104
uzatuvchi muhit orqali transportlashtirish uchun SDH/SONET
interfeyslarini qo’llagan holda transport
modullariga ikkapsulyatsiya
qilinishi lozim edi. WDM tizimlari yaratilgandan keyin esa uzatish
muhitini hisobga olmaganda uch yoki to’rt satxdan iborat bo’ldi.
Natijada xuddi SDH/SONET kabi WDM ning oraliq satxi paydo bo’ldi.
Bunday satxni fizik interfeys ta’minlaydi va u fizik satx orqali nafaqat
SDH/SONET texnologiyalariga balkim
ATM va IP texnologiyalariga
ham optik uzatuvchi muhit orqali o’tishni ta’minlaydi. Bunday WDM
texnologiyasi
ATM
yacheykalarini
va
IP
paketlarini
ikkapsulyatsiyalashni talab qiladi. Bu esa o’z navbatida qayta ishlash
protsedurasini va trafiklarni transportlashtirishni
shuningdek sarlavxa
uzunligini etarli darajada kamaytirishni va trafiklarni uzatish sifatini
oshiradi.
5.2.3.WDM da multipleksorlash sxemasi
Multipleksorlar va demultipleksorlar
umuman olganda passiv
kurilmalar xisoblanadi. Uning ishi to‘lqin uzunligini sezuvchanligiga
boglik bo‘lgan uchta omil bilan xarakterlanadi:
burchakli dispersiya;
interferensiya;
selektiv yutilish.
Quyidagi 5.6-rasmda multipleksor/demultipleksorlarning
tuzilishi
ko‘rsatilgan.
5.6-rasm. WDM da multipleksorlash jarayoni
Ular bir-biridan to‘lqin o‘tkazuvchi plastinalar soni bilan farq
qiladi. 5.4.a-rasmda nur tushayotgan kanal (signal)larning yigindisi
105
kirishdagi to‘lqin o‘tkazgich orqali to‘lqin o‘tkazuvchi plastinaga
tushadi. Undan keyin esa difraksion panjara ko‘rinishidagi juda ko‘p
yoruglik o‘tkazgichlarga bo‘linadi. Bunda xar bir optik kanal yorug’lik
o‘tkazgich ko‘rinishida
tasvirlanadi, keyin esa bu signallar oyna
yuzasida aks qaytadi va ularni interferensiyasi to’g’rilanuvchi to‘lqin
o‘tkazuvchi plastinkaga tushadi. Bu yerda turli to‘lqin uzunliklariga mos
keluvchi muxitda maksimumlar xosil bo‘ladi.
Multipleksorlash jarayonida to‘lqin o‘tkazgichlar aloxida optik
kanallarni kiritish uchun xizmat qiladi. 5.4.b-rasmda juft to‘lqin
o‘tkazuvchi plastinalarni ko‘llanilishi, ular
bajaradigan funksiya bilan
farqlanadi. Bu Yerda fokuslash, kanallarni ajratish aloxida plastinalarda
amalga oshadi. Multipleksorlar va demultipleksorlar passiv kurilmalar
bo‘lganligi sababli ma'lum bir mikdorda signalni zaiflashtiradi. Bu
kurilmalardagi yo‘qotish 10-12 dbga yetadi,
shuning uchun bunday
yo‘qotishlarni to‘g’rilash maqsadida ularni optik kvant kuchaytirgichlar
bilan ta'minlash lozim.