• Diniy qadriyatlarning tiklanishi.
  • Memorchilik va amaliy sanat.
  • Turkiya
  • Iordaniya
  • Milliy musiqa va qoshiqchilik.
  • Urganchda
  • Mustaqillikyillaridata’lim, adabiyot, me’morchilik




    Download 193,5 Kb.
    bet2/21
    Sana10.04.2017
    Hajmi193,5 Kb.
    #3939
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21

    Mustaqillikyillaridata’lim, adabiyot, me’morchilik,

    amaliysan’atvakinoravnaqi

    Ma'naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota – bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan ma'naviy boyliklar – siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq – odob me'yorlari, ilm – fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san'at asarlari majmuidir.

    Istiqlol tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo'shgan buyuk bobokalonlarimizning ma'naviy merosi qaytadan o'rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan baxramand bo'la boshladi. Mustaqillik yillarida xalqimiz ma'naviyati yulduzlari bo'lgan buyuk allomalarimizning tavallud topgan tarixiy sanalari YUNESKO bilan hamkorlik mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi.

    Buyuk allomalarimiz yubleylari munosabati bilan ularning o'nlab noyob asarlari turli tillarda nashr etildi, ularga atab haykallar o'rnatildi, ziyoratgohlar, bog'lar yaratildi. 1991 yil buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yillligi keng nishonlandi. Shu yili O'zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot Institutiga Alisher Navoiy nomi berildi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofati ta'sis etildi. Yubley yilida “Lison ut-tair”, “Sab'ai-sayyor”, “Farxod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Hayrat ul-abror” asarlari nashr qilindi, kinofilmlar va sahna asarlari yaratildi. 1991 yil 28 sentyabr kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Alisher Navoiy haykali va Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy bog'ining ochilishi marosimi bo'lib o'tdi.

    1994 yil oktyabr oyida Mirzo Ulug'bek tavalludining 600 yillik yubleyi o'tkazildi. Ulug'bek madrasasi, Ulug'bek yashagan davrdagi astronomik asboblar, Toshkentdagi Ulug'bek haykali aks etgan pochta markalari muomalaga chiqarildi. O'sha yili 24 oktyabrda Praijda YUNESKO zalida “Ulug'bek va Temuriylar davri” mavzusida xalqaro konferentsiya hamda “Ulug'bek va an'anaviy san'at” ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.

    1998 yil 23 oktyabrda Farg'onada buyuk alloma Ahmad al – Farg'oniyning 1200 yillik yubleyi nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. Farg'ona shahrida al – Farg'oniy bog'i yaratildi va buyuk allomaga haykal o'rnatildi. Amir Temur yubleyi munosabati bilan Samarqand va Shaxrisabzda o'nlab tarixiy obidalar ta'mirlanib, qayta tiklandi, yangi inshootlar qurildi, bog'lar barpo etildi. Samarqand va Shaxrisabz shaharlari markazida ko'rkam Amir Temur maydonlari barpo etildi va ulug'vor haykallari o'rnatildi. Shuningdek, bu shaharlarga “Amir Temur” ordeni topshirildi.

    1997 yil Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 1999 yilda buyuk vatanparvar siymo Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi, 2002 yilda Termiz shahrining 2500 yilligi nishonlandi. Vatanimiz ozodligi yo'lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq ziyolilari nomi, hurmati o'z joyiga qo'yildi, asaralri nashr etildi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda mustamlakachilik davri qurbonalari xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui bunyod etildi.

    Jaloliddin Manguberdi (arab. جلال الدين منكبرتي- Jalāl al-Dīn Menguberdī, toʻliq oti - Jaloliddin Abulmuzaffar Manguberdi ibn Muhammad) (1198-1231) - Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220-yildan), Alovuddin Muhammad II ning toʻngʻich oʻgʻli.
    Islom Karimov Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri - 2016-yil 2-sentabr, Toshkent shahri) - davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994).
    Mazkur majmua qoshida “Qatog'on qurbrnlar xotirasi” muzeyi qurilib, 2002 yil 27 avgust kuni foydalanishga topshirildi.



    Diniy qadriyatlarning tiklanishi. Xalqimiz ma'naviy jihatdan ko'pgina afzalliklarga ega bo'lgan islom dinini qadrlaydi. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy islom dini ta'limotida Qur'oni Karimdan keyingi asosiy manba hisoblanuvchi “Al – Jomi' As - Sahih” nomli asar yaratib islom dinini boyitdi. Bobokalonlarimiz Imom Abu Mansur al-Moturidiy, Burhoniddin al-Marg'inoniy, Bahouddin Naqshband, Imom at-Termiziy, Xo'ja Axmad Yassaviylar insonni ma'naviy yetuklikka chorlovchi diniy, axloqiy va huquqiy hikmatlar ijodkorlaridirlar. 1998 yil 23 oktyabrda Samarqandda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining xijriy-qamariy taqvim bo'yicha 1225 yilligi nishonlandi.
    Bahouddin Naqshband, Muhammad binni Muhammad Bahouddin an-Naqshbandal-Buxoriy (koʻproq Bahouddin yoki Xoja Bahouddin, Balogardon, Xoʻjai Buz-ruk, Shohi Naqshband nomlari bilan mashhur) (1318 - Buxoro viloyati, hozirgi Kogon tumani - 1389) - mashhur avliyo, naqshbandiya tariqatining asoschisi.
    Buxoriy, Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al Buxoriy) (810.21.7, Buxoro - 870.31.8, Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog‘i) - islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk fors muhaddis.
    Shu kuni Xartang qishlog'ida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui ochildi. Yubley munosabati bilan Imom al-Buxoriyning 4 jildlik “Al – Jomi' As - Sahix” kitobi o'zbek tilida nashr etildi. 2000 yil 16-17 noyabr kunlari Marg'ilonda islom huquqining asoschilaridan biri Burxoniddin al-Marg'inoniy tavalludining 910 yilligi, Samarqandda Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi va ularning xotirasiga bag'ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari ochildi. Burxoniddin al-Marg'inoniyning islom huquqiga bag'ishlangan “Hidoya” kitobi nashr etildi. Shuningdek, islom olamining taniqli allomalari Imom Abu Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Xoja Axror Valiy tavalludining 600 yilligi keng ko'lamda nishonlandi. 

