|
Kirish asosiy qism 1 Supper kompyuterlar
| bet | 1/12 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 2,34 Mb. | | #262268 |
Bog'liq ilyosbek
KOMPYUTER TURLARI
REJA
-
KIRISH
-
ASOSIY QISM
2.1 Supper kompyuterlar
2.2 Shaxsiy kompyuterlar
2.3 Mini kompyuterlar
2.4 Noutbooklar
-
TEXNOLOGIK QISM
-
JIXOZLASH QISM
-
IQTISODIY QISM
-
MEHNAT MUHOFAZASI
-
XULOSA.
-
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
-
MUNDARIJA.
I.KIRISH
Kompyuter – inglizcha so`z bo`lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda faqat hisoblovchi bo`lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko`pchilikning tushunchasida go`yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor xolos. Bunga albatta sabablar ko`p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo`lsa, ikkinchi tomondan ko`p masalalarni yechish uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda kompyuter termini ko`p uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko`p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli – analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko`rsatkichlari yuqori bo`lgani uchun, ular ko`proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlarning besh guruhi,keng,qo`llanilmoqda.
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razrad to`rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga bo`lish,mumkin:
–super,kompyuterlar(Super,Computer);
--blok,kompyuterlar(ManframeComputer);
–mini,kompyuterlar(Minicomputer);
–shaxsiy,kompyuterlar(PC-Personal,Computer);
– bloknot(noutbook) kompyuterlar.
|
| |