222
Karbyuratordagi jiklyor va purkagichlarning o’tkazuvchanlik qobilyati 2.1-rasmda
ko’rsatilgan NIIAT-285
jixoz yordamida, yahni suvning harorati 19-21
0
S, bosim 1 metrli
suv ustuni balanligida dozalash teshigidan 1 daqiqa davomida oqib o’tgan suvning
miqdorini o’lchash orqali aniqlanadi. Natija aniq bo’lishi uchun sinov 3-4 marotaba
takrorlanadi.
2.1-rasm. Jiklyorlarning o’tkazazish
qobilyatini aniqlaydigan NIIAT-285
asbobining shartli tasviri:
1,10-pastki va yuqorigi bochkalar; 2,18-
kranlar; 3-jiklyorlar o’rnatiladigan uya; 4-
termometr; 5-mezurka; 6-qo’zg’aluvchan
shtanga; 7, 8, 12, 13-naychalar; 9-suv
o’lchaydigan shisha; 11-po’kakli kamera;
14-tekshiriladigan klapan o’rnatiladigan uya;
15-shkala; 16-dasta; 17-moslashtirgich; 19-
to’kish vannasi.
Harorati 20
0
S bo’lgan suv siqilgan havo bosimi tahsirida naycha (7) orqali
pastki
bakchadan(1), po’kakli kameraga (11) tutashtirilgan yuqori bakchaga (10) oqib o’tadi.
Po’kakli kameradan suv naycha (12) orqali o’tib, moslagichga (17) va 1 metrli naychaga (8)
kirib keladi. Jiklyor tekshirish uchun krandan (18) keyin, uyaga (3) o’rnatiladi, nazorat qilish
uchun esa qo’zg’aluvchan shtangadan (6) foydalaniladi.
Kranlar (2 va18) ochiladi. Jiklyordan oqib chiqayotgan suv oqimi ostiga
menzurka (5) qo’yiladi va sekundomer yordamida jiklyorning o’tkazish qobilyati, yahni bir
daqiqa ichida menzurkaga oqib tushgan suv miqdori aniqlanadi.
Ushbu asbob po’kakli kameradagi berkituvchi ignasimon klapanning ham zichligini
tekshirishga imkon beradi. Buning uchun klapan uyaga (14) o’rnatiladi. Agar 30
soniya ichida
suv satxining shkala (15) bo’ylab pasayishi 40 mm dan oshmasa, klapanning germetikligi
qoniqarli deb xisoblanadi.
Sinash natijalariga ko’ra
tahminot tizimining kerakli qismlari bo’laklarga ajratilib, alohida
diagnostikalash ishlari
bajariladi.
Yonilg’i nasosi avtomobilning o’zida yoki yechib olinib tekshirilishi mumkin. Yonilg’i
nasosi avtomobilda tekshirilganda, u bilan karbyurator orasiga monometrli moslama o’rnatilib,
dvigatel ishlayotgan holatda hosil bo’lgan bosim aniqlanadi. Yonilg’i nasosi hosil qiladigan
bosim 0,02-0,030 MPa, ishlab chiqarish qobilyati 0,7-2 l/minut va 30
sekund mobaynida
bosimning pasayishi 0,008-0,010 MPa ni tashkil qilishi kerak.
Zamonaviy elektron boshqarish blokiga ega bo’lgan injektorli avtomobil dvigatellarining
yonilg’i taeminot tizimiga texnik xizmat ko’rsatishda, asosan yonilg’i nasosining ishlab
qobilyati va injektorlarning zichligi tekshiriladi.
2.2 va 2.3-rasmlarda injektorli yonilg’i tahminot tizimiga xizmat ko’rsatishda
ishlatiladigan maxsus jihozlarning shakllari keltirilgan.
223
2.2-rasm. Yonilg’i tahminot tizmini
tekshirish
va yuvish jihozi
2.3-rasm. Injektorlar tizimini
tazalash majmuasi
Hisobot
I.Ishdan maqsad:
II.Ishning mazmuni.
III.Jihozlar va asboblar:
IV. Dvigatelning tahminlash tizimini diagnostikalash va unga texnik xizmat ko’rsatish:
a
) Karbyuratorli dvigatel
-karbyuratorli dvigatel tahminlash tizimi nosozliklari:
-tizimni tashqi nazorat qilish natijalari:
-tizimga avtomobilda TXK tartibi:
b
)
Injektorli dvigatel
-injektorli dvigatel tahminlash tizimi nosozliklari:
-tizimni tashqi nazorat qilish natijalari:
-tizimga avtomobilda TXK tartibi:
V
. Injektorli tahminot tizimini tekshirish natijalari
№
Ko’rsatkichlar
Me’yoriy
qiymat
Sozlashdan
avval
Sozlashdan
so’ng
Injektorning zichlikligini aniqlash natijasi
(zichlik bo’lsa-