• 2.Berilgan vaziyat bilan tanishish
  • 3.Muammoli vaziyatni tahlil qilish
  • 2-muammo: Ikkinchi jahon urushi
  • 4.Muammoli vaziyatni yechish usul va vositalarini tanlash hamda asoslash
  • 2.2. “Muammoli vaziyat” jadvalini to’ldirish
  • 2.3.Keys bilan ishlash natijalari yozma shaklda ilova etiladi Keys uchun yozma ish talablari
  • Keys bilan ishlash qoidalari 2.4.Keys bilan ishlash jarayonini baholash mezonlari va ko’rsatkichlari
  • 2.5.Auditoriyada bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko’rsatkichlari
  • Kichik guruhlarda ishlash qoidasi
  • Baliq skleti” texnikasi qoidasi
  • Muammoli vaziyatni yechish yo’llari. Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishamiz.
  • 2. Berilgan vaziyat bilan tanishamiz.
  • 3. Muammoli vaziyat tahlili
  • Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari
  • Vaziyatdan chiqib ketish harakatlari
  • Sovetlar davridagi iqtisodiy va ma’naviy qaramlikning oqibatlari quyidagilar
  • Sovetlar davridagi iqtisodiy va ma’naviy qaramlikning oqibatlari yechimlari quyidagilar
  • IV.Muammoli vaziyatlarni hal etish bo’yicha amaliy mashg’ulotda o’qitish texnologiyasi. 4.1. Ta’lim texnalogiyasi modeli
  • Amaliy mashg’ulot rejasi o’quv mashg’ulotining tuzilishi
  • O’quv mashg’uloti maqsadi
  • O’quv faoliyatining natijalari
  • Ta’lim usullari: Nima uchun, Muammoli vaziyat, Blits-so’rov Ta’lim shakli
  • Ta’lim vositalari: Ma’ruzalar matni, qog’oz, doska Ta’lim berish sharoiti
  • II.Amaliy vaziyatni bosqichma-bosqich tahlil qilish va hal etish bo’yicha talabalarga uslubiy ko’rsatmalar




    Download 123,46 Kb.
    bet2/22
    Sana24.03.2017
    Hajmi123,46 Kb.
    #2185
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

    II.Amaliy vaziyatni bosqichma-bosqich tahlil qilish va hal etish bo’yicha talabalarga uslubiy ko’rsatmalar
    2.1.Talabalarga yo’riqnoma

    Maslahatlar va tavsiyanomalar



    1.Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishish

    Avvalo keys bilan tanishing. “Sovetlar davridagi iqtisodiy va ma’naviy qaramlikning oqibatlari” haqida tushuncha hosil qilish uchun bor bo’lgan butun axborotni diqqat bilan o’qib chiqish lozim. O’qish paytida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang.

    2.Berilgan vaziyat bilan tanishish

    Ma’lumotlarni yana bir marotaba diqqat bilan o’qib chiqing. Siz uchun muhim bo’lgan satrlarni belgilang. Bir abzatsdan ikkinchi abzatsga o’tishdan oldin, uni ikki uch marotaba o’qib mazmuniga kirib boramiz. Keysdagi muhim fikrlarni qalam yordamida ostini chizib chiqing. Vaziyat tavsifida berilgan asosiy tushuncha va hayotiy misollarga diqqatiningizni jalb qiling. Davlat va jamiyat barqarorligiga xavf solayotgan – “buyuk davlatchilik shovinizmi”, sovetlar davridagi iqtisodiy va ma’naviy qaramlikning oqibatlari kabi dalillarni sanab o’ting va qaysisi aniqlashtirilishi lozimligini aniqlang.



    3.Muammoli vaziyatni tahlil qilish

    Muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb qiling. Asosiy muammo: Sovetlar davridagi iqtisodiy va ma’naviy qaramlikning oqibatlari.



    1-muammo: 20-30-yillarda sovetlarning industirlashtirish va dehqon xo’jaliklarini jamoalashtirish siyosati.

    1.20-30-yillardagi industirlashtirishning o’ziga xos ko’rinishlari va xususiyatlari nimalardan iborat bo’ldi?

    2.Sovetlar davrida dehqon xo’jaliklarini jamoalashtirish qanday oqibatlarga olib keldi?

    3.Sovetlar davridagi “Hujum” harakatining mazmun-mohiyati nimadan iborat?



