• Maxsus dasturiy ta’minot.
  • Kompyuterning apparat qismiga profilaktik xizmat qanday amalga oshiriladi




    Download 424,16 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/7
    Sana25.06.2024
    Hajmi424,16 Kb.
    #265548
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    amaliy 2

    Umumiy tizimli dasturiy ta’minot.
    Ularga foydalanuvchiga mo’ljallangan va 
    axborotni qayta ishlashning an’anaviy vazifalarini hal etish uchun belgilangan 
    dasturlar kompleksi kiradi. Ular kompyuterlarning imkoniyatlarini kengaytirish, 
    ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonini boshqarish va nazorat qilishga xizmat 
    qiladi. 
    Maxsus dasturiy ta’minot.
    Aniq bir dasturiy tizimni yaratishda ishlab chiqilgan 
    dasturlar majmuini ifoda qiladi. Uning tarkibiga turli darajada o’xshash ishlab 
    chiqilgan modellar, ma’lum bir obyektning ishlashini aks ettiruvchi amaliy 
    dasturlar paketi kiradi. 
    Dasturlarning turli xillari mavjud bo’lib, ularning har biri ma’lum bir ishni 
    bajarishga mo’ljallangan. Lekin insonlarga o’xshab, EHM lar ham qandaydir 
    ko’rsatmalarga yoki dasturiy ta’minotga muhtoj bo’ladi, chunki busiz ularning 
    ishini, ichki va tashqi xotiralar bilan ishlashni, qo’shimcha qurilmalarga murojaat 
    qilishni, foydalanuvchilar bilan muloqotni va kompyuter tarkibiy qismlarining bir 
    maromda ishlashini ta’minlash mumkin emas. 
    EHMdan foydalanish samaradorligini oshirishga, uni ishlatishni yengillashadi 
    va foydalanuvchilar dasturlarini tayyorlashni osonlashtirishga mo’ljallangan dastur 
    vositalari kompleksiga dasturiy ta’minot tizimi (DTT) deb yuritiladi. EHMning 
    DTT o’z ichiga turli xil dasturlar to’plamini oladi. Dasturlashni avtomatlashtirish 
    tizimi (DAT) foydalanuvchilar dasturlarini yaratish jarayonini yengillashtirish va 
    avtomatlashtirishga mo’ljallangan bo’lib, DTT ning bir qismi hisoblanadi. 
    Rivojlangan DATlar dasturlashtirish tillari, translyatorlar va sozlash dasturlarini 
    o’z ichiga oladi. Sozlash dasturlari tuzilgan dasturlar ishining to’g’riligini 
    tekshirish va xatolarni topish uchun ishlatiladi. 


