• Amaliyot o’tash tashkilotidagi qurilmalar.
  • Printer ustida amallar bajarish. Printer
  • Kompyuter injenering at-servis” fakulteti 030-19 guruh talabasi Orziyev Shoxruxning Bitiruv oldi amaliyotdan tayyorlagan hisoboti




    Download 2,31 Mb.
    bet3/13
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,31 Mb.
    #246289
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Orziyev Shoxrux Amaliyot (2)

    Xavfsizlik texnikasi
    Elektr va aloqa ishchi xizmatchilari uchun mehnatni muxofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha umumiy qoidalar va talablar:
    Aloqa sohasidagi ishchi xizmatchilar, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha kirish, ish joylarida tushuntirish qoidalaridan hamda bilim sinovidan o‘tgan, asbob uskuna, maxsus kiyim va himoya vositalari to‘liq va yaroqli bo‘lgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan holda 18 yoshga to‘lgan shaxslarga ishlab chiqarishga ruxsat etiladi.
    Ish davomida spirtli ichimliklarni ichmaslik, giyohvandlik moddalarini iste’mol qilmaslik, mehnat qonunlarida xavfsizlik texnika qoidalariga rioya qilish lozim.
    Amaliyotga va ishga kelgan, o‘quvchi sifatida ishni boshlagan ishchi-xizmatchi tajribali ishchilar tomonidan ish joyidagi yo‘riqnomadan o‘tkazilib, ikki smenadan o‘n to‘rt smenagacha bilim sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng mustaqil ishga ruxsat etiladi.

    Amaliyot o’tash tashkilotidagi qurilmalar.
    Men amaliyot o’tagan “Qashqadaryo Radioteleuzatish Markazi” teleradiosignallarni uzatish bilan shug’ullanadi. Korxonada 10ta kompyuter, 10ta printer tarmoq qurilmalari va boshqa qo’shimcha qurilmalar bor ekan. Korxonadagi ba’zi qurilmalar bilan jumladan kompyuter, printer va tarmoq qurilmalari bilan ishlab amaliy bilimlarga ega bo’ldim. Kompyuter dasturlarida amallar bajardik, printerda chop etish hamda plotter vazifasi haqida o’rgandim va amaliyotda sinab ko’rdim.


    Printer ustida amallar bajarish.
    Printer — kompyuterda matn yoki grafik (rasm, sxema) tarzidagi maʼlumotlarni qogʻozga chiqarish (chop qilish) uchun moʻljallangan bosish qurilmasi. Maʼlumotlar qogʻozga (baʼzan, plyonkaga) oq-qora yoki rangli tarzda chop qilinishi mumkin. Shu jihatdan printerlar bir-biridan farq qiladi. Ularning koʻp turlari mavjud, lekin matritsali, purkagichli va lazerli turlari keng tarqalgan. Matritsali printerlarda bosiladigan maʼlumotlar nuqtalar majmui (kombinatsiyasi) dan hosil boʻladi. Shu tufayli, ularning bosish sifati purkagichli va lazerli printerlarnikiga nisbatan pastroq boʻladi. Purkagichli printerlarda maʼlumotlar maxsus „siyoxdonlar“ yordamida, yaʼni boʻyoq (siyoh) tomchilarini purkash yoʻli bilan qogʻozga bosiladi. Lazerli printerlar maxsus lazerli qurilma yordamida oq-qora yoki rangli qilib bosish imkoniga ega. Bunday printerda bosilayotgan nusxalar sifatli boʻlib chiqadi.

    Download 2,31 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 2,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter injenering at-servis” fakulteti 030-19 guruh talabasi Orziyev Shoxruxning Bitiruv oldi amaliyotdan tayyorlagan hisoboti

    Download 2,31 Mb.