|
Xususiyatlar satrida quydagilar faol bo’ladi
|
bet | 11/16 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 2,37 Mb. | | #99233 |
Bog'liq rasrerXususiyatlar satrida quydagilar faol bo’ladi:
Gradient Editor gradient rangli holatlarini o’zgartirish. Gradient turlari: chiziqli (Linear Gradient), radial (Radial gradient), burchakli (Angular gradient), oyna aksli (Reflected gradient), rombli
(Diamond gradient) Revers gradientda birinchi va ikkinchi ranglarni o’rni bilan
almashtirish
Dither gradient rang bilan to’ldirilishda chiziqlar ko’rinishini o’chirish
Transparency rangsiz sohaga ruxsat berish belgisi.
Rang bilan to’ldirilish turini tanlash rang-Foreground yoki naqsh-
Pattern Pattern to’ldirilish naqshini tanlash
Mode rang bilan to’ldirilish holatini o’zgartirish
Opacity rang bilan to’ldirilgan sohaning ko’rinmaslik darajasini o’zgartirish
Tolerance Sezuvchanligi (dopusk) - rang bilan to’ldirilishda chegaralarga sezuvchanligini o’zgartirish
Anti-Aliased Chegaralarni yoyilishi - rang bilan to’ldiriladigan soha chegaralari holatini o’zgartirish.
Contiguous - faqat chegaralangan sohani rang bilan to’ldirish Use All Layers optciyaci rang bilan to’ldirilishda hamma qatlamlarda soha chegaralarini aniqlashni ta`minlaydi
Adobe Photoshop dasturning menyusi. Image, Select va Edit menyulari.
Rasm ranglarini, hajmini va boshqa xususiyatlarini o’zgartirish uchun maxsus menyu bo’limi Image buyruqlaridan foydalanish kerak. Bulardan eng asosiylari bilan tanishaylik: Rejim - Rejim (Mode) - buyrug’i rasm rejimini o’zgartirish. Asosiy rejimlar: Grayscale - qo’l rang holatiga o’tkazish, Indexed Color - ko’rsatilgan ranglar soni holatiga o’tkazish (256 gacha), CMYK Color - to’rtta asosiy ranglar orqali kodlash (moviy, sariq, qora va qizg’ish ranglar), RGB Color - uchta asosiy ranglar orqali kodlash (qizil, yashil, ko’k)
Tahrirlash - Korektirovka (Adjust) - bu bo’limda joylashgan buyruqlarni aksariyati rasmni ranglar ustidan har xil tahrirlash amallarni bajarish uchun yordam beradi. Soha tanlash - bu fotomontajning eng asosiy harakatlardan biri. Shuning uchun bu harakatlarga doir bo’lgan Select menyu bo’lim buyruqlari bilan yaqinrok tanishamiz. Soha tanlash ish qurollar bilan biz yuqoridagi mavzularda tanishganmiz. Ushbu ish qurollar bilan rasmning ixtiriy soha tanlaganimizda, u punktir chiziqlar bilan chegaralanib ko’rinadi. Agar shu tanlangan sohaga yana boshqa ixtiyoriy sohani qo’shish uchun, Shift tugmasini bosib qo’shimcha sohani tanlaymiz. Agar esa shu tanlangan sohadan bir qismini tanlangandan chiqarib olish uchun, Alt tugmasini bosib shu sohani tanlaymiz. Endi Select menyusining asosiy buyruqlari bilan tanishaylik. Hammasini tanlash - Vse (All) -{Ctrl+A}- butun rasm sohasini tanlash. Tanlashdan chiqarish - Razotmenit (Deselect) -{Ctrl+D}- Tanlangan sohani bekor qilish. Tanlashni og’darish - Inversiya (Inverse) - Tanlangan sohani tanlovdan chiqarib, tanlanmagan sohani tanlash. Rang orqali tanlash - Diapazon tcvetov (Color Range) - Rang asosida tanlash. Sehrli tayoqcha yordamchi tugmaga o’xshash holatida ishlaydi. Chegaralar - Rastushevka (Feather) - tanlangan sohaning chegaralari qalinligini aniqlash. O’zgartirishlar - Izmenit (Modify) - tanlangan sohani har xil holatlar bilan o’zgartirish. Asosiy holatlar: Chegaralar - Ramka (Border) - Tanlangan soha chegaralari bo’yicha siz ko’rsatgan hajmda tanlangan ramka sohasini yaratadi. Chegara silliqlashtirish - Sglajivanie (Smooth) - Tanlangan sohaning burchakli chegaralarini yumshoq va silliqlashtiradi. Kattalashtirish - Rastyanut (Expand) - Tanlangan sohani siz ko’rsatgan masofani proportcional kattalashtiradi. Kichiklashtirish - Svernut (Contract) - Tanlangan sohani siz ko’rsatgan masofani proportcional kichiklashtiradi. Yonidagilarni qo’shish - Smejnыe pikseli (Grow) - Yonida joylashgan o’xshash ranglarni ham tanlangan sohaga qo’shish.
