• Kcifansiz ko'milganlar»
149
I mqiqatan ham ular aytgandek bir yil emas, bir-ikki oy
rmas, kelgan kunimdanoq bu gaplarning nega aytil-
gani sababi ayon bola qoldi. Haqiqatan ham bu lager
i liar aytgandek tiriklar qabristonidan farq qilmas edi.
Krasnoyarsk peresilniy punktidan bizlarni qo'riq-
lab kelgan soqchilar odatdagidek mol sanagandek
bir-bir sanab lager boshliqlari ixtiyoriga topshirishla-
ri bilanoq, ularni qiziqtirgan birinchi narsa kimning
qo'lidan qanday hunar kelishligi bo'ldi. Chunki lager
eshigiga qadam
q o l g a n shu soat, shu daqiqadan
boshlab yozuvchi yozuvchimas, ministr ministrmas,
ishchi kuchiga, qulga aylangan edik. Endi sen kas-
bingga, kuching yetganiga qarab emas, lager boshliq-
lari nimaiki ishni buyursa, shuni qilasan.
Lagerga kelgan birinchi kunimizdanoq, odatdagi-
dek yerga o'tqazib, eng
a w a l oramizda betonchi, yuk
tashuvchi, santexnik, g'isht teruvchi, temirchilar
borligini surishtirishdi. Oramizda men degan biron
odam topilmadi. Ammo, oshpaz, tikuvchi, sartarosh,
nonvoy, yamoqchilar bormi, deb so'raganda, men-
dan boshqa ko'pchilik «men», «men!» deb barobariga
q o l ko'tara boshladi. Hattoki Qarag'anda lageridan
kelayotgan leningradlik tarixchi olim ham nonvoy
bormi desa ham, keyin tikuvchi bormi desa ham qo'l
ko'tarabergan edi. Bunchalik ko'p hunarlarni qachon
o'rganib ulgurgansiz, deb so'rasam, besh-o'n yil la-
germa-lager yurib uning tuzini totib, sharoitiga tu-
shunib qolgan odam bo'lgani uchun:
- Q o l ko'targanlarning hammasi ham shu hunar-
larni biladi deb o'ylaysanmi? Birortasi ham bilmaydi,
maqsad, yetmish darajada qahraton sovuq, bo'ron-
li qish-qirovli kunlarda usti yopiq, issiqroq joyga bir
amallab kirib olib jon saqlash xolos, - dedi.
Lager boshliqlari kerakli kasb egalarini tanlab bir
tomonga o'tkazib, qolganlarga navbat yetgach, «Yu-
supov kim?» deb alohida urg'u bilan so'radi.