    Ta'lim ravnaqi.  Maorif va madaniyat barkamol insonning shakllantirishning eng muhim vositasidir. Shu boisdan ham mustaqil O'zbekistonda maorif va madaniyat ishlarining eng muhim va dolzarb soha sifatida rivojlantirishga alohida e'tibor berildi. 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi qonuni hamda 1991 – 1996 yillarda e'lon qilingan 30 dan ziyod Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ta'lim sohasida qator o'zgarishlar amalga oshirildi. Maktabgacha ta'lim tizimida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog'chalari hamda “bolalar bog'chasi - maktab” majmui tarmog'i rivojlanadi. Bolalarga chet tillarini, xoreografiya, tasviriy va musiqa san'ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o'rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etildi.
    Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
    Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
    “Sog'lom avlod uchun”, “Iqtisodiy ta'lim”, “Qishloq maktabi”, “Rivojlanishda nuqsoni bo'lgan bolalarni tiklash” va boshqa tarmoq dasturlari ishlab chiqildi hamda ta'lim jarayoniga tadbiq etila bordi.
    Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
    Oliy ta'lim sohasida ham ko'plab yangi o'quv yurtlari ochildi. 1992 yil 28 fevraldagi Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi. Eng zarur zamonaviy mutaxassislar bo'yicha yangi oliy o'quv yurtlari – O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Qurolli kuchlar akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Bank – moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti, Navoiy konchilik instituti, Samarqand davlat chet tillari instituti, Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti,  Jizzax politexnika instituti, Qarshi agrar – iqtisodiyot instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Namangan muxandislik – iqtisodiyot instituti hamda viloyatlarda yirik universitetlarning filiallari tashkil etildi.
    Namangan - Namangan viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Aholi soni boʻyicha Fargʻona vodiysida oldingi oʻrinda. Oʻzbekistonning yirik industrial shaharlaridan biri.
    1997 yil boshlarida Respublika Oliy ta'lim tizimida 58 ta oliy o'quv yurti, shu jumladan 16 ta universitet va 42 ta institut faoliyat ko'rsatdi. Ularda 164 ming talaba o'qidi, 18,5 ming professor – o'qituvchi faoliyat ko'rsatdi. Abiturientlar va talabalarnrng bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg'or usullari joriy etildi. Iste'dodli yoshlarni moddiy va ma'naviy rag'batlantirish, ularning chet elda o'qishini qo'llab – quvvatlash maqsadida “Ulug'bek”, “Umid”, Respublika bolalar fondi, “Kamolot”, “Sog'lom avlod uchun”, “Iste'dod” jamg'armalari tashkil etildi. Ta'lim tizimida bir qator chora – tadbirlar amaalga oshirilsada, hali bu sohada jiddiy kamchiliklar mavjud edi. Xususan, ta'lim tizimi, kadrlar tayyorlash jamiyatda bo'layotgan demokratik o'zgarishlar, bozor islohatlari talablari bilan bog'lanmagan edi. O'quv jarayonining moddiy texnika va axborot bazasi qoniqarsiz ahvolda edi. Ta'lim muassasasida zamonaviy o'quv adabiyotlari va didaktik materiallar yetishmasdi. Yuqori malakali pedagoglar yetishmasdi. Maktab o'quvchilirida mustaqil fikr shakllantirilmayotgan edi. Ta'lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o'rtasida hamkorlik, integratsiya o'rnatilmagandi.
    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.
    Kadrlar tayyorlashda marketing mavjud emasdi. Amaldagi ta'lim tizimi zamonaviy taraqqiy topgan davlatlar darajasidan ancha orqada edi. Shu boisdan ta'lim tizimini tubdan isloh qilish masalasi ko'ndalang bo'lib qoldi.

    Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan ta'limni isloh qilish yo'llari ishlab chiqildi. I.A.karimov 1997 yil 29 avgustda Oliy Majlisning 1X sessiyasida “Barkamol avlod – O'zbektston taraqqiyotining poydevori” mavzusida ma'ruza qildi.