    2-muammo: Ikkinchi jahon urushi yillaridan keyingi O’zbekiston iqtisodi va madaniy hayoti.
    Ikkinchi jahon urushi (1939- 45) - Olmoniya, Italiya va Yaponiyaning aybi bilan boshlangan jahon tarixidagi eng yirik urush. 20-a. fojiasi sifatida insoniyat tarixiga kirdi. Bu urushning kelib chiqishida asosiy rolni fashistlar Olmoniyasi oʻynadi.

    1.50-60-yillarda O’zbekiston iqtisodining biryoqlama rivojlanganligi nimalarda namoyon bo’ldi?

    2.Ikkinchi jahon urushi yillaridan keyin qo’riq va bo’z yerlarning o’zlashtirilishi mohiyati...

    3.“Shaklan milliy mazmunan sotsialistik madaniyat”ning ko’rinishlari va salbiy oqibatlari...

    Yuqorida qayd etilgan savollarga javob berilgan harakat qiling. Asosiy muammo nimaga qaratilganligini aniqlang. Muammo ostidagi muammolar asosiy muammo bilan qanday o’zaro bog’liqligiga izoh bering. Muammoning asosiy mazmunini ajratib oling. Muammoli vaziyatni tahlil qilish – ob’yektning holatini aniqlang, asosiy qirralariga e’tibor qarating, muammoli vaziyatning hamma tomonlarini tahlil qiling. Sovetlar davridagi iqtisodiy va ma’naviy qaramlikning oqibatlarini yengish, 90-yillariga kelib paxta yakkahokimligiga barham berishda hukumatiz olib borgan siyosatning mazmuni va vazifalarini ko’rsatib bering.
    4.Muammoli vaziyatni yechish usul va vositalarini tanlash hamda asoslash

    Ushbu vaziyatdan chiqib ketish harakatlarini izlab topish maqsadida quyida taqdim etilgan “Muammoli vaziyat” jadvalini to’ldirishga kirishing. Muammoni yechish uchun barcha vaziyatlarni ko’rib chiqing, muqobil vaziyatni yarating.Muammoning yechimini aniq variantlardan tanlab oling, muammoning aniq yechimini toping. Jadvalni to’ldiring. Keys bilan ishlash natijalarini yozma shaklda ilova eting.


    2.2. “Muammoli vaziyat” jadvalini to’ldirish


    Muammo

    Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari

    Vaziyatdan chiqib ketish sabablari

    1-muammo: 20-30-yillarda sovetlarning industirlash-tirish va dehqon xo’jalik-larini jamoalashtirish siyosati.

    1.20-30-yillardagi industir-lashtirishning o’ziga xos ko’rinishlari va xususiyatlari nimalardan iborat bo’ldi?

    2.Sovetlar davrida dehqon xo’jaliklarini jamoalash-tirish qanday oqibatlarga olib keldi?

    3. Sovetlar davridagi “Hujum” harakatining mazmun-mohiyati nimadan iborat?










    2-muammo: Ikkinchi jahon urushi yillaridan keyingi O’zbekiston iqtisodi va madaniy hayoti.

    1.50-60-yillarda O’zbekiston iqtisodining biryoqlama rivojlanganligi nimalarda namoyon bo’ldi?

    2. Ikkinchi jahon urushi yillaridan keyin qo’riq va bo’z yerlarning o’zlashtirilishi mohiyati...

    3. “Shaklan milliy mazmunan sotsialistik madaniyat”ning ko’rinishlari va salbiy oqibatlari...











    2.3.Keys bilan ishlash natijalari yozma shaklda ilova etiladi

    Keys uchun yozma ish talablari

    1.Ish A4 standartidagi varaqning bir tomonida (2-varaqdan oshmagan holda) tezis shaklda yozilishi kerak.

    2.Yozma ishni jihozlash tartibi

    -birinchi betda, o’ng tomonda talaba ismi, sharifi va guruhini yozishi kerak;

    -varaqning markazida keysning mavzusi yoziladi;

    -keyin esa keys bilan ishlash ntijalari tezis shaklida yoziladi.