    EHMda masalalarni yechish jarayonini ta’minlash va uni osonlashtirish uchun 
    operatsion tizim deb ataluvchi dasturlar kompleksi ishlatilib, u boshqaruvchi va 
    qayta ishlovchi dasturlar guruhidan iborat. 
    Boshqaruvchi dasturlar EHM qurilmalari ishini boshqaradi, ya’ni EHM qurilmalari 
    ishini, kiritish, tayyorlash va boshqa dasturlarning bajarilishini tashkil qiladi va 
    boshqaradi. 
    Qayta ishlovchi dasturlar ma’lumotni qayta ishlash bilan boliq yangi 
    dasturlarni EHMda ishga tushirib, masalalarni yechishga va boshlanich 
    ma’lumotlarni tayyorlash ishlarini bajarishga xizmat qiladi.
    Texnik xizmat qilish dasturlari EHM ning profilaktika ishlarida, diagnostika 
    masalalarini yechishda va undagi nosozliklarni aniqlashda hamda boshqa 
    maqsadlarda ishlatiladi. 
    Amaliy dastur paketlari tarkibiga insonning kundalik amaliy faoliyatida 
    vujudga keladigan ilmiy, texnik, moliyaviy va turli-tuman iqtisodiy masalalarni 
    yechishga mo’ljallangan, operatsion tizim imkoniyatlarini va funktsiyasini 
    kengaytirishga hamda boshqa bir qancha konkret maqsadlarga mo’ljallangan 
    dasturlar kompleksi kiradi. 
    Yuqorida tasvirda ko’rsatilgan translyatorlar amaliy dasturlarni algoritmik tillardan 
    mashina tiliga o’giruvchi tarjimon dasturlardir. Ular ikki xil bo’ladi: 
    kompilyatorlar va interpretatorlar. 
     Interpretatorlar
    dasturlashtirish tilida yozilgan dasturni bosqichma-bosqich 
    (yoki qatorma-qator) mashina tiliga o’girib va darhol bajarib borsa, kompilyatorlar 
    esa butun dasturni birdaniga mashina tiliga o’giradi va agarda uning xatosi yoki 
    kamchiligi bo’lmasa, uni bajarishni amalga oshiradi. 
    Bir marta kompilyatsiya qilingan dastur boshqa kompilyatsiya qilinmaydi, 
    negaki uning natijasi ishlovchi dasturni hosil qiladi. Interpretatorda esa dastur har 
    bir bajarilishida qaytadan mashina tiliga o’giriladi va bosqichma-bosqich bajarib 
    boriladi. 
    Xususiy kompyuterning ham foydalanuvchi uchun qulay va samarador 
    bo’lishi unda qanday dasturiy ta’minot mavjudligi bilan aniqlanadi. Lekin 
    dasturviy ta’minotning qanday turlari foydalanuvchi uchun zarur bo’lishi uning 
    qaysi sohada faoliyat ko’rsatishi bilan aniqlanadi. Endi o’zingizni iqtisod sohasida 
    faoliyat ko’rsatayotgan mutaxassis sifatida faraz qilgan holda qaysi turdagi 
    dasturviy ta’minot Sizning kundalik ishlarni bajarishingiz uchun kerak bo’lishini 
    o’ylab topishga harakat qiling. Kompyuter ishlaganda uni boshqarish uchun kerak 
    bo’ladigan dasturlar bilan amaliyotda qo’llaniladigan dasturlar orasida qanday farq 
    bo’lishi mumkin? 
    Kompyuterning dasturviy ta’minoti ularning qo’llash samaradorligini 
    oshirish, undan foydalanishni osonlashtirish va foydalanuvchilar dasturlarini 
    tayyorlashning mehnat sarfini kamaytirishi uchun mo’ljallangan dasturlar 
    tizimidan iborat. 
    Kompyuter sxemalari, an’anaviy strukturaga ko’ra dasturiy model asosida 
    quriladi, harakat qilishga undovchi xotira va qurilma boshqaruvchisidan tashkil 
    topgan. 


    Katta hajmdagi mantiqiy sintez qadamlarini qo’l mehnati va 
    avtomatlashtirilgan kodlash va otladka vositalarini qo’llab-quvvatlaydi.
    Kodlash va otladka mikroprogramma loyihasida xuddi mustaqil ish qismi 
    sifatida amalga oshiriladi. Mavjud foydalaniladigan va keng tarqalgan 
    loyihalashtirilgan tizimlaridan biri, PLIS firmasining Altera yoki uning 
    kengaytirilgan va professional versiyasi Cuartusga asoslangan MaxPlus [2,3] 
    hisoblanadi. PLIS ning yuqori murakkabligi, bitta loyihada bir kristalli kompyuter 
    sxemasini bajarilishi uchun imkon beradi. 
    PLIS ning yaxlitlangan parametrlari FLEX10K seriyasining yuqori 
    murakkabligi quyidagi jadvalda berilgan: 
    Device 
    LCells 
    Flipflops 
    Memory bits 
    I/O 
    EPF10K100E 
    5000 
    5400 
    50000 
    270 
    200E 
    10000 
    10200 
    100000 
    460 
    LCell- yacheyka (mantiqiy murakkabligini o’lchash birligi), taxminan bitta 
    triggerga yoki xotiraning 10 bitiga ekvivalent. 
    Biroq, bitta PLIS, MCS51ning barcha resurslarini amalga oshirish uchun yetarli 
    emas: 

    Download 424,16 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 424,16 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuterning apparat qismiga profilaktik xizmat qanday amalga oshiriladi

    Download 424,16 Kb.
    Pdf ko'rish