    Oliy Majlis O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.
    Ma'ruzada oldimizga qo'ygan buyuk maqsadlarimizni ro'yobga chiqarish  taqdiri, avvvalambor, zamon talablariga javobberadigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog'liq ekanligi asoslab berildi. 1997 yiml 27 avgust Oliy Majlisning 1X sessiyasida O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”ga yangi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la xalos etish, rivojlangan davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir. Milliy dasturda, hayotimizning barcha sohalarida bosqichma – bosqich amalga oshirilayotgan islohatlarga monand ravishda, ta'lim isloxotlarini uch bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan. Birinchi bosqich (1997 – 2001 yillarda) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy – uslubiy, moliyaviy – moddiy shart – sharoitlar yaratish vazifalari ro'yobga chiqarildi.

    Ikkinchi bosqich (2001 – 2005 yillarda) Milliy dastur to'liq ro'yobga chiqadi va mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy – iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritiladi.

    Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillarda) to'plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi va rivojlantiriladi.



    Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish umumxalq, umummillat ishiga aylandi. 2001 yilda Milliy dasturni ro'yobga chiqarishning birinchi bosqichi yakunlandi. Islohotlarga mos ravishda maktabgacha ta'lim faoliyati tubdan o'zgardi. Xususiy va xonadan bog'chalari tarmog'i kengaydi. Respublika bo'yicha 84 % maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash maktabgacha ta'lim muassasalarida, xo'jalik hisobidagi qisqa muddatli guruhlarda, maktablar qoshidagi tayyorlov guruhlari, savodxonlik va boshqa turdagi markazlarda amalga oshirilmoqda. 16 % esa oilalarda maktabga tayyorlanmoqda. 2001 – 2002 yillarda Respublikamizda 6742 ta maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyat ko'rsatdi, ularda 608500 nafar o'g'il – qizlar tarbiyalandi, 65862 nafar pedagog, tarbiyachi va boshqa xodimlar faoliyat ko'rsatdi. O'zbekiston xukumati ta'limni rivojlantirish uchun katta mablag' ajratmoqda. Birgina 2001 yilda ta'lim harajatlari davlat byudjeti sarf – xarajatlarining 36% tashkil etdi. Ta'lim uchun 150 mln. AQSh dollaridan ziyod chet el investitsiyasi sarflandi.
    Dollar (ing . dollar, nem. "Taler" soʻzidan) - 1) Amerika Qoʻshma Shtatlari pul birligi. 1786 y.dan muomalaga (kumush D.) kiritilgan. 1 D. = 100 sent. Xalqaro ifodasi USD. AQSH D. xalqaro hisob-kitoblarda keng qoʻllaniladi.
    Ular yangi ta'lim binolari barpo etish, ularni eng zamonaviy o'quv laboratoriya uskunalari va o'quv mebellari bilan jihozlash uchun sarflandi. Mustaqillik yillarida 848398 o'quvchi o'rniga mo'jallangan 2244 ta yangi umumta'lim maktab binolari qurilib, foydalanishga topshirildi. Respublikamizda 9661 ta umumta'lim maktablarida 6 mil. yaqin o'quvchi ta'lim – tarbiya olmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining eng muhim O'zbekistonga xos xususiyati yangi turdagi 3 yillik o'rta maxsus, kasb – hunar ta'limi tizimini yaratishdan iborat vazifa sobitqadamlik bilan amalga oshirilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining birinchi bosqichi 1997 – 2001 yillarda 216 ming o'quvchi o'rniga ega bo'lgan 44 ta akademik litsey va 291 ta kasb – hunar kollej barpo etildi. Oliy ta'lim ikki bosqichdan: bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta tashkil etildi. 2001 – 2002 o'quv yilida 62 ta oliy o'quv yurtida 180 mingdan ortiq bo'lajak bakalavrlar va 5 mingdan ortiq magistrantlar ta'lim – tarbiya oldilar. 18486 nfar professor – o'qituvchilar mehnat qildilar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan nomzodidir. Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko'maklashish, qo'llab – quvvatlash bo'yicha davlat siyostai yuritilmoqda. Bu borada xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish muhim vazifalardan biridir. 1997 yilda tashkil etilgan “Umid” jamg'armasi yo'llanmasi bilan 1997 – 2001 yillarda 785 nafar yigit – qiz rivojlangan davlatlarning oliy o'quv yurtlariga o'qishga yuborildi. Ulardan 519 nafari bitirib keldi va Prezident farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus ishchi guruhi yo'llanmasi asosida vazirliklar, idoralar, tashkilot va korxonalarda ishlamoqda. 2002 yil iyulda Toshkentda Xalqaro Vestminster universiteti tashkil etildi va 160 ta dastlabki talabalar qabul qilindi. Ta'lim muassasalarining Yevropadagi ta'lim jamg'armasi, Germaniyadagi texnikaviy hamkorlik tashkiloti, Yaponiyadagi JAYKO xalqaro tashkiloti, Koreyaning KOYKA  agentligi, YUNESKO, Jahon banki, TASIS – TEMPUS ochiq jamiyat instituti, AQSh, Angliya.
    Yevropa (yun. Yeigore, osuriy tilida „ereb“ - gʻarb) - qitʼa, Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismi. Maydoni 10507 ming km2; 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi. Qitʼa Shimoliy yarim sharda joylashgan, Osiyo bilan chegarasi shartli ravishda Ural togʻlarining sharqiy etagi, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kumamanich botigʻi orqali va Don daryosining quyilish joyidan oʻtkazilgan.
    Frantsiya, Yaponiya, Daniya, Xitoy, Gollandiya Oliy ta'lim vazirliklari bilan hamkorligi kengayib bormoqda. Ta'lim ravnaqi uchun 150 mln. AQSh dollari xajmida chet el investitsiyalari jalb etildi. Oliy o'quv yurtlarining yuzlab professor – o'qituvchilari “Ustoz” jamg'armasi bilan xorijiy oliy o'quv yurtlarida malaka oshirib keldilar. O'zbekiston ta'lim tizimi dunyo miqyosida katta qiziqish uyg'otmoqda. Moskvadagi Oliy ta'lim Xalqaro Fanlar akademiyasi prezidenti V.
    Moskva (rus. Москва) - Rossiya Federatsiyasi poytaxti, Moskva viloyati markazi, federal ahamiyatidagi shahar. Rossiya Federatsiyasining yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Moskvada Rossiya Federatsiyasi Prezidenta, Federal Majlis, Rossiya Federatsiyasi hukumati, Konstitutsiyaviy Sud, Oliy Sud, Oliy arbitraj sudi, Rossiya Federatsiyasi Prokuraturasi qarorgohlari joylashgan.
    Shukshunov O'zbekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni mazmun – mohiyati jihatidan tengi yo'q xujjat, deb ta'rifladi. O'zbekistonda yaratilayotgan ta'lim tizimi “Ta'limning o'zbek modeli” deb e'tirof etildi.