    Keys bilan ishlash qoidalari

    2.4.Keys bilan ishlash jarayonini baholash mezonlari va ko’rsatkichlari

    (mustaqil auditoriyada va auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun)

    Auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko’rsatkichlari


    Talabalar ro’yxati

    Muammoning mazmuni aj-ratib olinib, tadqiqot ob-’yekti aniq-langan

    Mak. 6 ball



    Muammoli vaziyatni tahlil qilish ob’yekti aniq ko’rsatilgan

    Mak.4 ball



    Muammoning yechimini topgan

    Mak 10 b


    Jami

    Mak.20 ball

















































    2.5.Auditoriyada bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko’rsatkichlari


    Guruhlar ro’yxati

    Guruh faol

    Mak. 16 ball



    Ma’lumotlar ko’rgazmali taqdim etildi

    Mak. 4 ball



    Javoblar to’liq va aniq berildi

    Mak.5 ball



    Jami

    Mak. 10 ball















































    8-10 ball – a’lo

    6-8 ball – yaxshi

    4-6 ball – qoniqarli

    0-4 ball – qoniqarsiz
    Kichik guruhlarda ishlash qoidasi

    Ushbu texnologiya katta muammolarning yechimini topishga qaratilgan. Yuqori qismida muammolar turi yozilsa, pastki qismida esa muammolarni tasdiqlovchi dalillar yoziladi.

    1.Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va malakalarga ega bo’lmog’i lozim.

    2.Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim.

    3.Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi.

    4.Guruhlardagi fikrlar chegeralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi lozim.

    5.Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, o’qituvchi ularga yo’riqnoma berishi lozim.

    6.Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, o’z fikringizni erkin namoyon eting.

    Baliq skleti” texnikasi qoidasi




    Ushbu texnologiya katta muammolarning yechimini topishga qaratilgan. Yuqori qismida muammolar turi yozilsa, pastki qismida esa muammolarni tasdiqlovchi dalillar yoziladi.




    III.O’qituvchining keysni yechish va tahlil qilish varianti
    Keysdagi asosiy muammo:

    Sovetlar davridagi iqtisodiy va ma’naviy qaramlikning takrorlanishiga, buyuk davlatchilik shovinizmiga yo’l qo’ymaslik.


    Muammoli vaziyatni yechish yo’llari.

    1. Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishamiz.

    Muammoni yechish darajasini aniqlaymiz

    Barchamizga ma’lumki, Sovetlar davrida bir qancha iqtisodiy va ma’naviy qaramlikning o’ziga xos xususiyatlari namoyon bo’lgan. O’zbekiston iqtisodiyoti bir tomonlama rivojlangan. Ma’naviy qadriyatlar toptalgan. Aholining huquq va erkinliklari kamsitilgan. Kommunistik partiya mafkura darajasiga ko’tarilgan bo’lib, hech bir qaror partiyaning buyrug’isiz amalga oshmas edi. 20-30- yillarda O’zbekistonda industirlashtirish va jamoalashtirish siyosati olib borildi. Buning natijasida dehqonlar yerga egalik qilish huquqini yo’qotdi., sanoatlashish og’ir kechdi, chunki malakali kadrlar yetarli emas edi. Paxta yakkahokimligi tufayli qo’riq va bo’z yerlash o’zlashtirilishi natijasida Orol fojesi kelib chiqdi, paxta dalalariga mineral o’g’itlarning ayovsiz sepilishi natijasida aholi salomatligi buzildi. Markaz “O’zbeklar ishi” va “Paxta ishi” kabi siyosiy nayranglarni o’ylab topdi. Buning natijasida juda ko’plab brigadirlar, paxta teruvchilar qatag’on qilindi.


    2. Berilgan vaziyat bilan tanishamiz.

    Ma’lumotlarni diqqat bilan o’qib chiqib, biz uchun muhim bo’lgan satrlar va sanalar tagiga chizib qo’yamiz. Berilgan asosiy tushuncha va iboralarga diqqatimizni jalb qilamiz;

    -mustabid tuzum;

    -kommunistik mafkura;

    -industirlashtirish;

    -jamolashtirish;

    -“quloqlashtirish”siyosati;

    -“Hujum harakati”;

    -“Shaklash milliy-mazmunan sotsialistik” madaniyat;

    -paxta yakkahokimligi;

    -Orol fojeasi;

    -biryoqlama iqtisodiyot

    -“O’zbeklar ishi”

    -“Paxta ishi”


    3. Muammoli vaziyat tahlili

    Taqdimotni tayyorlaymiz. Mazkur holatda qabul qilinishi mumkin bo’lgan barcha yechimlarini topamiz.


    Muammoli vaziyat turi.

    1-muammo: 20-30-yillarda sovetlarning industirlashtirish va dehqon xo’jaliklarini jamoalashtirish siyosati.