O’xshashlarni qo’shish - Sxojie pikseli (Similar) - ixtiyoriy joyda joylashgan o’xshash ranglar sohalarini tanlangan sohaga qo’shish.
Tanlangan sohani uzgartirish - Preobrazovat vыdelenie (Transform Selection) - tanlangan sohani ixtiyoriy holatda cho’zish va o’zgartirish.
Tanlangan sohaning shaklini o’zgartirish va u ustidan har xil amallarni bajarish mumkin. Buning uchun Redaktirovar - Edit menyu buyruqlari bizga yordam beradi. Masalan, tanlangan soha nusxasini xotiraga olish va qirqib olish (Kopirovat-Copy, Vыrezat-Cut), xotiradan chiqarish (Vstavit-Paste). Endi qolgan buyruklar bilan tanishaylik:
Erkin o’zgartirish - Svobodnoe preobrazovanie (Free Transform)- ushbu buyruq natijasida tanlangan soha yoki rasm chegaralarida maxsus nuqtalar paydo bo’ladi. Ular yordamida tanlangan sohani cho’zish, egiltirish, aylantirish va boshqa harakatlarni bajarishimiz mumkin.
O’zgartirish - Preobrazovanie (Transform)- ushbu buyruq ichida bir nechta imkoniyatlar mavjud:
14-mavzu: Ranglar palitrasi va uni boshqarish
Ranglar bilan ishlash uchun bir qator tizimlar ishlab chiqilgan. Ulardan birinchisi qo‘shiluvchi ranglar tizimi deb ataladi. Xonadagi bir nechta chiroqlami yoqsak, ular taratayotgan yorugTiklar qo‘shiladi va xona yanada yorishadi. Agar bu chiroqlar turli rangda boTsa, bu ranglar qo‘shilib, xona ulardan ko‘ra yorqinroq
(ochroq) rangga kiradi. Boshqa ranglami uchta asosiy rang: qizil (Red), yashil (Green) va ko‘k (Blue) ranglami turli nisbatda qo‘shish bilan yaratish mumkin.
Bu ranglaming nomlaridan qo‘shiluvchi ranglar tizimi nomi RGB olingan:
Bu ranglaming har birining yorqinligi 0 dan 255 gacha bo‘lishi mumkin. Natijada 256*256*256 ta (o‘n olti milliondan ko‘proq) ranglar hosil qilish mumkin. Masalan, yashil va ko‘k ranglar qo‘shilganda havo rang (ingliz tilida Cyan deb ataladi), qizil va ko‘k ranglar qo‘shilganda pushti (Magenta), qizil va yashil ranglar qo‘shilib sariq ( ) ranglar paydo bo‘ladi. Uchta asosiy rang qo‘shilganda oq rang chiqadi. Qo‘shiluvchi ranglar yordamida televizor va kompyuter monitori ekranidagi tasvirlaming ranglari hosil qilinadi. Rasm darslaridan bilamizki, oq qog‘ozni bir necha rangdagi bo‘yoqlar bilan bo‘yasak, bu ranglar qo‘shilib, to‘qlashadi. Masalan, sariq va pushti ranglar bilan qog‘ozni bo‘yasak, qog‘oz qizil rangga kiradi. Bunda ranglar oq rangdan ayriladi va bu ranglar tizimi ayriluvchi ranglar tizimi deb ataladi. Bu tizimda asosiy ranglar sifatida havo rang, pushti va sariq ranglar olingan. Bu uchta rang oq qog‘ozga surtilganda qog‘oz qora rangga kiradi. Lekin toza bo‘yoqlar olish juda qiyinligi sababli bu uchta rangdan hosil qilingan qora rang biron bir bo‘yoq tusiga kirib qoladi. Buning oldini olish uchun ayiriluvchi ranglar tizimida yuqoridagi uchta rang bilan birga qora rang ham ishlatiladi. Natijada qora ranglar ko‘p bo‘lgan tasvirlami yaratishda boshqa rangdagi bo‘yoqlaming sarflanishi ham keskin kamayadi.