    Badiiy adabiyot. Mustaqillik yillarida badiiy adabiyotda milliylik, ming yillik tarixiy ijodiy an'anlar, umuinsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari tiklandi. Badiiy adabiyot sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik kabi aqida hukmronligi illatlaridan ozod bo'ldi. Badiiy adabiyotda mustaqillikni asrab – avaylash, ozod va obod Vatan qurish, barkamol insonni tarbiyalash, milliy o'zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu bo'lib qoldi. Badiiy adabiyot rivojiga H.Karomatovning “Qur'on va o'zbek adabiyoti”, O.Sharofiddinovning “Cho'lponni izlab”, B.Qosimovning “Maslakdoshlar” asarlari ijobiy ta'sir etdi. A.Oripov, O.Yoqubov, P.Qodirov, X.Davron kabi ijodkorlarning tarixiy roman, pesa va qissalarida ulug' bobokalonlarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Bobir va boshqalarning siymolari umuminsoniy va milliy qadriyatlarga mos tarzda yangicha talqinda yoritildi. Shukrulloning “Kafansiz ko'milganlar” romanida, N.Eshonqulovning “Qor kitob” povesti, Tog'ay Murodning “Tushda kechgan umrlar”, T.Murodning “Otamdan qolgan dalalar” singari asarlarda mustabid sovet davrida xalq boshiga solingan behad kulfatlar, g'am – alamlar haqqoniy tasvirlangan. T.Malikning “Shaytanat”, H.Shayxovning “Tutqin odamlar” asarlarida iymon va vijdondan ozdirishga, razolat va qabohat ummoniga botirishga urinuvchi yomonlik dunyosi, mafiya olami shaytonlari fosh qilinadi, ularga nisbatan nafrat tuyg'ulari tarannum etiladi.

    Me'morchilik va amaliy san'at. O'zbek xalqi me'morchiligi mohiyat e'tibori jihatidan buyuk bunyodkorlik san'atidir. Mustaqillik yillarida me'morchilik san'ati yanada rivojlanib, takomillashib bormoqda. Me'morchilikda ikki asosiy tamoyil ko'zga tashlanadi. Ulardan biri sharqona me'morchilikning an'anaviy qonun – qoidalariga rioya etishdir. Bu tamoyil Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Turkiston saroyi, Oliy Majlis, Toshkent shahar hokimiyati binolari timsolida o'z aksini topganlar.
    Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish - q. Mansabdorlik jinoyatlari, Xizmat mansabini suiisteʼmol qilish.
    Me'morchilikdagi ikkinchi tamoyil esa O'zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib o'rin olish sari intilishini namoyish etuvchi jahon me'morchiligining eng yaxshi yutuqlaridan foydalanishda namoyon bo'lmoqda. Bunday binolar jumlasiga “Meridian”, “Afrosiyob”, “Buxoro”, “Interkontinental”, “Sheraton” mehmonxonalari, “O'zekspomarkaz”, Milliy bank, Markaziy bank, Respublika birja markazi, Banklararo moliyaviy xizmatlar markazi, O'zbekiston Davlat konservatoriyasi va boshqa binolarni kiritish mumkin. Toshkent shahri ko'rkiga – ko'rk qo'shib turgan “Oloy”, “Chorsu”, “Otchopar”, “Yunusobod”, “Mirobod”, “Parkent”, “Qo'yliq” va boshqa bozor binolari, shuningdek “Yunusobod” tennis markazi, “Jar” sport markazi singari zamonaviy inshoatlar barpo etildi. O'zbekistonning qadimiy shaharlaridagi tarixiy binolarni tiklash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Bunga Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarida qayta tiklangan o'nlab binolar, obidalar misol bo'la oladi.