    1.20-30-yillardagi industirlashtirishning o’ziga xos ko’rinishlari va xususiyatlari nimalardan iborat bo’ldi?

    2.Sovetlar davrida dehqon xo’jaliklarini jamoalashtirish qanday oqibatlarga olib keldi?

    3.Sovetlar davridagi “Hujum” harakatining mazmun-mohiyati nimadan iborat?



    Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari

    1.20-30-yillarda olib borilgan industirlashtirish siyosati aholini xonavayron qilgan. Industirlashtirish O’zbekiston uchun og’ir kechdi: hali yetarlicha kadrga ega emasdi. Injenerlar, texnologlar chetdan olib kelinar edi. Sovetlar bu jarayonni tez sur’atlar bilan amalga oshirdi. Birov aholining ijtimoiy hayoti o’zgarmasdan qolaverdi. Kommunistik mafkura aholining milliy mentaliteti va manfaatlarini hech qachon hisobga olmagan.

    2.Dehqon xo’jaliklarini jamoalashtirish siyosati oqibatida dehqonlar yerga egaliq qilish huquqini yo’qotdi, xususiy mulk yo’q qilindi, mulkdorlar “quloqlashtirish” jarayoni tufayli o’zga yurtlarga surgun qilindi. Xonavayron dehqonlar shaharga ish qidirib kela boshladi, shahardagi sanoatlashish dehqonlar bilan boyidi va sovetlar ko’plab arzon ishchi kuchiga ega bo’ldi.

    3.1927 yilda Sovetlar O’zbekistonda “Hujum” harakatini boshlab yubordi. “Hujum” bir so’z bilan aytganda eski turmushga hujum qilish, o’zbek xotin – qizlarini ozodlikka chiqarish edi. Biroq sovetlar bu harakatni bosqichma – bosqich o’tkazmay, zulm yo’li bilan tezkorlik usulida amalga oshirdi.



    Vaziyatdan chiqib ketish harakatlari

    1.20-30-yillarda ko’pgina shaxslar, garchi yuqori mansabni egallasada xalq hayotini yaxshilashga intildi. Ayrim siyosiy rahbarlar, xususan, S.Qosimov, I.Xidiraliyev, A.Rahimboyev, A.Inog’omovlar bunday jarayon O’zbekiston muvofiq emasligini, bu jarayonga xalqni tayyorlash lozimligini aytganligi uchun ularni “guruhbozlik”da ayblab qatag’on qilingan. Aksincha, mustabid tuzum o’z siyosatini bundan-da qat’iy ravishda olib bordi.

    2.20-30-yillarda dehqonlarning barcha ot-ulovlari, shahsiy xo’jaliklari tortib olinib, davlat ixtiyoriga o’tkazilishi natijasida g’alayonlar bo’lib o’tdi. Bunda sovetlar Yangi iqtisodiy siyosatni amalga oshirdi. Yangi iqtisodiy siyosat-harbiy kommunizm siyosati, oziq-ovqat razvyorstkasi, dehqon mahsulotlarini tortib olishni yo’q qilish, soliqlar tizimini joriy etish. Biroq sovetlar “bu yana xususiy mulkning ko’rinishi” bo’lib qolishidan cho’chib, zudlik bilan YaISga barham berdi.

    3.“Hujum” harakatida sovetlar milliylikni, mentalitetni hisobga olmay amalga oshirdi. Buning natijasida ko’plab oilalarda nizo kelib chiqishiga sabab bo’ldi.



    2-muammo: Ikkinchi jahon urushi yillaridan keyingi O’zbekiston iqtisodi va madaniy hayoti.

    1.50-60-yillarda O’zbekiston iqtisodining biryoqlama rivojlanganligi nimalarda namoyon bo’ldi?

    2.Ikkinchi jahon urushi yillaridan keyin qo’riq va bo’z yerlarning o’zlashtirilishi mohiyati...

    3.“Shaklan milliy mazmunan sotsialistik madaniyat”ning ko’rinishlari va salbiy oqibatlari...



    Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari

    1.Ikkinchi jahon urushi yillaridan so’ng O’zbekistonda 50-60 yillarda sanoat va qishloq xo’jaligini boshqarish tizimiga ayrim o’zgartirishlar kiritildi. Jumladan, 1954-1956 yillari ittifoq miqyosidagi bir qator yirik korxonalar respublika ixtiyoriga o’tkazildi. Natijada sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning salmog’i 31 foizdan 55 foizga ko’tarildi. Xo’jalikni boshqarishda iqtisodiy omillarga suyanish, mehnat manfaatdorligini oshirish va boshqa tadbirlar o’z samarasini bermadi, chunki jamiyatda tub islohatlar o’tkazilmagan edi. Sanoat va qishloq xo’jaligi ekstensiv yo’l bilan, ya’ni tabiiy boyliklardan o’rinsiz, hisobsiz foydalanish, butun xalqning mehnatini haddan ortiq ekspluatatsiya qilish hisobiga 50-60- yillarda sanoatning yangi sohalari vujudga keldi.

    2.50-60-yillari O’zbekistonda paxta maydonini yanada kengaytirish maqsadida qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish ishlari olib borilib, 1945-1985-yillari qariyib 2.400.000 gektar yangi yerlar o’zlashtirildi. Sug’orish ishlarini yaxshilash uchun sun’iy suv omborlari qurildi.Qishloq xo’jaligi uchun traktor, paxta terish mashinasi va boshqa texnika uskunalari tayyorlab berildi. Paxtachilikning moddiy texnika bazasini mustahkamlash bilan birga paxta hosildorligini oshirish uchun kimyoviy moddalardan cheksiz foydalanildi. Ko’rilgan tadbirlar natijasida 1970 yili respublikada paxta maydoni 1.700.000 gektarni tashkil qildi, yalpi hosil 4.495.000 tonnaga yetdi. Paxta ekin maydonlarining o’rinsiz kengaytirilishi va agrotexnika qoidalarining buzilishi tufayli yerlarning hosildorligi pasayib ketdi. Hosildorlikni oshirish uchun ekin maydonlarida haddan tashqari ortiqcha meneral o’g’itlardan foydalanish oqibatida bu yerlar ma’lum bir vaqtdan keyin batamom yaroqsiz holatga kelib qoldi. Qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish, O’rta Osiyoning yirik daryolari suvlaridan nazoratsiz foydalanish, o’lkada o’rinsiz ravishda sun’iy suv havzalarining qurilishi natijasida Orol dengizi asta-sekin quriy boshladi va XX asrning eng yirik Orol fojeasi vujudga keldi.

    3.20-30-yillardan boshlab adabiyot va san’at sohasida jahonga mashhur yozuvchilar va shoirlar yetishib chiqdi. Teatr va kino san’ati o’zining dastlabki qadamlarini qo’ydi. Madaniy-oqartuv muassasalarini soni ortib bordi. Achinarlisi shundaki, respublikada ta’lim-tarbiya, madaniy-ma’rifiy ishlar «Shaklan milliy, mazmunan sotsialistik» niqobi bilan pardalanib, o’lkada rus madaniyatini, ularning turmush tarzini taqatishdan iborat bo’ldi. 1938 yil 19 martda O’zbekiston rahbariyati milliy maktablarda majburan rus tilini o’qitish to’g’risida qaror qabul qilindi. O’qishlar va idoralarda ish yuritishlar 1929 yildan boshlab lotin, 1940 yildan boshlab krill alifbosida olib boriladigan bo’ldi. Bularning oqibatida ko’p asrlar davomida arab alifbosida yaratilgan tariximiz, madaniyatimizni o’rganishdan respublikaning tub aholisi mahrum bo’ldi. 1927 yili o’tkazilgan «Hujum» harakati oqibatida o’zbek xotin-qizlari jahon taraqqiyotiga tortilgan holda, ikkinchi tomonda, ular industriyalashtirish girdobiga keng jalb qilinib, o’zlarining tabiiy burchlarini bajarish hamda sharqona fazilatlardan mahrum bo’ldilar. Madaniy-ma’rifiy muassasalar kompartiyaining g’oyalarini, sotsialistik mafkurani omma o’rtasida keng tarqatish yuzasidan faol ishlar olib borildi.



    Vaziyatdan chiqib ketish harakatlari

    Ikkinchi jahon urushi yillaridan so’ng paxta yakkahokimligi yanada kuchaydi. O’zbekistonda aholi daromadlari va ijtimoiy turmush sharoitlari past darajada edi. Faqatgina 90-yillardan boshlab, iqtisodiyotda tub o’zgarishlar amalga oshirila boshlandi. 1989 yil iyun oyidan boshlab O’zbekistonni boshqargan I.Karimov paxta yakkahokimligiga barham berdi.