Ranglaming bu tizimidan rangli printerlarda, plotterlarda hamda nashriyotning bosma mashinalarida foydalaniladi. Bu tizim undagi asosiy ranglar nomlaridan olingan bo‘lib, CMYK (Cyan, Magenta, Yellow, blacK) deb ataladi. Bu tizimda har bir asosiy rang foizda ko‘rsatiladi. PhotoShopda asosan dizaynerlar ishlashadi. Ular uchun qulay va tushunarli bo‘lgan ranglar tizimi ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri HSB deb ataladi. Bu nom ingliz tilidagi Hue (Rang turi), Saturation (Rang to‘yinganligi) Brightness (Rang yorqinligi) so‘zlaridan olingan. Bu tizimda ranglar palitrasi doira shaklida qurilgan bo‘lib, har bir rangga uchta parametr mos keladi. Bu parametrlaming birinchisi kerakli rangni tanlash uchun xizmat qiladi. Asosiy ranglar doira chegarasi bo‘lgan aylanada joylashgan. Ularni tanlash uchun aylanadagi nuqtadan. mos keladigan markaziy burchak (0 dan 360 gradusgacha bo‘lgan qiymatni qabul qiladi) qiymati kiritiladi. 0° ga qizil, 120° ga yashil, 240° ga ko‘k rang mos keladi. Dddlamchi ranglar: sariq (60°), havorang (120°) va pushti (240°) lar asosiy ranglar orasida j oylashgan.
Bu ranglar bir-biri bilan qo‘shilib, yangi ranglar paydo bo‘ladi. Masalan, ko‘k rang (240°) bilan pushti rang (300°) orasida siyohrang (270°) joylashgan. Bddnchi parametr rangning to‘yinganligini bildiradi. Bu parametr 0 dan 100 gacha bo‘lgan qiymatni qabul qiladi. Bu parametming qiymati kamaygani sari rangning to‘yinganligi ham kamayib boradi va 0 ga teng bo‘lganda bu rang oq rangga aylanib qoladi. Bu parametrga mos keladigan ranglar tanlangan burchakning radiusi bo*yicha joylashgan bo‘ladi. Bu radius bo‘ylab harakatlanganda doira chegarasi, ya’ni aylanada tanlangan rang to‘yinganligi kamayib borib oq rangga aylanadi.
Rangning uchinchi parametri tanlangan rangning yorqinligini bildiradi va
0 dan 100 gacha bo‘lgan qiymatlami qabul qiladi. Masalan, oq rang tanlangan bo‘lsin. Uning yorqinligi 100 (foiz) ga teng bo‘lsa, u oqligicha qoladi. Yorqinlik 0 ga teng qilib olinsa, oq rang qora rangga aylanib qoladi. 50 ga teng bo‘lsa, kul rang, 25 ga teng bo‘lsa, to‘q kul rang, 75 ga teng bo‘lsa, och kul rangga aylanadi. Bu tizimning yaxshi tomoni unda bir-birini to‘ldiruvchi va bir-biriga yaqin bo‘lgan ranglar yaqqol ko‘rinib turadi. Bir-birini to‘ldiruvchi ranglar deb doiraning bitta diametridabir-biriga qarama-qarshi joylashgan ranglarga aytiladi. Masalan, qizil va havo rang; va ko‘k; yashil va pushti ranglar; shuningdek, oq va qora ranglar bir-birini to'ldiruvchi ranglar hisoblanadi. To‘ldimvchi ranglardan biri fon uchun olinsa, ikkinchisi chiziqlar chizish, matn yozish uchun ishlatiladi.
Bunda chiziq va yozuvlar fonda yaqqol ko‘rinib turadi. Matnning biron qismini ajratish uchun matnning asosiy rangiga yaqinroq rang tanlanadi. Ranglar ikki turga ajratiladi. Ulardan birinchi iliq ranglar, ikkinchisi esa sovuq ranglar deb ataladi. Iliq ranglarga tarkibida qizil va sariq ranglar ko‘proq boTgan ranglar, sovuq ranglarga tarkibida ko‘k va siyoh ranglar ko'proq boTgan ranglar kiradi. Ayniqsa, ularga qora va kul ranglar aralashsa, ular yanada sovuqlashadi. Iliq va sovuq ranglar orasidagi yashil va binafsha ranglar neytral ranglar hisoblanadi. Iliq ranglar odamning kayfiyatini ko‘taradi. Sovuq ranglar esa ruhiyatga yomon ta’sir qiladi. Dizayn bilan jiddiy shug‘ullanishni istaganlar iliq, sovuq, neytral ranglami va ular bilan ishlashni yaxshi bilib olishlari kerak.
|
| |