158
Shukrullo
Afsuski, bitta emas! Bu yerda ajalingdan besh kun
oldin olib ketadigan voqealarni har kuni kutsa bolar-
di. Har kuni bir fojia. Birov otilib, birov yuk ko'taradi-
gan krandan yiqilib, kimdir 70 darajali sovuqda o'pka-
simi, nozik joyinimi sovuqqa oldirib olib ketaberdi. Bu
yerda olibdi degan ovozni eshitasan-u, nega degan
gapni, qayerga, qachon dafn qilinganini bilmaysan.
Bu yerda olding - tamom. Bu yerda sening ixtiyoring
tirigingda ham, olganingda ham lager boshliqlarining
ixtiyorida. Xudo umr bersa, bir mo'jiza yuz berib, qu-
tulib chiqarman deb umid qilasan-u, ba'zan mening
boshimda ham mana shunday bevaqt ofatlar, olimlar
tashvish solgan damlar tez-tez bolardi.
Yer qazish, g'altak arava tashish ishlariga yarama-
ganimdan keyin yengilroq, qor, yomg'irdan panaroq
deb santexmontajchilar brigadasiga o'tdim. Mahbus-
lar uchun yengil ish boladimi? Yengili shuki, ishlay-
sanu faqat o'lmaysan. Men qiladigan ishim yangi qu-
rilayotgan binolarga radiatorlar o'rnatish uchun joy
tayyorlash. Bir qolimda shlamburg (g'isht devorlarni
oyish uchun trubadan qilingan uch tomoni tishli as-
bob), bir qolimda 10 - 15 kilogramm bolg'a (kichkina,
yengil bolg'a bilan shlamburgni urib, devorni teshib
bo'lmaydi) bilan g'isht devorlarni o^ib,
a w a l unga
yog'och qoziq, keyin kranshteyn qoqib chiqaman. Al-
batta o'n soat bolg'a bilan g'ishtni o'yib, moljaldagi
ishni bajarish uchun ham hamma qatori kuch bo'li-
shi kerak. Bo'lmasa maxorka puli ham ololmaysan.
Kuning lagerning bir cho'mich bo'tqasiga qoladi. Yo
shu bilan yashashga, yo mehnatga chidashing kerak.
Lekin 45 - 50 daraja sovuq, hali eshik-derazalari
qurilmagan, hamma yog'idan shamol g'urillab tur-
gan binoda 1 0 - 1 2 soat davomida och-nahor 15 kilo-
grammli bolg'ani ko'tarib urish bandaj taqib yurgan
men uchun og'irlik qilardi.