Ishdan tashqarida ham VPN’dan foydalansa bo‘ladimi?
Ha. VPN-xizmatlarning eng keng tarqalgan ko‘rinishi bepul ommaviy servislar
hisoblanadi. Google Play, App Store va internet kengliklarida bunaqalari tiqilib
yotibdi. Ular bepul VPN taqdim etishadi va u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha
xarajatlarni o‘zlari ko‘tarishadi. Jumladan, data-markaz xizmatlari to‘lovi, qulay
ilovani ishlab chiqish xarajati, qo‘llab-quvvatlash sarflarini ham o‘z zimmalariga
olishadi.
Evaziga esa ularga faqat bir narsa – sizning internetda nimalar qilayotganingiz
haqidagi ma’lumot kerak, xolos. Bu ma’lumotdan ular sizning «raqamli
portret»ingizni yaratib, reklama beruvchilarga sotishadi. Birato‘la ular sizning
qiziqishlaringizga ko‘ra reklama uzatib turishadi. Hammasi oddiy va adolatli.
Pulli VPN-servislar – umuman boshqa narsa. Nazariy jihatdan qaraganda, ular
abonent to‘lovi evaziga yashashadi va foydalanuvchining ma’lumotlarini sotish yoki
reklama uchun ishlatishmaydi. Ammo shunisi borki, ularning bu boradagi halolligini
aniqlash o‘ta mushkul. Ehtimol, bu ayyor servis sizdan abonent
to‘lovini ham olib, yana reklama beruvchilarga ma’lumotlaringizni ham sotayotgan
bo‘lishi mumkin.
Vahimachilarning yana bir toifasi bor – o‘zining shaxsiy hayotini «tepada» kimdir
kuzatishi mumkinligidan xavotirlanuvchi oddiy fuqarolar. Ular anonimlikni va
kuzatishlardan himoyani yuqori darajada kafolatlovchi VPN xizmatlarini tanlashadi.
Muammo shundaki, bunaqa servislarning aksariyati, huquqni himoya qiluvchi
idoralarning birinchi so‘rovidayoq foydalanuvchi haqidagi ma’lumotni qo‘shqo‘llab
uzatadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, VPN’ni bir nechta yo‘lni o‘zaro bog‘lovchi tunnelga
qiyoslash mumkin. Uning ichida nima bo‘layotganini tashqaridan hech kim
bilolmaydi, faqat… egasidan boshqa! Ha, uning kuzatuv kameralari tunnelning har
bir qarich joyiga o‘rnatilgan. U hammasini ko‘rib turadi va ko‘rganlaridan o‘zi
istaganicha foydalanishi mumkin.
Unda VPN nega kerak?
VPN geografik va boshqa to‘siqlarni aylanib o‘tish imkonini beradi.
Deylik, siz Spotify xizmati orqali musiqa tinglamoqchisiz, ammo bu servisga
O‘zbekistondan turib kirib bo‘lmasligini bilib, achinyapsiz. Undan foydalanishning
yaxshi yo‘li – internetga Spotify ishlaydigan biror mamlakatdagi VPN-server orqali
kirishdir.
VPN – bu foydali va kerakli texnologiya, u o‘ziga yarasha vazifalarni yaxshi
bajaradi. Ammo bunda shaxsiy ma’lumotlaringizning xavfsizligi VPN xizmatini
taqdim etuvchining vijdoniga bog‘liq.
Albatta, sizning e’tiborliligingizga, internet xavfsizligi masalalarini yaxshi
tushunishingizga ham
|