473
Loyiha “Vkontakte” ijtimoiy tarmog’i asoschisi
Pavel Durov tomonidan
yaratilgan, asoschilari - aka-uka Pavel, Nikolay Durovlardir. 2013 yilning 14
avgustida
iOS
platformasi uchun Telegramning birinchi foydalanuvchisi ro’yxatga
olindi.
2014
yil fevral oyida, aktiv foydalanuvchilar soni bo‘yicha mashhur Viber
va
WhatsApp
messenjerlarini ortda qoldirdi.
2013 yil 14 avgustda dastlabki telegram
foydalanuvchisi iOS uchun, 2013
yil 22 avgustda Android platformasi uchun ro’yxatdan o’tdi, shu yil oktyabr oyida
messendjerning telegram.org» nomli sayti ishga tushdi. Telegram orqali 1 Gb
hajmgacha bo‘lgan faylni jo‘natish va bir vaqtning o‘zida 100 dan ortiq
foydalanuvchigacha chatni amalga oshirish mumkin.
Messenjerning ishlash tezligi juda katta bo‘lib, bunga ular har xil davlatlarda
serverlar
joylashtirish orqali erishigan, xosting bulutli (облачный) hisoblanadi,
ma’lumotlar uzatish tizimi MtProto protokoli asosida amalga oshiriladi, bu protkol
asoschisi Nikolay Durov hisoblanadi.
Serverlari dunyoning 5
ta davlatida joylashgan, Yevropa foydalanuvchilari
uchun Londondagi datacenter, Osiyo uchun Singapurdagi datacenter, meksikaliklar
uchun San-Fransiskodagi datacenterlar xizmat qiladi.
Asosiy server degan
tushuncha yo‘q – hammasi birdek ishlaydi, Telegramning
shtab-kvartirasi Berlin
shahrida joylashgan.
WhatsApp messenjeri asoschisi Yan Kum Pavel Durovni plagiatlikda
aybladi va uni o‘z g‘oyasiga ega bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham deb haqoratladi.
Uni Facebook va WhatsApp loyiahalarini ko‘chiruvchi deb ham atadi.
474
34.16-rasm. Telegram messenjerida foydalanuvchi interfeysi.
Messenjerning bir oy davomida aktiv foydalanuvchilari soni 100 mln.dan
oshadi. Telegramga har kuni 350 ming atrofida foydalanuvchi ulanadi.
Sayt 2017 yil 30 mart kuni rasman ovozli qo’ng’roq xizmatini ishga tushirdi.