘lsada, ammo elektr
tarmog'idagi tok qiymati ularga nisbatan k marta kam bo'ladi. Bu esa uning asosiy
afzalligidir. Ammo, bu usul bilan motomi ishga tushirish ancha qimmatga tushadi.
Shuning uchun, motomi avtotransformator orqali ishga tushirish usuli, M ma’lum
qiymatgacha kamaytirilganda, elektr tarmog‘idagi tokning qiymati yetarlicha
kamaymaganda, kata quvvatli yuqori kuchlanishli motorlarda qo'llaniladi. Qisqa
tutashtirilgan rotorli motorlarda tokining kamayishi bilan ning kamayishi,
ba’zi mashinalarda, masalan, ip yigiruv yoki qog'oz tayyorlash mashinalaming elektr
yuritmalarida juda qulay keladi, ya’ni bunda uzatuvchi va ish mexanizmiga xavfli
darajada ta’sir etuvchi siltanishlar hosil bo‘lmaydi. Ammo, ayrim mexanizm elektr
yuritmalarida esa ning katta qiymati bilan tez-tez ishga tushirish talab qilinadi.
Bunda, nisbatan kata va nisbatan kichik li maxsus tuzihshga ega bo'lgan
qisqa tutashtirilgan rotorli motorlar qo'llaniladi. Bunday motorlarning rotori,
konsentrik ravishda o'rnatilgan qo‘sh katakli yoki chuqur pazlarga o'matilgan jezdan
yasalgan to‘g‘ri to'rtburchak shaklidagi steijenlardan iborat qisqa tutashtirilgan
chulg'amlarga ega bo'ladi.
XULOSA
Men bu kurs ishida elektr yuritmalarni elektr energiyani mexanik energiyaga o’zgartirishi uchun va mashina-mexanizmlarning ishchi organlarini xaraktlantirish uchun xizmat qiladigan elektr qurilmaga ekanlihini bilib oldim .
Undan tashqari men mashina va mexanizmlar, ishlab chiqarish liniyalarini texnologik ko’rsatkichlari asosan ularda qo’llaniladigan elektr yuritmalarning texnik xarakteristikalari bilan tanishib oldim. Ma’lumki, elektr yuritma har qanday sanoat qurilmasining asosiy elementidir. SHuning uchun turli mashinalar yaratish ulardagi elektr jihozlari, shu jumladan elektr yuritmalarni hisoblash va loyixalashtirish bilan bevosita bog’liq bo’lishini bilib oldim.
Kurs ishini bajarish jarayonida men elektr yuritmalarning dvigatel va generator rejimlaridagi elektromexanik xususiyatlarini, boshqarish usullarini tahlil va tadqiqot qilish bo’yicha amaliy ko’nikma va malaka hosil qildim.
Kurs ishini bajarishda elektr yuritma asoslari bo’yicha elektr motorlarni ishga tushirishni va ular haqida ko’p ma’lumotlarga ega bo’ldim.Undan tashqari men elektr motorlarni ishga tushirishda ularning avzallik va kamchiliklari haqida ma’lumotlarga ega bo’ldim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Xoshimov O., “Elektr mashinalari va elektr yuritma asoslari”. –Toshkent, 2010.
2.Nаsriddinоv Sh.G’.,”Kоn elеktrоtехnikаsi” 1-qism. «Kоn mаshinа vа mехаnizmlаrinining elеktr yuritmа аsоslаri”-T.:1994..
3.Ляхомский А.В., Фащиленко В.Н., Управление электромеханическими системами горных машин.-М.: Горная книга, 2004.
4.Оlimхо’jаеv K.T. “Elеktr mаshinаlаr trаnsfоrmаtоrlаr”. -T.:1995.
5.Salimov J.S., Pirmatov N.B., Bekchanov B.E. “Transformatorlar va avtotransformatorlar”.-T.: 2009.
6. И.П.Копылов. “Электрические машины”, Москва, 2000.
|
| |