    Mustaqillik yillarida haykaltaroshlik san'ati jadal o'sdi. Haykaltarosh I.Jabborov va K.Jabborovlar tomonidan Toshkentda Amir Temurning otliq haykali, Samarqand va Shahrisabzda amir Temur haykallari, Farg'on va Quvada Ahmad al-Farg'oniy (1998), Xorazmda Jaloliddin Manguberdi haykallari (1999) yaratildi.

    Shahrisabz - Qashqadaryo viloyatidagi shahar. Shahrisabz tumani maʼmuriy markazi (1926 yildan). Kitob-Shahrisabz vohasida. Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida joylashgan. Sh. jan.dan Tanxozdaryo, shim.dan Oqsuv daryosi oqib oʻtadi.
    Haykaltarosh R.Mirtojiev ijodiga mansub Z.M.Bobur (Andijon, 1993), “Ona” (Jizzax, 1999) kabi bir qator haykal va yodgorliklar yaratildi. 1999 yilda Termizda “Alpomish” haykali va majmua – kompozitsiyasi (A.Rahmatullaev) bunyod etdi. O'zbekistonda qadimdan amaliy san'at o'ziga xos tarzda rivojlanib kelgan. Mustaqillik yillarida badiiy kulolchilik, pichoqchilik, zargarlik, ganchkorlik, yog'och o'ymakorligi, naqqoshlik, kashtachilik, zardo'zlik, gilamdo'zlik, bezakchilik kabi amaliy san'at turlari tiklandi va yangi ma'no-mazmun bilan rivojlanib bormoqda.
    Kulollik, Kulolchilik - hunarmandlikning loydan turli buyumlar (terrakota, sopol idish, qurilish materiallari va boshqalar) tayyorlaydigan turi. Kulolchilikda asosiy xom ashyo - tuproq. Kelib chiqishi va tarkibi turlicha boʻlgan tuproqlardan turli xil kulollik buyumi yasash jarayoni.
    Zargarlik - badiiy hunarmandlik soxasi; oltin, kumush, mis, qalay kabi rangli metallardan zebziynat buyumlari (taqinchoqlar), bezak buyumlari yasash kasbi. Zargarlar bezak buyumlari tayyorlashda quyish, bolgʻalab (zarb berib) yasash, hallash (oltin va kumush suvi yuritish), oʻyib yoki boʻrttirib naqsh yasash, bosma, zigʻirak, sovotkori, qolipaki, shabaka kabi usullardan keng foydalanadi.
    Mustaqillik sharofati bilan dizayn san'ati ham jadal rivojlanmoqda. Tasviriy san'at, rassomchilik san'atining rivojida 1997 yilda tashkil etilgan O'zbekiston Badiiy akademiyasi va “Tasviriy oyina” respublika ijodiy uyushmasi muhim rol o'ynadi. O'zbekiston xalq rassomlari Malik Nabiev, Baxodir Jalolov va boshqalar xalqimiz ongida milliy g'urur, Vatanga sadoqat tuyg'ularini uyg'otuvchi qator san'at asarlari yaratdilar.



    Kino san'ati. Mustaqillik yillarida kino san'ati rivoj topdi. 1996 yilda “O'zbekfilm” tasarrufida 8 ta kinostudiya, 30 ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat yuritdi. 1996 yilda tashkil etilgan “O'zbekkino” davlat aksionerlik komponiyasi, uning davlat tomonidan moddiy jihatidan qo'llab – quvvatlanishi kino san'atining rivojida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. 1991 – 2002 yillarda 60 ga yaqin badiiy filmlar yaratildi. “Temir xotin”, “Dallol”, “Sharif va Ma'rif”, “Tilla bola”, “Buyuk Amir Temur”, “Kenja singil”, “Yulduzingni ber osmon” va boshqa filmlarda milliylik va zamonaviylik uyg'unligi yaqqol namoyon bo'ldi. 1997 yil 22-29 may kunlari 12 Xalqaro Toshkent kinofestivali bo'lib o'tdi. Unda 32 ta davlat va 8 ta xalqaro tashkilotlardan vakillar, kino san'ati ustalari qatnashdi. “Buyuk Amir Temur” filmi ijodkorlari R.Ibrohimovga festival bosh sovrini – “Neksiya” avtomabili berildi. Mustaqillik yillarida o'nlab hujjatli filmlar yaratildi. “O'zbekiston bahorlari”, “O'zbekiston qahramonlari”, “Umid qaldirg'ochi”, “Istiqlol fidoyilari” va boshqalar shular jumlasidandir.