    Sovetlar davridagi iqtisodiy va ma’naviy qaramlikning oqibatlari quyidagilar:

    1.biryoqlama iqtisod

    2.barcha mulklarning davlat ixtiyoriga o’tishi

    3.iqtisodiyotga davlatning aralashuvi

    4.xususiy mulkning yo’q qilinishi

    5.paxta yakkahokimligining vujudga kelishi

    6.repressiv siyosat

    7.“Shaklan milliy mazmunan sotsialistik madaniyat”ning hukmronligi

    8.milliy mentalitet hisobga olinmagan

    9.qo’riq va bo’z yerlarning o’zlashtirilishi

    10.Orol fojeasining kelib chiqishi

    Sovetlar davridagi iqtisodiy va ma’naviy qaramlikning oqibatlari yechimlari quyidagilar:

    1.Paxta yakkahokimligiga barham berish

    2.Milliy mustaqillikka ega bo’lish

    3.1991 yil 31 avgustda O’zbekistonda davlat mustaqilligi qo’lga kiritildi.



    Yakuniy xulosa

    90-yillarga kelib mustaqillikning ilk qadamlari tashlandi, 1989 yil o’zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi, 1990 yil martda Prezidentlik institutining joriy etilishi,1990 yil iyunda “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning qabul qilinishi... 1991 yil 31 avgustda O’zbekistonda davlat mustaqilligi qo’lga kiritilishi O’zbekiston xalqi hayotida olamshumul voqea bo’ldi. Sotsialistik tuzum batamom tugatildi. Bugungi yosh avlodni “o’tmishdan saboq chiqarib, kelajakka ishonch bilan” hikmati asosida tarbiyalashimiz lozim.


    IV.Muammoli vaziyatlarni hal etish bo’yicha amaliy mashg’ulotda o’qitish texnologiyasi.
    4.1. Ta’lim texnalogiyasi modeli


    Vaqt: 2 soat

    Talabalar soni: 28

    O’quv mashg’ulotining shakli

    Amaliy mashg’ulot

    Amaliy mashg’ulot rejasi o’quv mashg’ulotining tuzilishi

    1.Hukmron markaz va komfirqaning 20-30 yillarda O’zbekistonda o’tkazgan industirlashtirish va dehqon xo’jaliklarini jamoa-lashtirish siyosati hamda uning asoratli oqibatlari.

    2.O’zbekiston iqtisodiy va ma’naviy hayotining 50-60 yillarida chuqur turg’unlik va bo’htonlik halotlariga duchor bo’lishi va uning oqibatlari.

    3. Shaklan milliy mazmunan sotsialistik madaniyatning mohiyati va oqibatlari.



    O’quv mashg’uloti maqsadi: Sovetlar davridagi iqtisodiy va ma’naviy qaramlik haqida ma’lumot olish. Talabalar ongida istiqlol qadriga yetish va uni mustahkamlash tuyg’ularini shakllantirish.

    Pedagogik vazifalar:

    -“Industirlashtirish” va “jamoa-lashtirish” tushunchalarining mazmu-nini aytib beradi;

    -Shaklan milliy mazmunan sotsialistik madaniyatning mohiya-tini tushuntiradi;

    -2-jahon urushi yillarida o’zbek xalqining jarosatini so’zlab beradi;

    -Urushdan keyingi yillardagi O’zbekistonning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti to’g’risida ma’lumotlar beradi.


    O’quv faoliyatining natijalari:

    -Industirlashtirish siyosatining mazmunini aytib beradi;

    -Jamoalashtirish siyosatining mo-hiyatini ochib beradi;

    -2-jaxon urushidagi g’alabaga o’zbek xalqining qo’shgan hissasini so’zlab beradi;

    -Urushdan keyingi O’zbekistonning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishini tahlil qiladi.


    Ta’lim usullari:


    Nima uchun, Muammoli vaziyat, Blits-so’rov

    Ta’lim shakli:


    Yakka tartibli va jamoaviy

    Ta’lim vositalari:

    Ma’ruzalar matni, qog’oz, doska

    Ta’lim berish sharoiti:

    Guruhli shakllarda ishlashga mo’ljallangan xona

    Monitoring va baholash:

    Og’zaki so’rov, tezkor – so’rov, yozma



    Download 123,46 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 123,46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II.Amaliy vaziyatni bosqichma-bosqich tahlil qilish va hal etish bo’yicha talabalarga uslubiy ko’rsatmalar

    Download 123,46 Kb.