“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 1, 2024. JANUARY
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
327
va modernizatsiyalashmoqda. Jamiyatimizning barcha sohalariga kundalik
hayotimizga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish istiqboldagi
maqsadlarimizga erishishni ta’minlaydi. Har bir
soha faoliyatida Internet
tarmog‘idan foydalanish ish unumdorligini oshirmoqda.
Aynan tarmoqdan foydalangan holda tezkor ma’lumot almashish vaqtdan
yutish imkonini beradi. Xususan, yurtimizda Elektron hukumat tizimi
shakllantirilishi va uning zamirida davlat boshqaruv
organlari hamda aholi
o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning mustahkamlanishini tashkil etish tarmoqdan
foydalangan holda amalga oshadi. Tarmoqdan samarali foydalanish demokratik
axborotlashgan jamiyatni shakllantirishni ta’minlaydi. Bunday jamiyatda, axborot
almashinuv tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan
foydalanish bo‘yicha tezkor natijaga ega bo‘linadi.
Biroq
tarmoqqa noqonuniy kirish, axborotlardan foydalanish va o‘zgartirish,
yo‘qotish kabi muammolardan himoya qilish dolzarb masala bo‘lib qoldi. Ish
faoliyatini tarmoq bilan bog‘lagan korxona, tashkilotlar hamda davlat idoralari
ma’lumot almashish uchun tarmoqqa bog‘lanishidan oldin tarmoq xavfsizligiga
jiddiy e’tibor qaratishi kerak. Tarmoq xavfsizligi uzatilayotgan, saqlanayotgan va
qayta ishlanayotgan axborotni ishonchli tizimli tarzda ta’minlash
maqsadida turli
vositalar va usullarni qo‘llash, choralarni ko‘rish va tadbirlarni amalga oshirish
orqali amalga oshiriladi. Tarmoq xavsizligini ta’minlash maqsadida qo‘llanilgan
vosita xavf-xatarni tezda aniqlashi va unga nisbatan qarshi chora ko‘rishi kerak.
Tarmoq xavfsizligiga tahdidlarning ko‘p turlari bor, biroq ular bir necha toifalarga
bo‘linadi:
1.
axborotni uzatish jarayonida hujum qilish orqali, eshitish va o‘zgartirish
(Eavesdropping);
2.
xizmat ko‘rsatishdan voz kechish; (Denial-of-service)
3.
portlarni tekshirish (Port scanning).
Axborotni uzatish jarayonida, eshitish va o‘zgartirish
hujumi bilan telefon
aloqa liniyalari, internet orqali tezkor xabar almashish,
videokonferensiya va faks
jo‘natmalari orqali amalga oshiriladigan axborot almashinuvida foydalanuvchilarga