    Teatr. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ma'naviy- ma'rifiy islohotlar jarayonida teatr san'ati ham rivojlandi. 1993 yilda foydalanishga topshirilgan “Turkiston” saroyi Vatanimiz va xorijlik teatr arboblarining, ijodiy guruhlarning sahna asarlari namoyish etiladigan dahoga aylanadi. Andijonda jamoatchilik asosida faoliyat ko'rsatayotgan yoshlar teatri, Abbos Bakirov va yoshlar teatriga aylantirildi. Respublika Prezidentining 1993 yil 20 oktyabrdagi “O'zbekistonda teatr va musiqa san'atini yanada rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi, 1998 yil 26 martdagi “O'zbekiston teatr san'atini rivojlantirish to'g'risida” gi farmonlari asosida teatrlar davlat byudjeti hisobiga qo'llab quvvatlandi. Farmonga binoan madaniyat ishlari vazirligi tizimida va teatr ijodiy xojimlari uyushmasi qoshida 1998 yilda “O'zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Birlashma teatr jamoalariga xalqimizning boy ma'naviy olamini, uning madaniy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini uyg'otuvchi spektakllar yaratishda, iste'dodli yoshlarni teatrga jalb qilishda, teatrning moddiy – texnikaviy bazasini mustahkamlashda, ijodiy xodimlarni ijtimoiy himoya qilishda ko'maklashdi.
    Spektakl (lot. spectaculum - tomosha) - teatr sanʼati asari. Postanovkachirej. boshchiligida teatr jamoasi (aktyorlar, rassom, kompozitor, baletmeyster va h.k.) tomonidan yaratiladi. S. asosida pyesa (opera va balet kompozitor partiturasi, libretto, ssenariy) mazmuni bilan belgilanuvchi gʻoyaviy niyat yotadi.
    Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta opera va balet teatri Yaponiya tomonidan 1995 yilda bepul ajratilgan 47 mln.ien (1500 AQSh dollari) qiymatiga teng yangi uskunalar bilan jihozlandi. Respublikamizda 36 ta professional teatr faoliyat ko'rsatmoqda. Har bir viloyatda qo'g'irchoq teatrlari bolalarga xizmat qilyapti. 2001 yilda respublika teatr san'atida muhim tarixiy voqea sodir bo'ldi. Hamza nomidagi O'zbek akademik teatri binosi muxtasham koshona shaklida qayta qurildi, zamonaviy teatr uskunalari va mebellar bilan jihozlandi. Prezident farmoni bilan unga Milliy teatr maqomi berildi.

    Respublika teatrlari Vatan tarixini sahna asarlari orqali yoritishga alohida e'tibor berdilar. Milliy akademik drama teatri va Qashqadaryo musiqali drama teatri jamoalari “Sohibqiron”, Xorazm viloyati musiqali drama va komediya teatri “Jaloliddin Manguberdi”, Abror Hidoyatov nomli o'zbek drama teatri “Buyuk ipak yo'li” kabi tarixiy dramalarni sahnaga qo'ydi. 1997 yil oktyabrda Toshkentda bo'lib o'tgan “Teatr: Sharq-G'arb” xalqaro festivalida Yaponiya, Hindiston, Gongkon, Turkiya, Rossiya, Buyuk Britaniya teatr san'atkorlarining chiqishlari bo'ldi.

    Turkiya (turkcha. Türkiye), Turkiya Respublikasi (turkcha. Türkiye Cumhuriyeti) - Osiyoning gʻarbiy qismi va Yevropaning jan. Turkiyaning poytaxti - Anqara shahri. Davlat tili - Turk tili. Maydoni - 783,562 km².
    Buyuk Britaniya, Britaniya, (ingl. Great Britain) Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi (ingl. United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) - Shimoli-Gʻarbiy Yevropadagi davlat.
    Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag'ishlangan festivalda O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston teatrlarning 15 ta eng yaxshi tarixiy sahna asarlari namoyish etildi. O'zbekiston teatr ustalari Germaniya, Slavakiya, Fransiya, Hindiston, AQSh, Belgiya, Misr, Rossiya teatr festivallarida qiziqarli spektakllar bilan ishtirok etdilar.
    Germaniya (nem. Deutschland), Germaniya Federativ Respublikasi (nem. Bundesrepublik Deutschland) - Markaziy Yevropadagi davlat. Shimoliy Boltiq dengizlari sohilida joylashadi. Maydoni 357 ming km2. Aholisi 81,084 million kishi (30. Sentyabr 2014)
    Muxtasar qilib aytganda respublikamiz teatr san'ati xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ma'naviyatini boyitish, ular ongiga Milliy istiqlol g'oyasini singdira borish, vatanparvarlik tuyg'ularini kuchaytira borish, axloqiy, estetik tarbiya maktabi bo'lib xizmat qilmoqda.



    O'zbek sirki. 1992 yilda “O'zbekdavlasirk” respublika birlashmasining tashkil etilishi sirk san'atining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Toshkent sirki zamonaviy talablar asosida qayta ta'mirlandi, unga O'zbekiston xalq artisti Toshkenboy Egamberdiev nomi berildi. An'anaviy sirk san'atining unutilgan turlari tiklandi va rivojlandi. Iste'doli yoshlarga amaliy yordam berishmaqsadida 1996 yilda estrada – sirk kolleji ochildi. O'zekiston sirkchilarining chet ellarga gastrol safarlari uyushtirildi. Misr, Iordaniya, Falastin, Pokiston, Malayziya, Hindiston, Xitoy, Suriya, Livan, Eron, Birlashgan Arab Amirligida gastrol safarlarida bo'lgan respublikamiz sirk ustalari o'zbek milliy sirk san'atini namoyish etdilar.
    Artist (frans. artiste - bilimdon; lot. ars, artis - kasb, hunar, sanʼat) - dramatik spektakl, kinoda rollar, ope-ra va balet partiyalari, estrada konserti va sirk nomerlari ijrochisi. Teatr va kinoda aktyor, aktrisa deb ham yuriti-ladi.
    Malayziya (Persekutuan Tanah Malaysiu) - Janubiy-Sharqiy Osiyodagi davlat. Hududini Jan. Xitoy dengizi ikkiga ajratib turadi; Gʻarbiy M. (Malayya) Malakka ya. o.ning jan.da, Sharkiy M. Kalimantal o.ning shim.
    Iordaniya, Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi (arab. المملكة الأردنية الهاشمية, Al-Mamlaka al-Urduniuah al-Hashimiuah) - Yaqin Sharqda, Osiyoning gʻarbiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 91,8 ming km2. Aholisi 6,259,932 kishi (2001).
    Olimjon Toshkenboev rahbarligidagi “O'zbekiston dorbozlari” guruhi 1996 yildan boshlab YEvropa mamlakatlarida gastrol safarida bo'lib 2000 dan ziyod tomosha ko'rsatdilar. 15 yoshla Karima Zaripova 1997 yil yanvarda Parijdagi Buglion sirkida bo'lgan yosh sirk artistlarining xalqaro festivalida qatnashib “Plastik etyud” (besuyak o'yini) janrida festivalning eng oliy mukofoti – oltin medalni qo'lga kiritdi. 1998 yilda Toshkent sirkida iste'dodli yoshlarga ko'maklashuvchi bolalar studiyasi ochildi.

    O'zbek sirkchilari 1999 yilda birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida bo'lib o'tgan Butunrossiya sirk festivalida, 2000 yilda Xitoyning Uxan shahrida bo'lib o'tgan xalqaro sirk festivalida, 2001 yil yanvarda Belgiyaning Lej shahrida bo'lib o'tgan YEvropa sirklarining 10 – festivalida muvaffaqiyatli qatnashib, sovrinli o'rinlarni egalladilar. Sirkchilarimizning sa'y – harakatlari natijasida O'zbek sirkiga xos turli nomer va attrakatsionlar xalqaro sirk dasturlaridan o'rin egalladi.

    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.



    Milliy musiqa va qo'shiqchilik. Mustaqillik yillarida milliy musiqa va qo'shiqchilik san'ati rivojlandi. Respublika madaniyat ishlari vazirligi, 1992 yilda tashkil etilgan “Xalq ijodi va madaniy-ma'rifiy ishlar respublika markazi”, uning viloyatlardagi bo'limlari mustqa va qo'shiqchilik san'ati, xavaskorlik va folklor jamoalari faoliyatini rivojlantirish, unutilgan xalq oxanglarini tiklash maqsadida turli xil ko'rik tanlovlar, festivallar tashkil etilmoqda. 1992 yilad Toshkentda “Asrlarga tengdosh navolar” va “Boqiy ovozlar”, Xorazm viloyatida folklor jamoalari, askiya, qiziqchi va masharabozlarning, Qo'qonda katta ashula, lapar va yalla ijrochilarining ko'rik - tanlovlari o'tkazildi. 1994 yilda may oyida Parijda bo'lib o'tgan “Sharq musiqasi” festivalida Munojot Yo'lchieva, Shavkat Mirziyoevlar ishtirok etib, o'zbek milliy qo'shiqchilik san'atini jahonga namoyish etdilar. O'zbekistonda musiqa va qo'shiqchilik san'atini rivojiga har yili 31 avgust va 21 mart kunlari o'tkazilayotgan mustaqillik va Navro'z kunlariga bag'ishlangan bayram tantanalari ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda yashayotgan 130 ga yaqin turli millat va elat urf-odatlari va an'analari birdek rivojlanib bormoqda. Milliy madaniy markazlar millatdoshlarning tili, madaniyati, urf-odatlari, rasm-rusumlarini tiklash, tarixiy Vatani bilan aloqani rivojlantirish kabi masalalar bilan shug'ullanib kelmoqdalar. Milliy madaniy markazlar qoshida milliy musiqa, raqs, hunar va boshqa yo'nalishlardagi to'garaklar tashkil etilgan.

    1992 yilda turli milliy markazlarga ko'maklashuvchi Respublika Baynalminal markazi tuzildi. Uning faoliyatida respublikamizda istiqomad qiluvchi turli millat va elatlarni jipslashtirish asosiy o'rin tutmoqda. Har bir millatga mansub rassomlar, yozuvchilar, shoirlar, olimlar, madaniyat va san'at arboblariga bag'ishlangan yig'ilishlar, ko'rgazmalar tashkil etilmoqda. Milliy madaniy markazlar o'z faoliyati bilan respublikada madaniyat ravnaqiga muhim hissa qo'shmoqdalar.



    Muzey.  Jamiyat madaniy – ma'rifiy hayotida alohida xotirani tiklash va mustahkamlashda muzeylarning ahamiyati katta. Shu boisdan ham mustaqillik yillarida mavjud muzeylarni ta'mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo etishga alohida e'tibor berildi. Namanganda ulug' o'zbek shoiri Boborahim Mashrab muzeyi, Xorazmda hofiz Xojixon Boltaev nomli maqomchilar muzeyi, Urganchda Xorazm amaliy san'ati va tarixi muzeyi, Buxoroda temirchilik muzeyi, Samarqand viloyatining Oqtosh shahrida xalq baxshisi Islom shoir Nazar o'g'lining uy-muzeyi, Toshkentda o'zbek xalq ayollarining orasidan chiqqan birinchi huquqshunos olima Xadicha Sulaymonova muzeyi, o'zbek raqqosasi Mukarrama Turg'unboeva muzeyi singari uy muzeylari tashkil etildi.
    Temirchilik - 1) temirni bolgʻalab turli buyumlar (ketmon, oʻroq, tesha va boshqalar) yasash kasbi. T. kishilik jamiyatining eng qadimgi davrlarida paydo boʻlgan. Mil. av. 3-4ming yillikda Eron, Mesopotamiya, Misrda temirni sovuklayin va qizdirib bolgʻalab, turli xil aslahalar, mehnat qurollari va boshqa buyumlar yasalgani maʼlum.
    Urganch - Oʻzbekistondagi shahar, Xorazm viloyati maʼmuriy markazi.
    Shuningdek, oliy ta'lim muassasalarida ko'plab muzeylar ochildi. 1996 yil 1 sentyabr kuni Toshkentda Osiyoda yagona bo'lgan Olimpiya shon – shuhrat muzeyi faoliyat ko'rsata boshladi. Bu muzey O'zbekistonlik sportchilarning xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlarni namoyish etadigan, mamlakatimizda sport harakatini rivojlantirish markazi bo'lib qoldi.1996 yil 18 oktyabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. Muzey temuriylar davrini aks ettiruvchi o'sha davrga xos tarixiy jixozlar, qurol – aslahalar, lashkarboshilar va oddiy jangchilarning kiyim – boshlari, oltindan yasalgan uy – buyum ashyolari, musiqa asboblari, Amir Temur, Bobur qo'lyozmalari, Ulug'bekning astronim qurilmalari va boshqa 2000 dan ortiqroq tarixiy, madaniy yodgorliklar bilan jixozlangan. Temuriylar tarixi davlat muzeyi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan madaniy, ma'naviy – ma'rifiy ishlar, ilmiy tafakkur markaziga aylandi. 2002 yil Termizda Arxeologiya muzeyi bunyod etildi.

    O'zbekistonPrezidentining 1998 yil 12 yanvardagi “Muzeylarfaoliyatinitubdanyaxshilashvatakomillashtirishto'g'risida”gifarmonivauningbajarilishigaqaratilganRespublikaxukumatining 1998 yil 5 dekabrdagiqabulqilingan “Muzeylarfaoliyatiniqo'llab – quvvatlashmasalasito'g'risida”giqarorimamlakatimizdamuzeyishinirivojlantirishistiqbollarinibelgilabberdi. Madaniyatishlarivazirligi “Oltinmeros” jamg'armasi, BadiiyAkademiya, Moliyavazirligi, Mehnatvazirligimuzeylarrahbariyatibilanhamkorlikdamuzeylarningrivojlanishivamoliyaviyta'minotibo'yichadasturishlabchiqildi. Muzeylarfaoliyatinimuvaffaqlashtirish, ilmiy – uslubiyyordamko'rsatish, moddiyjihatdanqo'llab – quvvatlashmaqsadida 1998 yilda “O'zbekmuzey” Respublikajamg'armasituzildi. Axoliningmuzeyshunoslikmadaniyatinioshirishgako'maklashuvchi “Moziydansado” jurnalita'sisetildivau 1999 yildanboshlabo'zbek, rus, ingliztillaridanashretilaboshlandi. Faqat 1999 yilda muzeylarning asosiy fondi 1544 ta tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan boyidi. O'zbekistonda umumiy maydoni 137150 kv.m.ni tashkil etadigan 510 ta muzey faoliyat ko'rsatmoqda. Ularda 1,3 mln.dan ortiq ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatini aks ettiruvchi nodir buyumlar – eksponatlar saqlanmoqda va aholiga namoyish etilmoqda. Mamlakatimizning me'moriy yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro'yxatiga kiritilgan. 2500ta me'moriy obida, arxeologik yodgorlik, 1800 ta monumental san'at asari davlat muxofazasiga olindi. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey – qo'riqxonalarda butun dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar, me'moriy obidalar, monumental san'at asarlari saqlanib qolgan, davlat muxofazasida yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida e'tirof etilgan. O'zbekiston muzeylari aholi orasida o'lkamiz tarixi, xalq amaliy san'ati asarlaridan iborat etnografik ko'rgazmalarni namoyish etib jamiyatimiz ma'naviy kamoloti yo'lida xizmat qilmoqda. Minglab xorijiy sayyohlar respublikamiz muzey – qo'riqxonalariga tashrif buyurib ajdodlarimizdan qolgan tarixiy yodgorliklar, obidalar, monumental san'at asarlari oldida ta'zim etmoqdalar. Frantsiya, Turkiya, Eron, Pokiston, Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda O'zbekiston muzeylarining eksponatlari namoyish etildi.





    Download 193,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 193,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqillikyillaridata’lim, adabiyot, me’morchilik

    Download 193,5 Kb.